|
Bolalar uchun kitob tanlashda ahamiyat beriladigan asosiy jihatlar
|
bet | 3/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 73,3 Kb. | | #234619 |
Bog'liq 2Макола Тураходжаева Зулхумор Юсуфжановна2. Bolalar uchun kitob tanlashda ahamiyat beriladigan asosiy jihatlar.
Davlat ta’lim standartlariga ko’ra, 7-8 yoshli bola kitobni to’liq o’qiy olishi lozim.
Kattalar singari matnga, satrlarga ko’z yugurtirib uning mazmuni to’g’risida umumiy tasavvur hosil qila olishi kerak, keyin esa mutolaa qilishga kirishishi mumkin.
Bolalarni kitob mutolasiga bog’cha yoshidan, hatto chaqaloqligidan qiziqtirish lozim. Aravachasida yotgan chaqaloqga ertakli, she’riy yoki boshqa biror asarni ohista obrazga kirib aytilsa, u hech narsani tushunmasa ham eshitishi , ohangni tuyushi mumkin. (Buning isbotini xalqimizning asriy qadriyati allaning mo’jizasida ko’rish mumkin.) Keyinchalik bolada kitobga munosabat shakllana boshlaydi.
Kitobga nisbatan mehr-muhabbatni majburiy ravishda uyg’otib bo’lmaydi.
Psixologik – pedagogik nuqtai nazardan olib qaraganda, bolani kitob o’qishga bosqichma- bosqich qiziqtirib borish kerak.
5-6 sinflarda ko’proq dostonlar Xudoyberdi To’xtaboyev, Anvar Obidjon, Normurot Norqobilov kabi ijodkorlar asarlari hamda qardosh va chet el yozuvchilarining badiiy sara va sarguzashtlarga boy asarlarini oilaviy o`qish va bolalarning taassurotlari bo’yicha suhbat uyishtirish va xulosa chiqarishga o’rgatish yaxshi natija beradi. Yuqori sinflarga chiqgan sari o’quvchilarning qiziqishlari yo’nalishlar bo’yicha ketadi. Ular endi mustaqil mutolaaga o’tadilar.
Ota-ona farzandi uchun badiiy adabiyotlar tanlaganida quyidagi mezonlarga amal qilishi zarur:
Bolaning yosh xususiyatiga ko‘ra. (Kichkintoyning yosh xususiyatidan kelib chiqqan holda 0+,3+,5+ va 7+ tarzida kitoblar muqovasiga bu kitob aynan qaysi yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangani beriladi.)
Bolaning qiziqishiga ko‘ra. (Ba`zi bolalar ertak yoki rivoyatlarga qiziqsa, boshqalariga ensiklopedik kitoblar yoqadi. Ota-ona farzandining qiziqishi va qobiliyatini inobatga olgan holda farzandiga kitob tanlashi lozim.)
Illyustratsiya va dizayniga ko‘ra. (Kompyuter texnologiyalari va undagi dasturlar takomillashishi bilan noshirlar kitobning tashqi va ichki ko‘rinishiga alohida e`tibor qarata boshladilar. Bola yorqin ranglarni yoqtirgani sabab kichik yoshdagi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan kitoblar alohida dizayn va badiiy bezakni talab qiladi. Muqova uchun tanlanadigan rasmdan tortib, kitobdagi matn harflari, matnlarning orqa foni o‘qish uchun qulaymi yoki yo‘qmi, shrifti kengligi 14-16 va 18 dan kichik emasmi shularga alohida e`tibor qaratish zarur. Chunki bolalar kitob o‘qiganlarida kitobga tanlangan rasmlar va matn shrifti bolaning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta`sir ko‘rsatmasligi zarur).
Kitob ko‘rinishi (3D, audio, vezual kitoblar va hokazo)
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari (7-12 yosh) atrofdagi hodisalarni bilishga intiladigan va olgan ma`lumotlarini xotirasida mustahkam saqlab qoladigan yoshda bo‘ladi. Aynan shu vaqtda bolada bilish va bilganlarini xotirada saqlash, ularni hayotda qo‘llash ko‘nikmalari shakllanadi. Shu sabab bu yoshda bolalar ko‘rgan va eshitgan film va asar qahramonlariga taqlid qilish hissi kuchli bo‘ladi. Farzandining fe`l-atvori shakllanayotgan ayni bir paytda ota va ona uni kitobxon qilib tarbiyalasa, bola ham aqlan, ham ma`nan barkamol farzand bo‘lib voyaga etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tavsiya qilinadigan kitoblarni ikki katta tur: Badiiy va ilmiy-ommabop kitoblarga ajratamiz.
|
| |