Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
696
w
www.oriens.uz
December
2021
ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI
HIKOYATLARDA ORIFLAR TIMSOLI
Nazarova Hilola
Samarqand davlat universiteti magistranti (O’zbekiston)
ANNOTATSIYA
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari qomusiy asar bo'lib, uning asosiy
qismini tashkil etuvchi maqolat va hikoyatlarda barcha zamonlar uchun o'ta dolzarb
bo'lgan barkamol avlod, komil inson haqidagi ulug' mutafakkirning teran axloqiy-
ma'naviy, ijtimoiy-falsafiy mulohazalari badiiy ifodasini topgan. Turkiy adabiyot
tarixida bunday asarlar ramziy-majoziy obrazlarning turli masalalarga oid savol-
javobi (Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig”) yoki asar muallifining hadislarga
tayanib insonning ma'naviy kamolatga yetkazuvchi fazilatlari hamda uni jaholat
botqog'iga chorlovchi nuqsonlarini qiyoslash (Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq”)
uslubi bilan vujudga kelgan bo'lsa, Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”dostoni
kuzatilgani singari “Hayrat ul-abror”da ham ijodkorning barkamol shaxs haqidagi
o'ylari maqolatlarda yorqin in'ikosini topgan. Asardagi hikoyatlar esa maqolatlarda
ilgari surilgan tayanch g'oyalarni kitobxon shuuriga yanada teranroq ta'sir etishi,
uning mavzu bilan mukammalroq tanishishiga imkon yaratadi.
“Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) janr xususiyati va
kompozitsiya tuzilishi jihatidan “Xamsa”ning boshqa dostonlaridan tubdan farq
qiladi. “Hayrat ul-abror” falsafiy-ta’limiy dostondir. Bu asarida Navoiy falsafiy,
ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy qarashlarini bayon etish, kishilarga ta’lim va
o’git berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Doston boshdan oyoq orifona ruxda
ifodalangan.Navoiy “Hayrat ul-abror”da o’zi e’tiqod qilgan shayxlar ,valiylar
siymosini chizib ular orqali iymon va e’tiqod g’oyalarini ilgari surgan.
Kalit so’zlar: ”Hayrat ul-abror”,so’fiyona, orifona, iymon,islom, Ibrohim
Adham, Robiya Adviya, Abdulloh Ansoriy, Boyazid Bistomiy.