• Badiiy kitoblar
  • She ` riy kitoblar
  • Bolalar uchun badiiy kitoblar, ularning turlari va badiiy kitoblarga qo‘yiladigan talablar




    Download 73,3 Kb.
    bet4/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi73,3 Kb.
    #234619
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2Макола Тураходжаева Зулхумор Юсуфжановна

    3.Bolalar uchun badiiy kitoblar, ularning turlari va badiiy kitoblarga qo‘yiladigan talablar.
    Kitob asosan kitobxonning qiziqishiga, bilimiga qarab tanlanadi. Tavsiya etiladigan kitoblar kitobxonning yoshi, psixologiyasi, o’qish va tushuntirish qobilyatiga mos kelishi maqsadga muvofiqdir. Shu tufayli ham shoir va yozuvchilar kitob yozayotganda mana shu jihatlarga alohida e’tibor beradilar va turli yoshdagi bolalarning turlicha xususiyatlarini hisobga olib asarlar yaratadilar.
    Badiiy kitoblar bolaning dunyoqarashi va tasavvurini boyitib, undagi ijodkorlik (kreativlik) qobiliyatini rivojlantiradi. Bolaning nutqi ravonlashib, so‘z boyligi oshadi. Rivoyat, ertak, cho‘pchak, asotir va hikoyalarda tilga olingan biron bir voqea hayotiy yoki to‘qima bo‘lishidan qat`iy nazar, qahramonlarning xatti-harakati va fe`l-atvori kitobxonni voqea-hodisa va harakatlardan saboq chiqarishga undaydi. O‘zbek xalq ertaklaridan “Ur to‘qmoq” asarini misol qilib keltirsak, ertakda chol laylakka yaxshilik qiladi. Bu yaxshilikdan biron bir manfaatni ko‘zlamaydi. Laylak ham chol qilgan yaxshilikni qaytarmoqchi bo‘ladi. Va unga “Qaynar xumcha”ni sovg‘a qiladi. Bu ertakning pedagogik ahamiyati shundaki, bolalar yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerakligini o‘rganadilar. Cholni uchratgan ayyor boy esa sehrli xumchani oddiy xumchaga almashtirib qo‘yadi, ertak yakunida qilgan qing‘ir ishlari evaziga “Ur to‘qmoq”dan jazosini oladi. Bu syujet orqali biron bir egrilik, albatta, yomon oqibatlar bilan tugashi muqarrarligi bolaga hayotiy misollar bilan tushuntirib beriladi.

    • She`riy kitoblar kichik kitobxonga estetik zavq berishi bilan birga undagi xotirani mustahkamlaydi. Bolalar she`r yod olishi bilan xotirasiga ko‘plab badiiy misralar yod bo‘lib boraveradi.

    Topishmoqlar topqirlikka chorlasa, tez aytishlar nutqni rivojlantiradi. Nutqida nuqsoni bor bolalar uchun logopedlar tez aytishni mashq qildirishlari ham shundan.
    1   2   3   4   5   6




    Download 73,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar uchun badiiy kitoblar, ularning turlari va badiiy kitoblarga qo‘yiladigan talablar

    Download 73,3 Kb.