• 6-bob. Ish va o‘qishdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirish
  • Bilan birga ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, mehnat va o‘quv




    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana31.01.2024
    Hajmi1,38 Mb.
    #149410
    1   2   3   4   5   6   7   8
     
    5-bob. Binolar ichidagi tartib 
    61. O‘quv binolarini zarur jihozlar (mebel, o‘quv uskunalari va boshqalar) 
    bilan ta’minlanishi uchun oliy ta’lim muassasasining moliya-iqtisod ishlari 
    bo‘yicha prorektori mas’ul hisoblanadi. 
    62. Bino ichiga kirish xizmat ruxsatnomalari, elektron ruxsatnoma, 
    vaqtinchalik ruxsatnoma va talabalik guvohnomalari hamda shaxsni tasdiqlovchi 
    boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
    63. Ish vaqti tugagandan so‘ng xona va auditoriyalarning kaliti bino 
    xavfsizligini ta’minlovchi oliy ta’lim muassasasiga biriktirilgan qo‘riqlash xizmati 
    xodimiga maxsus jurnalga imzo qo‘yish orqali topshiriladi. 
    64. Bino xavfsizligini ta’minlovchi oliy ta’lim muassasasiga biriktirilgan 
    qo‘riqlash xizmati xodimi ish vaqti tugagandan so‘ng yong‘in va texnika 


    16 
    xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr yoritkichlar o‘chirilganligi, deraza va 
    eshiklar qulflanganligi, xodim va talabalarning o‘z vaqtida binodan chiqib 
    ketganligini tekshirib chiqadi. 
    6-bob. Ish va o‘qishdagi yutuqlari uchun rag‘batlantirish 
    65. Xodimlar quyidagi shakllarda rag‘batlantiriladi: 
    davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga 
    tavsiya etish to‘g‘risida bo‘ysunuvchi vazirlik, idora yoki Oliy ta’lim, fan va 
    innovatsiyalar vazirligiga taklif kiritish; 
    mehnat faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatayotganligi uchun faxriy yorliqlar 
    va boshqa turdagi mukofotlarga tavsiya etish; 
    oliy ta’lim muassasasi faoliyat samaradorligiga munosib hissa qo‘shib 
    belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib kelayotgan xodim va talabalarni oliy 
    ta’lim muassasasi rektorining faxriy yorlig‘i hamda turli nominatsiyadagi 
    diplomlari bilan taqdirlash; 
    yubiley sanalari munosabati bilan moddiy rag‘batlantirish, sovg‘alar berish; 
    kasb bayrami munosabati bilan bir yo‘la beriladigan mukofotlar; 
    bayram sanalari munosabati bilan beriladigan mukofotlar va boshqa 
    shakllardagi rag‘batlantirish choralari. 
    66. Ish haqi, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga oid qonun 
    hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar mazkur qoidada belgilangan 
    rag‘batlantirish turlariga kirmaydi. 
    67. Talabalar o‘qishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi, ilmiy-tadqiqot 
    ishlari va oliy ta’lim muassasasi ijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun quyidagi 
    tartibda rag‘batlantiriladi: 
    tashakkurnoma e’lon qilish; 
    pul mukofoti yoki qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash; 
    faxriy yorliq, darajali va turli nominatsiyali diplomlar bilan taqdirlash. 
    Shu bilan birga, talabalarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 
    davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan alohida iqtidorga ega, 
    xalqaro, respublika va oliy ta’lim muassasasi miqyosida o‘tkazilgan fan 
    olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi 
    kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (ota-
    onasining vafoti, nogironligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligi) talabalarga bazaviy 
    stipendiyaga nisbatan ........ baravargacha miqdorda bo‘lgan bir martalik 
    rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovi berilishi mumkin. 
    68. Talabalarni rag‘batlantirish oliy ta’lim muassasasining Yoshlar 
    masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, Yoshlar bilan ishlash, 
    ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultet dekanlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 


    17 
    boshlang‘ich tashkiloti, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi 
    taqdimnomasi yoki tavsiyanomasi, Stipendiya komissiyasi qarori asosida oliy 
    ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi. 

    Download 1,38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bilan birga ish va o‘qishdagi yutuqlar uchun rag‘batlantirish, mehnat va o‘quv

    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish