• 4. Bolaning yosh xususiyatiga qarab kitoblarning tasniflanishi.
  • Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qishi uchun tavsiya qilinadigan matnlar hajmi (so‘zda)
  • 6. Bolalar uchun nashr qilinadigan fan, soha, kasb-hunarga oid kitoblarning tasnifi.
  • Allan Wigfield
  • Kitob mutolaasining yoshga doir me`yorlari тураходжаева Зулхумор Юсуфжановна




    Download 73,3 Kb.
    bet5/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi73,3 Kb.
    #234619
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2Макола Тураходжаева Зулхумор Юсуфжановна

    Ilmiy-ommabop kitoblar bolaning aqliy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.

    Ilmiy-ommabop kitoblar ichida eng ko‘p tarqalgan turi bu – ensiklopedik kitoblardir. Bola astronomik hodisalar yulduzlar, sayyoralar harakatini bilishga intiladi. Texnik hodisalar, ixtirolarga qiziqadi. Mana shu qiziqishni yanada rivojlantirish uchun bolalarga ilmiy-ommabop kitoblar va ensiklopediyalar tavsiya etiladi. “U kim, bu nima?”. “Mening birinchi ensiklopediyam”, “Jonivorlarning katta kitobi” shular jumlasidan. Bu kabi adabiyotlar bolada kitobxonlik kompetensiyasini yanada shakllantirib, ilmiy bilim ko‘nikmalarini mustahkamlab boradi.
    4. Bolaning yosh xususiyatiga qarab kitoblarning tasniflanishi.
    7 yoshli o‘quvchilar endigina harf tanib, o‘zida o‘qish ko‘nikmalarini mustahkamlayotgan bo‘lishadi. Shu sabab bolalarga tavsiya qilinadigan kitoblar mavzu va hajm jihatidan o‘quvchi qabul qilish darajasida bo‘lishi lozim. Quyidagi jadvalda birinchi va to‘rtinchi sinf o‘quvchilariga bir o‘qishda nechta so‘zdan iborat matnlar xalqaro va milliy standartlari jadvali misol keltiriladi.


    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘qishi uchun tavsiya qilinadigan matnlar hajmi (so‘zda)

