|
Islomov Odilxondan nodir o’ttizlik LI kulli ajal! Azot gazining ekvivalent hajmini (l/mol, n sh.) toping
|
Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 70,73 Kb. | | #108298 |
Bog'liq Dastlabki qadam
Islomov Odilxondan nodir o’ttizlik – li kulli ajal!
1. Azot gazining ekvivalent hajmini (l/mol, n.sh.) toping.
A) 22,4/3 B) 11,2/3 C) 22,4/2 D) 22,4/4
2. 1,6 tonna "oltingugurt guli" olish uchun n.sh. da o'lchangan qancha gramm vodorod sulfid kerak bo'ladi?
A) 8500 B) 6,8 C) 6800 D) 1700
3. Perxlorat kislotadan 1 mol xlor (VII)-oksidi olishda necha mol fosforli birikma sarfalanadi? (reaksiya unumi=80%)
A) 2 B) 1,6 C) 0,8 D) 0,625
4. Quyida berilgan moddalar juftligidan molyar massalari (g/mol) teng bo'lgan tuzlarni aniqlang.
A) malaxit - marganes (VII)-oksidi B) lyapis - chili selitrasi C) so'ndirilmagan ohak - KHCO3 D) bo'r – olevin
5. 20⁰C haroratda 1 mol etanol 54 gramm suvda eritildi (idish og'zi berkitilmagan). Ma'lum vaqtdan so'ng harorat 60⁰C ga oshirildi. Eritmaga 92 gramm natriy bo'lakchasi tashlanganda necha gramm vodorod ajralib chiqadi?
A) 4 B) 3 C) 2 D) 1
6. Suyuqlanish temperaturasi mavjud bo'lmagan kimyoviy birikma(lar) to'g'ri ko'rsatilgan qatorni aniqlang.
A) karborund B) yod C) temir kolchedan D) naftalin
7. 19,8 gramm misning qattiqligi X ga teng hisoblanadi. Shuncha miqdor misga 0,2 gramm berilliy qo'shilganda ikki xil metalldan iborat aralashma hosil bo'ldi. Ushbu aralashmaning qattiqligini aniqlang.
A) 7X B) 6X C) 4,5X D)3X
8. 197 gramm oltinning "zar suvi" bilan reaksiyasi natijasida ajraladigan gazning hajmini (l, n.sh.) aniqlang.
A) 46 B) 92 C) 22,4 D) 33,6
9. Umumiy hajmi 30ml bo'lgan metan va vodoroddan iborat gazlar aralashmasi mavjud. Ushbu aralashmaga mo’l miqdorda kislorod qo'shib portlatildi. Ma'lum vaqtdan so’ng yonish mahsulotlarining hajmi o'lchanganda 30 ml ni tashkil etdi va undan 5ml CO2 ga tegishli ekani aniqlandi. Yonish mahsulotlarining barchasi gaz holatda bo'lsa, dastlabki aralashmaning hajmiy tarkibini aniqlang.
A) 5ml CH4; 25ml H2 B) 7,5ml CH4; 22,5ml H2 C) 2,5 ml CH4; 27,5 ml H2 D) 5ml CH4; 15 ml H2
10. Hajmi 4 l bo'lgan sirka kislota eritmasi mavjud (dissotsiyalanish darajasi 2 %). Unga 12 I suv qo'shilganda hosil bo'lgan eritmadagi sirka kislotaning dissotsiyalanish darajasini (%) aniqlang.
A)2 B) 4 C) 6 D) 10
11. Quyidagi oksidlanish - qaytarilish reaksiyasida chap tomon koeffitsiyentlar yig'indisini aniqlang. NO2 + HJ = X + Y + Z
A) 3 B) 5 C) 6 D) 7
12. Quyida berilgan olimlardan qaysi biri yonish va oksidlanish haqidagi ilmiy nazariyani yaratgan?
A) Lavuayze B) Dalton C) Butlerov D) Le-Shatelye
13. Quyidagi jadvalda hosil bo'ladigan cho'kmalar va ularning ranglari mos ravishda berilgan. Shunga X va Y cho'kmalar rangini aniqlang.
A) X - sarg'ish, Y – qora B) X –yashil, Y - sariq C) X – sariq, Y –oq D) X – och pushti, Y –sariq
14. Rux suyultirilgan sulfat kislota bilan taʼsirlashganda X gazi hosil boʻladi. X gazning molyar massasini (g/mol) aniqlang
A) 64 B) 34 C) 2 D) rux faqat konsentrlangan sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishadi
15. Antimonil xloridning molyar massasini (g/mol) aniqlang
A) 173,5 B) 193 C) 174,5 D) 206,5
1 6. Metanni 1500⁰C gacha qizdirib X va Y gazlar olinadi. Ushbu reaksiyada hosil bo'lagn X gaz Hg²+ tuzlari ishtirokida M. G. Kucherov reaksiyasiga kirishdi. Hosil bo'lgan organik moddaning shuncha miqdorquyi gomologi esa Ca(OH)2 ishtirokida A. M. Butlerov reaksiyasiga kirishdi. Bunda 36 gramm shakarsimon modda hosil bo'ldi. Agar barcha reaksiya unumi 100% dan bo'lsa, dastlabki reaksiyada hosil bo'lgan Y gazning miqdorini (mol) aniqlang.(Y – oddiy modda)
A) 1,6 B) 2,4 C) 3,6 D) 4,8
17.Molekulasida V. Kolbe sintezlagan organik kislotaning 1 molekulasidagi uglerod atomlari sonigateng uglerod tutgan spirt va E. Franklend sintezlagan kislota o'zaro eterifikatsiya reaksiyasiga kirishdi (HCl katalizatorligida). Reaksiya natijasida A va B modda hosil bo'ldi. B modda uchun xos xususiyatni toping. (A modda molekulasi tarkibida 3 xil element uchraydi)
A) molyar massasi 102 g/mol B) lakmus tomizilsa qizil rangga kiradi C) kuchsiz elektrolit D) noelektrolit
18. Adolf Vyurs reaksiyasi bo'yicha 2 mol xloretan va 2 mol natriy o'zaro reaksiyaga kirishdi. Hosil bo'lgan organik moddani ratsional nomenklaturaga muvofiq nomlang.
