|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq alisher-navoiyning-hayrat-ul-abror-dostonidagi-hikoyatlarda-oriflar-timsoliOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
700
w
www.oriens.uz
December
2021
Mansur Halloj singari ulug’ so’fiylar ijodi bilan boshlanganini ta’kidladi.
4
Ibrohim Adham Xudoga xizmatning yo’li deb namoz va ibodatga beriladi .
Robiya Adviya esa niyozmand, ya’niki u oshiq , yonib-kuyib faqat Xudoni sevgan , u
olloh ishqidan ha o’zini,na olamni, na nomozni ,na ibodatni bilardi. Navoiy mana
shunday oshiqona sadoqatni zohiriy toat-ibodatdan ustun qo’ygan . Bu bilan
Navoiyni islom dininig mohiyatini so’fiyona ruhda idrok etgan.
Navoiy dostonining to’rtinchi maqolati Riyoyi xirqapo’shlar haqida bo’lib
hirotlik mashhur xoja Abdulloh Ansoriy haqidagi hikoyat orqali yoritilgan. Navoiy
bu zotni olloh vasliga yaqinlashgan (“Muqarrabi bori”) avliyo biladi va qattiq hurmat
qilgan. Abdulloh Ansoriy “piri hirot” laqabi bilan nom qozongan edi, tasavvuf
tariqatida u kishining alohida o‘rni bor. U tariqat odobi va maqomatning yuzta
bosqichini ishlab chiqqan bo‘lib,tasavvufning qariyib barcha savollariga javob
yozgandir.Hikoyatda Navoiy keltiradiki, Abdulloh Ansoriy jannat umidida yoki
do‘zaxdan qo‘rqib, tama yuzasidan mol-mansab uchun emas, balki “Tangrining
amriga itoat” yuzidan toat qilar edi. U qo‘rqishdan emas, muhabbatdan xudojo‘ylik
qilardi. Tama umidida so‘fiylik qilish chin so‘fiylik emas, Ansoriy deydi:
Menki ishim bo ‘ldi parastish mudom,
Biymu umid ikkisi bo ‘lmush harom.
Bandaliq amriga chu ma'murmen,
Tun-kun ishim bu esa ma'zurmen. [60]
Qalbim amri bilan Tangri amring bajaraman, “raddu qabuli bila ishim yo‘q”,
deydi u.
5
[103]
“Hayrat ul-abror”dostonidagi inson va iymon masalasiga Boyazid Bistomiy
haqidagi hikoyada to’xtalgan. U iymonning asosini insoniylikda ko’radi:
Kim chu fido aylagusi jon anga,
Hamrah o’lur yo’qsa yo’q imon anga. [94]
Dostonda Boyazid Bistoniy g’amgin ifodalangan.U hayoti davomida ko’p
riyozatlar ,ibodatlar qilgan bo’lsa ham ,olloh huzuriga qaytganda imon bilan borish
nasib etadimi deb g’am tashvishda yashagani hikoya qilingan. Fariddin Attorning
“Tazkirat ul-anbiyo” asarida Boyazid Bistoniy hayotiga doir yetmishdan ortiq katta-
kichchik hikoya va hikmatlar keltirilgan.
6
XULOSA
4
Нажмиддин Комилов .Тасаввуф .-Т.: МОВAРОННAҲР-ЎЗБЕКИСТОН, 2009й.
5
Муҳиддинов М.Қ. Комил инсон - адабиёт идеали. - Т.: Маънавият, 2005
.
6
Фариддин Aттор . “Тазкират ул –авлиё”.-Т.:2013й.
|
| |