8- mavzu: Lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.02.2024
Hajmi0.94 Mb.
#164605
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma\'ruza
savollar, 12-MA\'RUZA, 10-MA\'RUZA, 9-MA\'RUZA, Mavzu Dvigatellar va ularning turlari. Reja, 1-маруза, 1-Амалий машғулот


8- mavzu:Lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ega lokal kompyuter 
tarmoqlari texnologiyalari deganda 1980 yillarda ishlab chiqarilgan - 
Ethernet, Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari 
tushuniladi. Ular tipik topologiyalar hisoblangan - umumiy shina, 
yulduz yoki halqa topologiyalari asosida qurilgan edi. Ushbu 
texnologiyalar kompyuter tarmoqlari qo’llanila boshlagan dastlabki 
yillarda ancha keng ishlatilgan. Keyinchalik esa, asosan Ethernet 
texnologiyasi mansub kompyuter tarmoqlari standartlari ko’plab ishlab 
chiqarilgan va amaliyotda ham keng qo’llanila boshlagan. Birgalikda 
foydalaniladigan muhitdan, na faqat yuqorida sanab o’tilgan lokal 
tarmoq texnologiyalari, balki hozirda ishlab chiqarilayotgan va 
qo’llanilayotgan, simsiz lokal tarmoqlarda va telekommunikatsion 
tarmoqlarda ham foydalanib kelinmoqda.
Fast Ethernet va Gigabit Ethernet texnologiyalarining dastlabki 
vakili bo’lgan Ethernet texnologiyasining standartlari ko’rib chiqamiz. 
Bunga sabab ancha yuqori tezliklarda ishlaydigan, keyinchalik 
ishlab chiqilgan Fast Ethernet va Gigabit Ethernet texnologiyalariga, 
aynan Ethernet texnologiyasi standartlarining tuzilishlari va uning 
ishlash algoritmlari asos qilib olinganligidir. Ethernet texnologiyasi 
standartlarida, 
ma’lumot 
almashinish 
jarayoni 
birgalikda 
foydalaniladigan muhit asosida amalga oshirilgan. Ethernet 
texnologiyasida ma’lumotlarni uzatish muhitiga ulanish uchun - 
CSMA/CD (Carrier Sense Multiple Access with Collision Detection) 
tashuvchi signalni anglay va to’qnashuvlarni aniqlay oladigan jamoa 
bo’lib ulanish usuli, ya’ni ma’lumotlarni uzatish muhitidan birgalikda 
foydalanish usuli qo„llanilgan. 
Ethernet texnologiyasi tarkibida to’rtta standart mavjud bo’lib, 
ular quyidagicha belgilab qo’yilgan: 
1.10Base-5 
standarti; 
2.10Base-2 
standarti; 
3.10Base-T 
standarti; 
4.10Base-F 
standarti. 
Yuqoridagi yozuvlarda keltirilgan 10 raqami, Ethernet 


texnologiyasiga mansub kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlarni 
uzatish tezligini bildiradi, bu tezlik 10 Mbit/sekundga tengdir. 
Yozuvlardagi 5, 2 raqamlari va T, F harflari esa, ularda qo’llanilgan 
ma’lumotlarni uzatish muhiti, ya’ni kabelning turini ko’rsatadi. 
Ethernet texnologiyasi standartlariga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni va 
ularning qanday tuzilganliklarini alohida-alohida ko’rib chiqamiz. 
1.10Base-5 standarti. Bu standart Xerox firmasi tomonidan 
ishlab chiqarilgan tarmoq bo’lib uni - klassik Ethernet yoki asosiy 
Ethernet tarmog’i deb atalgan. 10Base-5 standartida ma’lumotlarni 
uzatish muhiti sifatida 50 Om to’lqin qarshiligiga ega bo’lgan koaksial 
kabel ishlatilgan (3.1. a) - rasm). 
a) 
b) 
3.1-rasm. Koaksial kabellarning xillari. 
Ushbu kabelning markazidan o’tgan mis simning diametri 2,17 
mm-ga teng bo’lgan. RG-8 va RG-11 kabellari ana shunday 
ko’rsatgichlarga ega kabellar hisoblanadi. Bu standartni «yo‘g‘on 
Ethernet» ham deb atalgan. Kabelining tashqi diametri 10 mm- ga 
teng edi. Bu kabel barcha stansiyalar, ya’ni kompyuterlar uchun 
monokanal (yagonakanal) sifatida ishlatilgan, ya’ni ushbu standart - 
umumiy shina topologiyasiga ega bo’lgan. 10Base-5 standartida «5-4-
3 qoidasiga» amal qilish kerak bo’lgan. Bu ko’pi bilan 5-ta segment, 4-
ta takrorlovchi va kompyuterlar ulanishi mumkin bo’lgan 3-ta 
segmentning mavjud bo’la olishini anglatadi. 3.2-rasmda 10Base-5 
standartiga o’xshash bo’lgan, umumiy shina topologiyasi asosida 
qurilgan 10Base-2 tarmog’ining bitta segmenti ko’rsatilgan. 10Base-5 
standartida har bir segmentining uzunligi ko’pi bilan 500m gacha 