A) n-butan B) 2-metil propan C) trimetilmetan D) metiletilmetan
19. N. D. Zelinskiy reaksiyasi bo'yicha 78 gramm benzol olingani ma'lumbo'ldi. Sarflangan reagent necha mol kalsiy karbid gidrolizidan hosil bo'ladi? (birinchi reaksiya unumi=90%)
A) 2,7 B) 1/0,3 C) 1/3 D) 2/0,3
20. Quyidagi tuzilishga ega modda organik moddalarning qaysi sinfiga mansub ekanini aniqlang.
A) ko'p atomli spirtlar B) bir atomli spirtlar C) karbon kislotalar D) alkinlar
2 1. Alkoksigruppa saqlovchi organik moddalarning gomologik qatorida birinchi tartib raqamiga ega moddaning bir molekulasi tarkibidagi atomlar sonini aniqlang
A) 9 B) 6 C) 5 D) 4
22.Alkanlarning termik krekingi natijasida alkan va alken hosil bo'ladi. Molekulasi tarkibida 43 ta uglerod atomi saqlagan alkanning termik krekingi (reaksiya unumi 90%) natijasida hosil bo'lgan aralashmada necha xilformulaga ega organik modda mavjud?
A) 86 B) 84 C) 82 D) 83
23. Geksenning sinflararo izomerlari sonini toping.
A) 10 B) 12 C) 14 D) 22
24. Ma’lum bir reaksiyada moviy alanga hosil qilib yonadigan moddaning sarflanish tezligi 2,2 mol/(l·min) bo‘lsa, 30 sekund davomida metanning massasi 192,4 g dan 100 grammgacha kamaydi. Reaksiya o‘tkazilgan idish hajmini (litr) toping.
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
25. O'quvchi laborotoriya xonasida amaliy mashg'ulot o'tkazdi. U bir yopiq idishdagi bosimni oshirganda qo'ng'ir modda rangsiz bo'lib qolganini ko'rdi. Keyinchalik esa bosimni kamaytirdi va idishdagi gaz jigarrang moddaga aylandi. O'quvchi ko'rgan rangsiz moddaning bitta molekulasi nechta atom saqlaydi?
A) 6 B) 3 C) 8 D) 2
26. A moddaning 2kg 50% li eritmasi mavjud. Ushbu eritma 1F tok kuchi bilan elektroliz qilingada anodda 8 gramm kislorod, katodda 56 gramm X metall hosil bo'ldi. Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslangan holda X element atomi quyidagi moddalarning qaysi bir(lar)I tarkibi uchrashini aniqlang.
A) limonit B) sariqqon tuzi C) grinokit D) kinovar
27. Reaksiya uchun 6 moldan xloretan va 1-xlorpropan olindi. Alkilxloridlar bir idishda va unga natriy metalli qo'shildi (moddalar to'liq sarflandi). Agar barcha reaksiyalar tezliklari teng bo'lsa, hosil bo'lgan pentan miqdorini (mol) toping.
A) 6 B) 3 C) 2 D) 1
28. ρ = n + X. Ma'lum elementning radioaktiv izotopi yemirildi (protonning neytronga aylanishi). Ushbu jarayonda neyron va X zarracha hosil bo'ldi va X zarracha yadroni tark etdi. Bir muddatdan so'ng X zarracha Y zarrachaga aylandi. Y uchun berilgan fikrlardan to'g'risini tanlang.
A) kvant massa va zaryadsiz zarracha B) elektronlar oqimi C) rentgen nurlari D) geliy atomi yadrosi
29. 108 gramm suvda eng ko’pi bilan nechta bog' bo'lishi mumkin? (α=0; NA=6•10²³)
A) 108•10²³ B) 72•10²³ C) 36•10²³ D) 108•10²³-2
30. Quyidagi jadvalda elektroliz natijasida eletrodlarda hosil bolishi mumkin bo'lgan moddalar berilgan. Shunga ko'ra to'g'ri to'ldirilgan qatorlarni aniqlang.
|
Katod
|
Elektroliz qilingan modda
|
Anod
|
1
|
Ag
|
AgBr2
|
Br2
|
2
|
O2
|
OF2
|
F2
|
3
|
Na
|
NaOH
|
O2
|
A)1, 2, 3 B)2, 3 C)1, 3 D) faqat 1
|
| |