    Bolalar uchun tayyorlanadigan matnlar ushbu standartga qat`iy amal qilmasa, me`yoridan ortiq so‘z bolalar uchun og‘irlik qilishi, mutolaadan zerikishga olib kelishi mumkin.
    6. Bolalar uchun nashr qilinadigan fan, soha, kasb-hunarga oid kitoblarning tasnifi.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aqlini tanib, ulg‘ayishi bilan ularda qaysidir fan, soha va kasbga qiziqishi ortib, shakllanib boradi. Bolaning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ota-ona unga shu sohaga mo‘ljallangan kitoblar olib berishi zarur.
    Ilmiy (fanga ixtisoslashtirilgan) kitoblar.
    Matematika, musiqa, tasviriy san`at, atrofimizdagi olam yoki jonivorlar, o‘simliklar, qushlarning turmush tarziga ixtisoslashgan ilmiy kitoblar. Bunday kitoblarni mutolaa qilgan o‘quvchilarda kasb-hunarni erta yoshidan to‘g‘ri tanlab olishiga, tabiatni sevishga, texnika yutuqlari bilan tanishib borishga undaydi. Bu kitoblar bolalarni ma`lum bir sohaga yo‘naltirib, undagi so‘nggi yangilik va ma`lumotlar bilan tanishtirib boradi. Bu kabi kitoblarni o‘qib boradigan bolada biror fan yoki sohaga ixtisoslashish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.
    Bolalarni mutolaaga qiziqtirishda kitoblardan o‘rin olgan rasmlar, muqova va illyustratsiyasi ham muhim rol o‘ynaydi. Suratlar kitobning mazmun-mundarijasida jajji kitobxonni tanishtirishi bilan birga o‘qiganlarini ko‘z oldida yanada yaqqol jonlanishiga yordam beradi. Shu sabab xorijda boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar uchun 3D formatdagi kitoblar nashr qilinadi. Kitoblarga suratni qanday joylashtirish, qay bir ranglar bola ruhiyatiga ijobiy ta`sir ko‘rsatadi, qanday ranglar ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta`sir etmaydi, matn qanday fonga joylanadi – bu kabi masalalarga noshirlar alohida e`tibor qaratadilar.
    7-10 sinf o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan kitoblarning 50-60 foizini rasm, qolgan qismini matn tashkil etadi. Mazkur mezonlar bolalar uchun mo‘ljallangan adabiy-badiiy, bezakli jurnallar uchun ham qo‘llanadi. Shu sabab bunday kitoblarni bolalar bajonidil mutolaa qiladilar.
    Androidlar rivojlanishi bilan bosma nashrlar va badiiy kitoblar mutoaalasi ham shaklan o‘zgardi. Kishilarga yanada oson bo‘lishi, vaqtni tejash maqsadida nashrlarning audio va elektron shakllari ishlab chiqildi. Endi kishilar smartfonlar orqali istalgan kitobning elektron shaklini topib o‘qish sharoitiga ega bo‘ldilar.
    AQSHda joylashgan Meriylend Universiteti professori Allan Wigfield 3-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘qish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazadi. Bolalar uchun 12 haftalik dars mashg‘uloti rejasini tuzdi, darslar bolalarda kitobxonlik qobiliyatini oshirishga qaratildi.
    Kurslar yakunlangach, avvalgi va mashg‘ulotdan keyingi so‘rovnomalarga ko‘ra bolalarda kitobxonlikka qiziqish va kitob o‘qishga bo‘lgan ko‘nikma kutilgandan yuqori natijalarga erishilgani qayd etildi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, kitob o‘qishga qiziqmaydigan bolaning o‘zi yo‘q, faqatgina bolaning yakka tartibdagi qiziqishlarini inobatga olib, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar to‘g‘ri tanlansa va kitob o‘qish uchun ma`lum dars soatlari ajratilsa, bola o‘z-o‘zidan kitobxon o‘quvchiga aylanadi.
    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik kompetensiyasining rivojlantirish uchun, avvalo, kitobxonlik muhitini to‘g‘ri yaratish kerak. Bu muhit oilada bolaning ota-onasi yordamida, maktabda esa o‘qituvchi va murabbiylari tomonidan tashkil qilinsa, bolalarda kitob o‘qish malakasi va kitobxonlik kompetensiyasi samarali shakllanadi.
    Yoshlarni kitobxonlikka o‘rgatish, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini shakllantirishda kitobxonlarning yoshi muhim sanaladi. 7-11 yosh doirasida o‘quvchilarga ularning yosh xususiyatlari tabiat va atrof-muhitga qiziquvchanligi va har bir narsaga e`tiborli ekani sabab bu yoshdagi o‘quvchilarga kichik ilmiy asosga ega, dalillangan entsiklopedik ma`lumotlar, sehrli va fantastik ertak, hikoyalar tavsiya etilishi mumkin. 12-15 yoshda bolalarning badiiy idrok etish jarayoni shakllana boradi. Bu yoshdagi bolalarning kitob mutolaasida o‘quvchilar mantiqan mohiyatga ergashishdan ko‘ra voqealar rivoji, aniq faktlar va obrazlar tizimiga e`tiborli bo‘ladilar. Ayniqsa, o‘zlarining hayotida yuz bergan voqea, biror bir hodisa haqida fikrlashishni yaxshi ko‘radilar. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarga voqealari turli sarguzashtlar va g‘ayrioddiy kechinmalarga boy asarlar tavsiya qilinadi. Bunday asarlar bolaning ongini rivojlantiradi va obrazli tafakkurini shakllantiradi. Natijada bola o‘zining anglamlarini boshqalarga tushuntirish, tushunchalarini go‘zal nutqda yetkazishga urinadi. Shu
    sababdan bu yoshda bolalar o‘qiganlari sari nutqlari rivojlanib boradi.
    15-20 yoshda bolalar o‘smirlik bosqichiga o‘ta boshlaydilar. Bu bosqichda shaxs sifatida shakllanayotgan kitobxon ongida “Kerak-kerak emas”, “Yaxshi-yomon” degan bo‘lish ongidan ancha ulg‘aygan tafsilotlarga xulosa berish emas, jarayonga shaxsiy munosabatini bildirish muhim. Bu yoshlarga tavsiya etiladigan badiiy asarlarda yozuvchi xulosasi aks etgan didaktik-axloqiy adabiyotdan ko‘ra, ma`naviyatni shakllantiruvchi, insoniylik mohiyatini anglashga yo‘naltiruvchi asarlar bo‘lishi kerak.
    5-11-sinflar uchun tavsiya etilgan adabiyotlar aynan o‘quvchilarning yoshi, salohiyati, ruhiyatin hisobga olgan holda tanlab olindi. O‘ylaymizki, ushbu adabiyotlar o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish, insoniy fazilatlarga ega bo‘lish, adolatli,vijdonli bo‘lish, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, yaxshi va yomonni farqlay olish, ruhiy barkamollik, ijodiy, tanqidiy va kreativ fikrlash, shuningdek, taqqoslashga yordam beradi.



    Download 73,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 73,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kitob mutolaasining yoshga doir me`yorlari тураходжаева Зулхумор Юсуфжановна

    Download 73,3 Kb.