12-maruza: Kompyuter tarmoqlarida adreslash




Download 0.51 Mb.
Sana29.02.2024
Hajmi0.51 Mb.
#164477
Bog'liq
12-MA\'RUZA
savollar, 10-MA\'RUZA, 9-MA\'RUZA, 8-ma\'ruza, Mavzu Dvigatellar va ularning turlari. Reja, 1-маруза, 1-Амалий машғулот

12-MARUZA: Kompyuter tarmoqlarida adreslash


Kompyuter tarmoqlarida quyidagi adreslardan foydalaniladi: 1.MAC-adres yoki fizik adres (lokal adres, apparat adresi).



  1. IP-adres yoki tarmoq adresi.

  2. Domenlar nomlari asosidagi adreslar (4.1-rasm).



4.1-rasm. Kompyuter tarmog’i adreslari va ularni o’zgartirish.





    1. MAC-adres 16-sistemasida ifodalangan 12 xonali raqamlar ko’rinishida yoziladi.

Masalan: 12-B7-01-56-BA-F5; 00-1B-77-7E-DE-75. MAC-adres
ikkilik sistemasida yozilganda esa, 6 bayt (48 bit) uzunlikka ega bo’ladi. Masalan:


0 0 - 1 B - 7 7 - 7 E - D E - 7 5

0000 0000 - 0001 1011 - 0111 0111 - 0111 1110 - 1101 1110 - 0111 0101





    1. IP-adres esa ko’pincha to‘rtta o‘nlik raqamlar ko’rinishida

yoziladi. Masalan:

213.128.193.154


Ikkilik sistemasida yozilgan IP-adresning uzunligi 4 baytga (32 bitga) teng bo’ladi.


Ushbu IP-adres, IPv4 adresi bo’lib uning qiymati 0.0.0.0 dan 255.255.255.255 gacha o’zgarishi mumkin, ya’ni hammasi bo’lib 232 = 4 294 967 296 ta adres mavjud bo’ladi.




Bu ketma-ketlikda har bir guruh, ma’lum bir maqsadlar uchun foydalaniladi va ular ma’lum bir jihatlarni aniqlashtiradi (4.2-rasm).




4.2-rasm.


4.3-rasmda har bir kompyuterda ko’rish mumkin bo’lgan, kompyuterning MAC va IP adreslari keltirilgan.



4.3-rasm. Kompyuterning MAC, IP adreslari va tarmoq maskasi.


IP-adreslashning sinfli va sinfsiz adreslash deb nomlangan xillari mavjud.


Sinfli adreslash. IP-adresning birinchi bayti yordamida aniqlanadigan, tarmoq sinflarining beshta xili mavjud (4.1; 4.2- jadvallar).
4.1-jadval. IP-adresning sinflari.

4.2-jadval. IP-adresning dastlabki uchta sinflari.



Misollar:
101.2.14.192 – A sinfiga mansub 101 tarmoq osti tarmog’i, undagi kompyuterning adresi 0.2.14.192, kompyuterlarni adreslash uchun 3 bayt ajratilgan, ushbu xildagi tarmoqda kompyuterlarning maksimal soni 16 777 214 taga teng bo’lishi mumkin (ya’ni 224).
150.2.2.1 - B sinfiga mansub 150.2 tarmoq osti tarmog’i, undagi kompyuterning adresi 0.0.2.1, kompyuterlarni adreslash uchun 2 bayt ajratilgan, ushbu xildagi tarmoqda kompyuterlarning maksimal soni 65 534 taga teng bo’lishi mumkin (ya’ni 216).
192.168.2.17 - C sinfiga mansub 192.168.2 tarmoq osti tarmog’i, undagi kompyuterning adresi 0.0.0.17, kompyuterlarni adreslash uchun 1 bayt ajratilgan, ushbu xildagi tarmoqda kompyuterlarning maksimal soni 254 taga teng bo’lishi mumkin (ya’ni 28) [0 va 255 adreslar ishlatilmaydi].
Sinfsiz adreslash. Bunda 32 bitli IP-adres bilan parallel ravishda 32 bitli tarmoq osti tarmog‘ining maskasi ham qo’llaniladi. Maska ham nuqtalar bilan ajratilgan to’rtta o’nlik raqamlardan iborat bo’ladi. Maskani ikkilik raqamlar ko’rinishida ifodalanganda, uning tarmoq adresini ko’rsatuvchi qismida 1 raqamlari, kompyuter (server) adresini ko’rsatuvchi qismida esa 0 raqamlari yozilgan bo’ladi.
Quyidagi yozuvlarda tarmoq osti tarmog’i maskasini qanday qo’llanilishi ko’rsatilgan.
Masalan: 129.64.134.5 raqamli IP-adres va 255.255.128.0 maska berilgan bo’lsa,

10000001.01000000.10000110.00000101 - IP-adres


AND 11111111.11111111.10000000.00000000 - maska

Tarmoq osti tarmog’ining adresi – 10000001 01000000 10000000


- 129.64.128.0, undagi kompyuterning adresi esa 0.0.00000110. 00000101 - 0.0.6.5 bo’ladi.
129.64.134.5 - raqamli IP-adres va 255.255.255.0 - maska berilgan bo’lsa,

10000001.01000000.10000110.00000101 - IP-adres


AND 11111111.11111111.11111111.00000000 - maska
Tarmoq osti tarmog’ining adresi – 10000001 01000000 10000110

  • 129.64.134.0, undagi kompyuterning adresi esa – 0.0.0.0000101 -

0.0.0.5 bo’ladi.

    1. Domenlar nomlari asosidagi adreslar. Domenlar nomlari asosidagi adreslashda qo’llanilgan nomlar ixtiyoriy sondagi tashkil etuvchilardan iborat bo’lishi mumkin bo’ladi. Bu – nomlarning domen tizimi deb ataladi va ierarxik daraxt shakliga ega tuzilishda bo’ladi (4.4- rasm).

4.4-rasm. Domenlar nomlari asosidagi adreslar.
Download 0.51 Mb.




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-maruza: Kompyuter tarmoqlarida adreslash

Download 0.51 Mb.