|
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi toshkent viloyati hududiy filiali
|
Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 52,56 Kb. | | #265004 |
Bog'liq бекобод ш.
2024-yil “_____”- ____________
|
_________________-son
|
|
Toshkent v.
|
Toshkent viloyati Bekobod shaxar
“Sementchi” MFY, Paxtaobod ko‘chasi
102-uy, 4-xonadonda yashovchi
fuqaro O. Alievaga
Hurmatli, Oynisa Raimovna
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish Respublika markazi Toshkent viloyati hududiy filiali Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali qilgan Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish yuzasidan to‘lov qilgan summalari tushmaganligi sababli noreal qarzdorlik kelib chiqayotganligi haqidagi 2024 yil 17-maydagi 415004/24-sonli murojaatingiz yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Aniqlanishicha Toshkent viloyati Bekobod shahar hududidagi “Sementchi” MFYga Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari xozirgi kunda “Dilshod murod baraka” MChJ tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
“Dilshod murod baraka” MChJ xodimlari tomonidan yuqoridagi manzil bo‘yicha murojaatchi bilan suhbat o‘tkazilib, to‘lovlari shaxsiy xisob raqamiga tushirildi, odam soni o‘zgartirildi va murojaat ijobiy xal qilindi.
O‘rganish natijasida yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha №102050260197-sonli shaxsiy hisob varag‘i fuqaro Aliev Ismoil nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lib, “Clean City” elektron hisob kitoblarni yuritish tizimidan olingan ma’lumotda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun 2024 yil iyun oyi holatiga 38124 so‘m qarzdorlik mavjud.
Vazirlar Mahkamasining 06.02.2019 yildagi 95-sonli qarorida jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish uchun xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy shartnoma (Oferta) asosida amalga oshirilishi (6-b), 6-oydan ortiq to‘lov amalga oshirmagan abonentlardan debitor qarzdorlik sud qarori bo‘yicha undirilishi (31-b) belgilangan.
Ommaviy shartnomaga muvofiq, Iste’molchi maishiy chiqindilarni to‘plash
va olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni ushbu shartnomada belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda to‘lashga majbur (3-band).
Ushbu javob xatidan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunini 32-moddasiga asosan yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish huquqingiz borligini ma’lum qilamiz.
Filial rahbari X.Ismailov
|
| |