|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq alisher-navoiyning-hayrat-ul-abror-dostonidagi-hikoyatlarda-oriflar-timsoliOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
699
w
www.oriens.uz
December
2021
Ansoriy, Shayx Iroqiy, Imom Faxr Roziy, Abdulloh Muborak, Hasan Robi',
Muhammad Porso, Xoja Abu Nasr kabi tasavvuf ahli namoyandalari, shuningdek,
darvesh va mehnatkash inson timsoli bo'lgan o'tinchi chol, oddiy xalq vakili
hisoblangan ikki vafoli yor, yuksak insoniy fazilatlami o'zida mujassamlashtirgan
“qoni' javonmard” va boylikka hirs qo'ygan “tomi' jahongard” kabi obrazlar
ishtirokida maydonga kelgan g'oyatda sermazmun badiiy lavhalarda insonni komillik
rutbasida ko'rish g'oyasi hayotiy timsollar bilan boyitiladi. Ko'rinadiki, ulug' shoir
dunyoqarashicha, inson qaysi tabaqa vakili bo'lishidan qat'iy nazar, ma'naviy kamolot
pillapoyalaridan odimlab bashariyatning oriflik darajasini egallashga haqli.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Navoiy dostonida birinchi maqolati iymon kalimasining sharhidan iborat.
Iymon kalimasida ollohning yakka-yagonaligiga, uning farishtalariga va kitoblariga,
payg‘ambarlariga va oxirat - qiyomat kunning muqarrarligiga, yaxshilik va yomonlik
taqdirdan ekanligiga, so‘ngra o‘limdan keyin qayta tirilishga iymon keltirilgan.
Navoiy buni “maqolat”ning nasriy sarlavhasida to‘liq keltiradi, so‘ngra mana bu
baytlar bilan bobni boshlaydi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Balki nishoni anga iymon erur. [50]
Demak, insoniylikning birinchi nishonasi iymonli bo‘lish. Iymon - insonni
hayvondan ajratuvchi asosiy sifat, chunki Navoiy fikricha, garchi nutq, so‘z insonni
hayvondan ajratuvchi belgisi bo‘lsa-da, agar kishida iymon bo‘lmasa, u inson emas,
balki gapiruvchi hayvondir.
“Hayrat ul-abror” dostonning Islom bobida maqolatida Ibrohim Adhamning
Ka’baga safari va Makkada Ka’baning joyida yo’qligi haqida hikoyat keltirilgan.
Qarasaki Ka’baning Robiya Adviya bilan birga ekanligi tasvirlangan.Navoiy bu
hikoyatda namoz va niyoz tushunchalarini qiyoslaydi.
Robiya dedi anga: “Ogoh bo‘l,
Kim necha yil bodiyada borcha yo‘l,
Bo‘ldi ishing arzi namoz aylamak,
Sheva manga arzi niyoz aylamak.
Sanga samar berdi namozu riyo,
Bizga bu bar berdi niyozu fano”.
3
[15]
Najmiddin Komilov so’fiyona she’riyat VIII-XI asrlarda Robiya Adviya ,
3
Aлишер Навоий.Хамса ,Танқидий матн, Нашрга тайёрловчи П.Шамсийев.Т.:”Фан”,1960й
|
| |