18
74. Intizomiy jazo choralari bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan
keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab uzog‘i bilan bir oy ichida
qo‘llaniladi. Bir oylik muddatga xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan
vaqti
qo‘shilmaydi.
75. Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tganidan,
moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa
sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi.
Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.
76. Intizomiy jazo berilganligi to‘g‘risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib,
tilxat olinadi. Xodim tilxat berishdan bosh tortgan holda tegishli dalolatnoma bilan
rasmiylashtiriladi.
77. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun xodimga nisbatan faqat bitta
intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
78. Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab
bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida intizomiy
jazoga tortilmasa, jazo e’lon qilinganidan keyin bir yil o‘tgach, u intizomiy jazo
olmagan deb hisoblanadi. Bunday hollarda intizomiy jazoni olib tashlash
to‘g‘risida buyruq chiqarilmaydi.
79. Intizomiy jazo rektor tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan yoki
xodimning bevosita rahbari iltimosiga ko‘ra bir yil o‘tmasdan
oldin ham olib
tashlanishi mumkin. Xodimdan intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi
oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
80. Intizomiy jazo ustidan xodim mehnatga oid qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
81. Xodim tomonidan oliy ta’lim muassasasi va uning mol-mulkiga bevosita
to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar etkazilganda intizomiy jazo qo‘llanilganligidan qat’i nazar,
qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.
82. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan
rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
83. Mazkur qoida, oliy ta’lim muassasasi Odob-axloq kodeksi, oliy ta’lim
muassasasining korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), oliy ta’lim
muassasasi xodim, talaba, o‘quvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy
huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida
xabardor qilish to‘g‘risidagi nizom, oliy ta’lim
muassasasi Ustavi, oliy ta’lim
muassasasi Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari, lavozim yo‘riqnomasi, tarkibiy
bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar va boshqa lokal normativ hujjatlarda
belgilangan talablarni buzganligi uchun:
a) talabalarga:
19
oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish;
hayfsan;
uzrsiz sabablarga ko‘ra darslarni ...... soatdan ....... soatgacha qoldirgan
talaba,
qoida tariqasida, fakultet dekani tomonidan unga nisbatan intizomiy jazo
chorasi qo‘llanilishi to‘g‘risida rasman ogohlantirish;
uzrli sabablarsiz ....... soatdan ...... soatgacha va ...... soat dars qoldirgan
talabaga nisbatan, qoida tariqasida, hayfsan intizomiy jazo chorasi;
b) doktorantga:
hayfsan;
doktoranturadan chetlashtirish ta’sir chorasi qo‘llaniladi.
Intizomiy jazo choralari nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin bir oy
ichida, sodir etilgan kundan boshlab olti oy ichida talaba (doktorant)ning kasal
yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmagan holda qo‘llaniladi, shuningdek,
kasal, ta’til, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lgan
davrda
oliy ta’lim muassasasi (doktorantura)dan chetlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir
yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar talaba yoki doktorant shu muddat ichida
intizomiy jazoga tortilmasa, jazo e’lon qilinganidan keyin bir yil o‘tgach, u
intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Bunday hollarda intizomiy jazoni olib
tashlash to‘g‘risida buyruq chiqarilmaydi.
Talaba yoki doktorantga qo‘llanilgan intizomiy jazo uning namunaviy xulq-
atvori, o‘qishidagi yuqori ko‘rsatkichlari, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki oliy ta’lim
muassasasi ijtimoiy hayotida faol ishtiroki uchun tegishli fakultet dekani,
Magistratura bo‘limi boshlig‘i yoki Ilmiy boshqarma boshlig‘i bildirgisiga asosan
rektorning buyrug‘i bilan bir yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlanishi mumkin.
84. Oliy ta’lim muassasasi talabalari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20
iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari
o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
talablari
asosida
oliy
ta’lim muassasasidan
quyidagi hollarda
chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) o‘quv intizomi va oliy ta’lim muassasasining Odob-axloq kodeksi hamda
ushbu Qoidaini buzganligi uchun;
d) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq
qoldirganligi sababli;
20
e) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi
sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun);
j) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi
aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga
qayta tiklanmaydi);
i) vafot etganligi sababli.
85. Oliy ta’lim muassasasi tashabbusi bilan talabalarni o‘qishdan
chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan
holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi.
SHuningdek, talaba mazkur qoidaning 84-bandining “g” kichik bandiga ko‘ra
chetlashtirilayotgan paytda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich
tashkiloti
bilan ham kelishilishi mumkin.
86. Intizomiy jazoga tortilgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasining
qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
87. Talabaga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma’lumot uning
shaxsiy hujjatlar to‘plamida saqlanadi.
88. Talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilganda unga shaxsiy
hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma beriladi va uning
nusxasi shaxsiy yig‘majildga tikib qo‘yiladi.
89. Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish,
shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.