bo’lgan. Ularning oxirlarida 50 Om qarshilikka ega bo’lgan 
terminatorlar ulangan. 
2.10Base-2 standarti. 10Base-2 standarti ham - umumiy shina 
topologiyasiga ega bo’lib, unda axborotni uzatish muhiti sifatida 
markazidan diametri 0,89 mm bo’lgan mis sim o’tgan, tashqi diametri 
esa 5mm bo’lgan ingichka koaksial kabeldan foydalanilgan (3.1. b)- 
rasm). Bu standart - «ingichka» Ethernet deb atalganKabelning to’lqin 
qarshiligi 50 Om-ga teng. RG-58/U, RG-58 A/U va RG-58 C/U 
kabellari ana shunday ko’rsatgichlarga ega kabellar hisoblanadi. 
10Base- 
2 standartida bitta segmentning uzunligi ko’pi bilan 185m bo’lishi 
mumkin. Segmentning ikki tomonida, ya’ni oxirlarida 50 Om 
qarshilikka ega bo’lgan terminatorlar ulangan bo„lishi kerak. 10Base-
2 standartida takrorlovchilarni ishlatib tarmoqning uzunligini oshirish 
imkoniyati bo’lgan. Bunda ham 10Base-5 standartidagi kabi, «5-4-3 
qoidasiga» amal qilish kerak bo’lgan. Tarmoqning maksimal uzunligi 
5x185 = 925m-ni tashkil qilgan. Bitta segmentdan iborat bo’lgan 
10Base-2 tarmog’ining ko’rinishi 3.2-rasmda keltirilgan. 
3.2-rasm. 10Base-2 standarti tarmog’i. 
3.10Base-T standarti. 10Base-T tarmog’ida ma’lumotlarni uzatish 
muhiti sifatida ekranlanmagan o‘ralma juftlik (Unshielded Twisted 
Pair, UTP) kabeli ishlatilgan. 3-inchi kategoriyali ko’p juftli (2 ta, 4 ta 
juftli) UTP kabeli telefon appratlarini ulash uchun ham ishlatilgan. 
Shuning uchun ularni Voice Grade, ya’ni tovushni uzatish kabeli ham 
deb ataladi (3.3-rasm). 


3.3-rasm. Ekranlanmagan o„ralma juftlik kabeli. 
Bunda o’ralma juftlikning bittasi, kompyuterdan konsentratorga 
ma’lumotlarni uzatish uchun (T
x
), ikkinchisi esa konsentratordan 
kompyuterga ma’lumotlarni uzatish uchun (R
x
) ishlatilgan (3.4-
rasm). Bu kabelning uzunligi ko’pi bilan 100m bo’lishi mumkin. 
10Base-T standartida «4-tagacha konsentratorlar» qoidasi amal 
qiladi. Shunga asosan tarmoqning uzunligi ko’pi bilan 500m-ni tashkil 
qiladi. Ya’ni 5-ta segment har biri 100m-dan bo’lganda tarmoqning 
diametri 500m bo’ladi (3.5-rasm). Tarmoqqa ko’pi bilan 1024-ta 
kompyuter ulashga ruxsat beriladi. Bunga konsentratorlarni ikki sathli 
ierarxik ko’rinishda ulash bilan erishish mumkin bo’ladi. 
4.10Base-F standarti. 10Base-F standartida ma’lumotlarni 
uzatish muhiti sifatida o’tkazish qobiliyati 500-800 MGs bo’lgan, 
uzunligi esa 1 km-gacha etkazilishi mumkin bo’lgan, nisbatan arzon 
hisoblangan optik tolali kabel ishlatilgan (3.6-rasm). Bu standartning 
tuzilish chizmasi 10Base-T standartining chizmasi bilan bir xil bo’lgan 
(3.4; 3.5- rasmlardagidek). Bunda ham, tarmoq adapterini konsentrator 
bilan ulash uchun ikkita kabel (optik tolali kabellar) ishlatilgan, ya’ni 
adapterning T
x
chiqishi, konsentratorning R
x
kirishi bilan, va 
adapterning R
x
kirishi esa konsentratorning T
x
chiqishi bilan ulangan. 
10Base-F standartining uch xil varianti mavjud: 
a) 
FOIRL (Fiber Optic Inter-Repeater Link) standarti - bu 
variantda konsentratorlar orasidagi masofa ko„pi bilan 1 km, 
tarmoqning umumiy uzunligi, ya’ni diametri esa 2500m bo„lishi 
mumkin. Ixtiyoriy olingan stansiyalar orasida 4-tagacha konsentratorlar 
ulanishi mumkin, ya’ni «4-tagacha xablar» qoidasi amal qilishi kerak 
bo’lgan. 


3.4- rasm. 10Base-T standarti tarmog’i: T
x
- uzatuvchi; R
x

qabul 
qiluvchi. 
3.5- rasm. Ethernet konsentratorlarini ierarxik tarzda ulash. 


3.6-rasm. Optik tolali kabel. 
b) 
10Base-FL standarti – bu xil tarmoqlarning FOIRL standarti 
tarmoqlaridan farqi shuki, kompyuter bilan konsentrator orasidagi 
(konsentrator bilan konsentrator orasidagi) masofa ko„pi bilan 2 km 
gacha bo„lishligidir. 
c) 
10Base-FB standarti - bu standart esa, konsentratorlarni ulash 
uchun ishlatilgan. Kompyuterlar undan foydalana olmaydi. Bunda bitta 
segmentning uzunligi 2 km-gacha bo’lishi, segmentlar soni esa 6- 
tagacha bo’lishi (ya’ni 5-tagacha konsentratorlar ulanishi) mumkin, 
hamda tarmoqning umumiy uzunligi 2740m bo„lishi mumkin. 

Download 0.94 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



8- mavzu: Lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari

Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish