• Kalit so’zlar
  • Keywords
  • Ключевые слова
  • It sohasini maktab dasturlariga kiritish Rajabova Odina Rahimjon qizi Ilmiy rahbar




    Download 10,37 Kb.
    bet1/2
    Sana14.01.2024
    Hajmi10,37 Kb.
    #137232
      1   2
    Bog'liq
    It sohasini maktab dasturlariga kiritish Rajabova Odina Rahimjon-fayllar.org (1)


    It sohasini maktab dasturlariga kiritish Rajabova Odina Rahimjon qizi Ilmiy rahbar

    IT sohasini maktab dasturlariga kiritish
    Rajabova Odina Rahimjon qizi
    Ilmiy rahbar: Dilmurod Yusupov Tasbaltayevich
    Muhammad Al-Xorazimiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalar universiteti
    Nurafshon filial talabasi Kompyuter injiniring fakulteti
    email: rajabova.03@bk.ru
    ANNOTATSIYA
    Mazkur maqola IT sohasini maktab dasturlariga kiritish chiqqan holda tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada IT sohasini yurtimizda keng targ’ib qilish, IT sohasi haqida, hamda maktab darsliklariga IT sohasini kiritish haqida so’z yuritamiz. [1]
    Kalit so’zlar: IT sohasi, maktab dasturlari, maktab darsliklariga IT sohasini kiritish, IT sohasini rivojlantirish
    Inclusion of IT in school programs
    ABSTRACT
    This article analyzes the inclusion of IT in school programs. In addition, in this article, we will talk about the wide promotion of the IT sector in our country, about the IT sector, and the inclusion of the IT sector in school textbooks. [1]
    Keywords: IT field, school programs, inclusion of IT field in school textbooks, development of IT field
    Включение ИТ в школьные программы
    АННОТАЦИЯ
    В данной статье анализируется включение ИТ в школьные программы. Кроме того, в этой статье мы поговорим о широкой пропаганде ИТ-сектора в нашей стране, об ИТ-сфере, включении ИТ-сферы в школьные учебники. [1]
    Ключевые слова: ИТ-сфера, школьные программы, включение ИТ-сферы в школьные учебники, развитие ИТ-сферы
    KIRISH
    IT- ingliz tilidan olingan «Information Technology» so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, o‘zbek tilida «Axborot texnologiyalari» deb yuritiladi. Shunday bo‘lsa ham, biz bu so‘zni IT ko‘rinishida talaffuz qilamiz va ishlatamiz. IT sohasining takomillashib borishi bizning Mamlakatimizga ham kirib kelishiga sabab bo’ldi. IT sohasi boshqa sohalarga uzviy bo'g'liq bo'lganligi uchun yurtimizda Yurtboshimiz SH.M.Mirziyoyev tomonida IT sohasini rivojlantirishi bu sohada tarmoq ostida faoliyat yuritish muhim va dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Hattoki, Axborot Texnalogiyalarini o’qitish uchun chet el bilan hamkorlikda maxsus universitetlar ham tashkil etilishiga sharoitlar yaratib berilmoqda. Bunga misol qilib Jizzax viloyatida Hindiston bilan hamkorlikda 2021-yili tashkil etilgan “Sambhram” Universiteti misol bo’la oladi, bundan tashqari boshqa hududlarida ham shunday universitetlar, IT Markazlari va IT akademiyasi tashkil qilinishi yaqqol misol bo‘la oladi. O’zbekistonda ham IT sohasini yanada rivojlantirish uchun biz bo’shlang’ich sinflardan boshlab Axborot texnologiyalarini o’rgatish dasturini yanada tezroq amalga oshirmog’imiz kerak. Chunki o’quvchilarni bu sohani qancha erta o’rganishlari, keyinchalik yanada ham ko’proq bu sohaga oid narsalarni o’rganishlariga sabab bo’ladi. Bu bilan birgalikda Davlatimizning rivojlanishiga yanada rivoj qo’shgan bo’ladi. Hozirgi kunda eng ommabop va kelajak kasbi sifatida qaraladigan IT (sun'iy intellekt) sohasini maktablarda informatika fani o'rniga yo’naltrishingizni taklif qilaman. Buning sababi shundaki, mening o'zim ham maktabda informatika darsligini o'qib tugatganman va bu kitob 11 sinf darsligiga qadar zerikarli dizayn va tuzilishdan iborat. Bu esa o'quvchining o'rganishiga salbiy tasir qiladi. IT (Sun'iy intellekt) fanini hozirgi zamon, dunyoqarashga mos ravishda, kreativ dizaynda nashr etish, maktablarda o’quvchilarga mos IT bo’yicha video darsliklarni ko’paytirish, IT sohasida ishlayman deb maqsad qilgan o'quvchilarga keng imkonoyatlar yaratish, nazariydan ko'ra ko'proq amaliy darslarni olib borish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, maktablarda o’quvchilarni IT sohasiga yo’naltirish uchun, maktablarda turli xil tanlovlar tashkillanishi va ushbu tanlovlarda o’quvchilarni rag’batlantirish jarayonlari o’tkazilishi lozim. Bu g'oyani amalga oshirish uchun, eng avvalo eski eskirgan sistematik tuzilmalardan foydalanmaslik, o'quvchiga kelajakda kadr bo'lishi uchun fundamental asos bo'la olishi kerak va IT sohasi (Sun'iy intellekt) fanini amalda tatbiq etish lozim. “Axborot asri”, “Axborot texnologiyalari asri”, “Kompyuter asri” deya nom berilgan asrimiz boshlanganiga ham o’n yildan oshdi. O’tgan davr mobaynida jamiyatning barcha sohalari qatori axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi vositalari shu qadar tez rivojlanib bordiki, uning o’sish sur’atini insoniyat taraqqiyotidagi biror bir yangilikning rivojlanishi bilan solishtirib bo’lmaydi. Aytish mumkinki bugungi kunda yer yuzi aholisining yarmidan ko’prog’i internet tarmog’idan foydalanayotganligi, umuman axborot texnologiyalari foydalanuvchilari soni undan ham ortiqroq ekanligidir. Bugun kundalik hayotning qaysi sohasini olmaylik, unga kompyuter va axborot texnologiyalarining u yoki bu darajadagi ahamiyatini ko’rishimiz mumkin. Axborot texnologiyalarining mustaqil fan sifatida shakllanibgina qolmay, iqtisodiyotning jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan sohasiga aylanganligi, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi jarayonlarni kompyuter yordamida boshqarish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o’rganishga bo’lgan ehtiyojni kun sayin oshirib borayotganligi natijasida bu sohani puxta egallagan, malakali kadrlarni tayyorlash oxir-oqibat butun iqtisodiyotni yuksaltirish bilan chambarchars bog’liq masalaga aylandi. Tabiiyki, bu masalani hal qilishda ta’lim tizimining, ayniqsa, umumta’lim maktablarining o’rni beqiyos. Shu ma’noda, umumta’lim maktablarida axborot texnalogiyalari fani o’qitilishiga, Respublika umumta’lim maktablarini axborotlashtirishga va nihoyat pedagog xodimlarning axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bo’yicha malakalarini oshirish masalasiga hukumat darajasida e’tibor qaratilib, qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Umumiy o’rta ta’limda “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fanining maqsadi – o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlari haqida puxta bilim berishni ta’minlashdan, ularga o’quv hamda keyingi ish faoliyatida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikmasini va malakarini berishdan, shular asosida axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan xissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat. hozirgi kunda maktab o’quv dasturlari va darsliklariga o’zgarishlar kiritilmoqda. Masalan, Basic dasturlash tili o’rniga Pascal dasturlash tili kiritilgan. Hozirgi kunda Pascal dasturlash tili o’rniga Python dasturlash tilidan keng foydalnilmoqda. Shuningdek, ma’lumotlar ombori va taqdimot yaratish dasturlari rejadan butunlay chiqarib yuborildi. Tabiiyki, mavzular bo’yicha soatlar taqsimoti ham shunga mos ravishda o’zgartirildi. Amaldagi o’quv dasturiga ko’ra, 5,6,7-sinflarda yillik 17 soat, 8-sinfda yillik 34 soat, 9-sinfda esa yillik 68 soatlik reja asosida informatika darslari olib boriladi. Jami 153 soatlik o’quv rejasi asosida o’quvchilarga shaxsiy komyuterning arxitekturasi, zamonaviy kompyuter qurilmalari va ulardan foydalanishni, Word, Excel kabi zamonaviy amaliy dasturlarni amalda qo’llash va natija olishni, internet tarmog’idan to’g’ri foydalanishni, axborot xavfsizligi tushunchalarini o’rgatishimiz zarur.
    XULOSA
    Agar siz e'tibor berayotgan bo'lsangiz so'nggi paytlarda yurtimizda dasturchilik sohasiga doir ko'plab ko'zga ko'ringan ajoyib yangiliklar, loyihalar va tanlovlar ishlab chiqilmoqda. Dasturchilik bu "kelajak" kasbi ekanligini deyarli barchamiz bilib oldik. Biz axir axborot texnologiyalari asrida yashab kelmoqdamiz. IT sohasida katta o'zgarishlar bo'lmoqda, asosiy maqsad esa yangi malakali mutaxassislarni yetishtirib chiqarishdir(kelajakda aynan shunday mutaxasislardan biri siz bo'lishingiz mumkin. IT sohasini o’rganish bo’yicha dunyo tan olgan davlat Hindiston Davlati hisoblanadi. U yerda dasturlash tillarini, dasturlashga bo’g’liq bo’lgan ingliz tilini o’rganish birinchi masala hisoblanib kelinadi. Shu bois, hozirda yirik kompaniyalarni boshqarmoqda. Davlatga ko’p tomonlama investitsiya kirib kelishing sabablaridan biri ham bu IT. Bu soha Hindiston Davlatini iqtisodiy tamonlama yuksalishida o‘ni bor. Hozirgi kunda biz dasturlash tillari, hatto algoritmni ham chet el mamlakati IT sohasining rivoji bizning ta’limdan anchagina ilgarilab borayotgani, bu ancha achinarli hol. Lekin ayni paytda har sohada, hatto IT sohasida ham yanada rivojlanishimiz uchun turli xil tadbir hamda o’quvchilarga IT sohasida mukammal kadr bo’lib yetishishi uchun maktab o’quv dasturlariga IT fanini kiritishimiz kerak. Chet eldan eng yaxshi dasturchilar keltirilib, mamlakatimiz kelajagining rivoji uchun sifatli axborotlar va ma’lumotlar almashinimiz lozim. Bu esa yurtimizda IT sohasi bo’yicha yaxshi kadrlar yetishib chiqishga yana bir zamin bo’ladi.

    Download 10,37 Kb.
      1   2




    Download 10,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    It sohasini maktab dasturlariga kiritish Rajabova Odina Rahimjon qizi Ilmiy rahbar

    Download 10,37 Kb.