|
1. Fuqarolarni himoya qilishning asosiy tamoyillari Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida “ogohlantirish” tartibi
|
bet | 1/14 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #145640 |
Bog'liq FUQOROLARNI XAFLI HUDUDDAN XAVFSIZ XUDUDGA KO\'CHIRISHNI TASHKIL ETISH
FUQOROLARNI XAFLI HUDUDDAN XAVFSIZ XUDUDGA KO'CHIRISHNI TASHKIL ETISH
Reja:
1. Fuqarolarni himoya qilishning asosiy tamoyillari 2. Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida “ogohlantirish” tartibi 3. Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar 4. Radiatsion va kimyoviy holatni aniqlash va baholash
5. Fuqarolarni himoya inshoatlarida saqlash va ularga qo‘yiladigan talablar
6. Fuqarolarni xavfsiz xududga evakuatsiya qilish
1. Fuqarolarni himoya qilishning asosiy tamoyillari
Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
davlat organlari, Vazirlik rahbariyati va xalq xo‘jalik ob’ektlarining rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish;;
mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, xalq xo‘jalik tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish;
har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofaa qudratini hisobga olgan holda fuqarolar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish;
fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, rayon, xalq xujalik tarmoqlari) iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.
Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat:
fuqarolarni xavfli vaziyat xususida o‘z vaqtida ogohlantirish
radiatsiyaga va kimyoviy ta’sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari;
himoya inshoatlarida saqlash;
evakuatsiya omillarini o‘tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan, vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki to‘liq uzoqlashtirish); 5) shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish.
|
| |