|
Fuqarolarni himoya inshoatlarida saqlash va ularga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 6/14 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #145640 |
Bog'liq FUQOROLARNI XAFLI HUDUDDAN XAVFSIZ XUDUDGA KO\'CHIRISHNI TASHKIL ETISH5. Fuqarolarni himoya inshoatlarida saqlash va ularga qo‘yiladigan talablar
Himoya inshootlari fuqarolarni tabiiy ofatlar, avariya va xalokat oqibatlaridan, hamda qirg‘in qurollar ta’sir faktorlaridan va ularning ikkilamchi ta’sir faktorlaridan saqlaydigan boshpanalar hisoblanadi.
Himoya inshoatlari quyidagilarga bo‘linadi:
yo‘nalishiga ko‘ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini
joylashtirishiga mo‘ljallangan;
joylashgan o‘rniga ko‘ra; aloxida joylashgan (metropolitenlar va tog‘-kon
qurilishlari);
v) qurilish muddatiga ko‘ra: - oldindan qurilgan va tez quriladigan;
g) himoyalash darajasiga ko‘ra: - boshpana, RSB va oddiy boshpana (ochiq
yoki yopiq erto‘lalar).
Boshpana: boshpana - odamlarni hamma ta’sir faktorlaridan (yuqori harorat, radioaktiv, portlovchi va kuchli zaharli moddalar), inshoatlar buzilganda ularni qismlaridan hamda qirg‘in qurollar va oddiy hujumkor qurollar ta’siridan saqlaydi.
Boshpanalar odamlarni qabul qilish soniga ko‘ra 5 sinfga bo‘linadi:
kichik (150-300 kishi), o‘rtacha (300-600 kishi), katta (600 dan ko‘p) va boshqalar.
Boshpanani qurishda quyidagi talablar qo‘yiladi:
3 sutkadan kam bo‘lmagan muddatda saqlash;
suv bosmaydigan joylarda qurish;
oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan hamda qurilish kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda qurish; 4) chiqish va kirish eshiklarining bo‘lishi.
Boshpana ma’lum jihozlar bilan jihozlanishi shart, jumladan: shamollatgich, sanitar-texnik jihozlar, havodagi zaharli moddalarni, radioaktiv birikmalarni va biologik vositalarni tozalovchi uskunalardan iborat bo‘lishi kerak.
Boshpana asosiy va qo‘shimcha xonalardan tashkil topadi: Asosiy xonalarga - odamlar, boshqaruv tizimlari, tibbiy xizmat tizimlari joylashtiriladi, qo‘shimcha xonalarda jihozlar, asbob-uskunalar, oziq-ovqatlar, suv va boshqa kerakli vositalar joylashtiriladi. Bu boshpananalar juda mustahkam qurilganligi, germetikligi yuqoriligi va sanitar-gigiena sharoiti bo‘lganligidan xalqni bir necha kun davomida betalofat saqlashi mumkin. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saqlanadigan holda bo‘ladi. Turib saqlanadigan boshpanalar ishlab chiqarish, ma’muriy va xalq yashaydigan baland uylarning erto‘lalaridan foydalaniladi. Bunda butun qirg‘in qurollari faktorlaridan saqlovchi qismlar, elementlar o‘rnatilib, boshpanaga qo‘yilgan talablar bajariladi.
Boshpana bir necha bo‘limlardan tashkil topib, har biriga 50-75 odam sig‘ishi kerak. Ular yarusli qilib jihozlanadi va har bir odamga 0,5 m2 joy to‘g‘ri kelishi ko‘zda tutiladt.
Boshpana juda yaxshi germetik ravishda qurilishi, ya’ni devorlari, xona bo‘limlari juda zich qilib ishlanishi zarur. Aks holda tashqaridan radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlovchilar havo bilan birga kirishi mumkin.
Boshpanada kamida ikkita qarama-qarshi tomondan kiradigan eshik va ehtiyot eshigi bo‘lishi kerak. Eshiklar tambur tipida ikki qavatli qilib germetik ravishda yopiladigan bo‘lishi lozim. Eshikni tashqi tomoni juda mustahkam materialdan yasaladi, sababi, u yadro portlaganda chiqadigan to‘lqin zarbidan saqlaydi.
Boshpanalar filtrlaydigan, havo almashtiradigan asbob-uskunalar bilan jihozlanadi. Ularda elektr, aloqa, suv hamda kanalizatsiya va isitish tarmoqlari ham bo‘lishi kerak. Boshpanada dozimetr, kimyoviy razvedka, jixozlari, himoyalovchi vositalar, o‘t o‘chirish qurollari, oziq-ovqatlar, suv zahirasi va doridarmonlar bo‘lishi shart.
Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar bo‘lmaganda tez jihozlanib foydalanadigan boshpanalar quriladi. Bunday boshpanalarni metropolitenlar, er osti yo‘llari, inshoatlarning erto‘lalarini kerakli jihozlar bilan jihozlab tayorlanadi.
|
| |