Kitobning inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni




Download 73,3 Kb.
bet2/6
Sana15.05.2024
Hajmi73,3 Kb.
#234619
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2Макола Тураходжаева Зулхумор Юсуфжановна

1. Kitobning inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni.
Kitobning inson hayotida tutgan o‘rni, mavqeyi va ahamiyati haqida yetarli darajada ma`lumotlar va tushuntirishlar fuqarolarning keng qatlamiga yetkazib borilmoqda. O‘z hayotida kitobning roli naqadar buyuk va qudratli ekanligini tan olish, e`tirof eta olish — har bir insonning o‘zi uchun qila olgan eng ulug‘jasorati va saxovatidir. Manbalarda qayd etilishicha, sohibqiron Amur Temur Armanistonga bostirib borganida, dastlab ularning qadimiy qo‘lyozma va kitoblarini o‘lja olgan. Shunda armanlar o‘zlarining har bir kitobini ikkitadan asirga almashtirgan. Bu armanlarning XIV asrda tarixiy meroslarini qanchalik yuqori baholashganini ko‘rsatadi.
O‘qish o‘zi nima degan savolni bersangiz, ko‘pchilik hayron bo‘lishi tabiiy. Chunki, bu so‘z hayotimizga shunchalik singib ketganki, biz hatto ushbu savol ustida bosh qotirib o‘tirishni ham o‘zimizga ep ko‘rmaymiz. Bolalikda bir marta o‘qishni o‘rgangach, qaytib bu haqida o‘ylab ham ko‘rmaganmiz. Tez va samarali o‘qish usullari haqida esa gapirishning ham hojati bo‘lmasa kerak. Shuning uchun mavzuyimizni o‘qish o‘zi nima, o‘qish bu qanday jarayon degan savollarga javob izlashdan boshlasak.
Kitobxonlik haqida fikr yuritar ekan, bolalar yozuvchisi X. To’taboyev shunday degan edi: “Taraqqiy etgan mamlakatlarda kitobxonlik fan darajasiga ko’tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ’ib qilishgina emas, balki kitob o’qishni, o’qiladigan kitobni tanlab olishni, mag’zini chaqishni, xulosa chiqarishni, ya’ni kitob yordamida o’zlikni anglashni o’rgatishdir.”
Tez va faol o‘qish bu — o‘qishning maxsus usullaridan foydalanish orqali oz fursat va kam quvvat sarflagan holda matndagi ko‘proq ma`lumotlarni tezlik bilan anglab olish qobiliyatiga asoslangan noan`anaviy usuldir.
“Nop world” reyting kompaniyasining ma`lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha insonlar haftaning 16,6 soatini televizor ko‘rishga, 8,9 soatini radio eshitishga, 8,9 soatini kompyuter oldida, 6,5 soatini esa kitob o‘qishga sarflar ekan.
“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2022-yil 31-avgust kunigi nashrida hafta davomida eng ko‘p kitob o‘quvchi 10 ta mamlakatlar ro‘yxati e`lon qilingan1. Ular sirasiga kirgan Hindiston — 10,7 soat, Tailand — 9,4 , Xitoy — 8, Filippin — 7,6, Misr — 7,5, Chexiya — 7,4, Rossiya — 7,1, Shvetsiya — 6,9, Fransiya — 6,9 va Vengriya aholisi haftasiga — 6,8 soat vaqtini kitob o‘qish bilan o‘tkazar ekan.
Dunyoda kitobga bo‘lgan talablar o‘rganilganda, bir qator jahon ekspert agentliklarining e`tirof etishlaricha, oxirgi 30 yil ichida kitob mahsulotlari nomlarining hajmi uch baravarga, tiraji bo‘yicha esa to‘rt baravarga ortganligi ma`lum qilingan. Bugungi kunda dunyoda har yili bir million nomdagi kitob chop etilmoqda. Masalan, AQSH da har yili 85000 ta yangi nomdagi kitoblar nashr qilinmoqda. Yevropaliklarning har million nafariga yiliga 854 ta o‘qilgan kitob to‘g‘ri kelmoqda. AQSh da jon boshiga yiliga 10 ta, Rossiyada — 9,5, Chexiyada – 5 ta, Xitoyda — 3,5 ta kitob bosmadan chiqarilmoqda.
2020-yil yanvar holatiga GFK so‘rovnomasi natijasiga ko‘ra dunyo bo‘yicha 17 mamlakatda hafta davomidagi kitob o‘qish bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagicha:
Xitoyda-70%, Rossiyada-59%, Ispaniyada-57%, Italiya va Buyuk Britaniyada-56%, AQSHda-55%, Argentina va Braziliyada-53%, Meksikada-52%, Kanadada-51%, Germaniyada-50%, Fransiyada-48%, Yaponiyada-44%, Avstraliya va Niderlandiyada-42%, Belgiya, Janubiy Koreyada-37%.2
Amerikada o‘qish tezligi matnning mazmunini etarlicha uqqan holda daqiqasiga o‘qilgan so‘zlar soni bilan aniqlanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, o‘qish tezligi insonlarning yoshiga, ma`lumotiga, ruhiy va jismoniy holatlariga hamda o‘qishning maqsadiga uzviy bog‘liq bo‘ladi. AQSHda o‘qish tezligining, milliy me`yorlari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra o‘qish tezligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun daqiqasiga 80-158 ta, o‘rta sinflar uchun 175- 204 ta, yuqori sinf o‘quvchilari uchun 214-250 ta, talabalar uchun 250-280 ta va yuqori malakali mutaxassislar uchun 340-620 so‘z bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Xuddi shuningdek, AQSHda daqiqasiga 400 tadan kam so‘z o‘qiydiganlar rahbarlik lavozimlariga ishga qabul qilinmasligi joriy etilgan bo‘lib, bu o‘z samarasini berayotganligi sir emas.
Bola ulg‘ayib, esini taniy boshlagach, atrof-muhit va unda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga qiziqishi ortib boradi. Kun va tunning almashinishi, tabiat hodisalari va jonivorlarning yashash tarzi, atrofidagi olam haqida tezroq va ko‘proq ma`lumot olgisi, bu jarayonlarning qay tartibda kechayotganini bilishni istaydi. Ertak, hikoyalar va ularning qahramonlari orqali dunyoqarashi boyib, yaxshi va yomon, oq va qora o‘rtasidagi tafovutni farqlab boradi.
Ruhshunos va pedagoglarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, bolalarda 6, 7 yoshda harf tanib, mustaqil o‘qish qobiliyati shakllanadigan davr hisoblanadi. Bolani mutolaaga yanada qiziqishini oshirishdan avval, unda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Kichik yoshdagi bolalar ko‘proq katta hajmdagi, rangli bezakli rasmli, kichik matnli kitoblarni o‘qishdan boshlashi maqsadga muvofiq. To‘plamdan joy olgan matnlar qisqa so‘zlardan iborat bo‘lishi, unda qo‘llangan so‘zlar ma`nosi o‘quvchi uchun tushunarli, ravon va sodda tilda ifodalanishi zarur.

Download 73,3 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 73,3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kitobning inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni

Download 73,3 Kb.