Simsiz lokal tarmoqlar - Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana29.02.2024
Hajmi0.94 Mb.
#164605
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma\'ruza
savollar, 12-MA\'RUZA, 10-MA\'RUZA, 9-MA\'RUZA, Mavzu Dvigatellar va ularning turlari. Reja, 1-маруза, 1-Амалий машғулот
Simsiz lokal tarmoqlar - Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari 
 
Wi-Fi texnologiyasi. Hozirgi paytga kelib simsiz lokal 
tarmoqlar, simli lokal tarmoqlarga qo‘shimcha lokal tarmoqlar sifatida 
qaralmoqda. Boshqacha qilib aytganda simsiz lokal tarmoqlar simli, 
ya’ni kabelli lokal tarmoqlar bilan raqobatlashuvchi tarmoqlar emas. 
Simsiz lokal tarmoqlarning ko’pgina afzal tomonlarini yaqqol 
ko„rish mumkin. Ularni o’rnatish va modifikatsiyalash, ya’ni yangilab 
turish juda ham oson, bunda katta-katta hajmli kabellarga va ularni 
ulash uchun zarur bo’lgan qurilmalarga extiyoj bo’lmaydi. Simsiz 
tarmoqlarning yana bir afzalligi, unda foydalanuvchilarning ko’chib 
yurish imkoniyatining (rus tilida - мобильность) borligidir. 
Ammo simsiz lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan axborot uzatish 
muhiti, ya’ni simsiz muhit holatining turg’un emasligi, va u ishlashi 
davomida o’zini qanday tutishi noma’lum ekanligi kabi muommolarga 
ega. 
Wi-Fi texnologiyasining - ya’ni IEEE 802.11 standartining 
protokollari steki ham 802 komitet standartlarining umumiy tuzilishiga 
mos keladi, ya’ni u ham – fizik sath, MAC sathi, hamda ulardan 
yuqorroqda joylashgan LLC sathlaridan iborat. IEEE 802.11 
protokollari stekining tuzilishi 3.10-rasmda keltirilgan. 
Fizik sathda spetsifikatsiyalarning bir necha variantlari mavjud. 
Ular - foydalanadigan chastotalar diapazoni, kodlash usullari, hamda 
ma’lumotlarni uzatish tezliklari bilan bir-biridan farqlanadilar. Bu 
standartning, ya’ni WiFi ning - hozirda ko’p foydalanilayotgan 


quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud: 
1. 802.11a spetsifikatsiyasi – unda chastotaning nisbatan yuqori 
diapazoni 5 GGs qo’llanilishi hisobiga ma’lumotlar uzatish tezligi 
oshirilgan. Bu spetsifikatsiyada ma’lumotlarni uzatishda - chastotali 
multiplekslashning 
ortogonal 
usuli, 
OFDM-dan 
(Orthogonal 
Frequency Division Multiplexing) foydalanilgan. 
2.802.11b spetsifikatsiyasida esa, 2,4 GGs diapazonidan 
foydalanilgan. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/s-ga etkazilgan. 
Bu komplementar kodlardan foydalangan holda kodlash texnikasi 
CCK-dan (Complementary Code Keying) foydalanuvchi DSSS (Direct 
Sequence Spread Spectrum) to‘g‘ri ketma-ketlik asosida spektrni 
kengaytirish usulini qo„llash hisobiga amalga oshirilgan. 
3.10-rasm. IEEE 802.11 standarti protokollari steki. 
3. 802.11g spetsifikatsiyasida 2,4 GGs diapazonda ishlovchi 
OFDM usulini qo’llanilishi hisobiga 54 Mbit/s tezlikka erishilgan. 
MAC sathi simsiz lokal tarmoqlarda, simli lokal tarmoqlardagiga 
nisbatan ko’proq vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
1. 
Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanish. 
2. 
Bir nechta bazaviy (asosiy) stansiyalar mavjud bo’lganda, 
foydalanuvchilarni ko„chib yura olishini ta’minlash. 
3. 
Simli lokal tarmoqlardagi kabi xavfsizlikni ta’minlash. 
802.11 standarti simsiz lokal tarmoqlarining ikki xil topologiyasi 
mavjud: 


1. 
BSS – bazaviy yoki asosiy xizmatlar to‘plami ko‘rsatiladigan 
tarmoq (Basic Servis Set). Bu tarmoqda bazaviy stansiya, barcha 
foydalanuvchilar uchun mo„ljallangan stansiya (ulanish nuqtasi, 
antenna yoki kommutator) bo„lmaydi. Foydalanuvchilar, ya’ni 
tarmoqdagi kompyuterlar – o’zlarida o„rnatilgan simsiz tarmoq 
adapterlari yordamida, o’zaro bevosita axborot almashinadilar (3.11-
rasm). BSS tarmog’iga kirish uchun - tarmoqqa ulanish muolajasini 
bajarish kerak. 
3.11-rasm. BSS topologiyali tarmoqlar. 
STA
1
, STA
2
– stansiyalar (kompyuterlar, ya’ni foydalanuvchilar 
serverlar, kommutatorlar yoki marshrutizatorlar).ESS – kengaytirilgan 
(qo‘shimcha) xizmatlar to‘plami qo‘rsatadigan tarmoq (Extended 
Servis Set – ESS). Bu tarmoq taqsimlangan muhit bilan birlashtirilgan 
bir nechta BSS tarmoqlardan iborat bo’ladi (3.12-rasm). 
3.12-rasm. ESS topologiyali tarmoqlar. 
AP (Access Point) – ulanish nuqtasi. 


DS (Distribution System) – taqsimlangan tizim. 
DSS (Distribution System Service) – taqsimlangan tizim xizmati. 
Simsiz lokal tarmoqda kompyuterlar (tarmoq foydalanuvchilari) 
va 
stansiyalar 
(serverlar, 
kommutatorlar, 
marshrutizatorlar) 
ma’lumotlarni uzatishda birgalikda foydalaniladigan muhitdan 
quyidagicha foydalanishlari mumkin: 
1.Bitta BSS tarmoq chegarasida o„zaro axborot almashinish 
bilan. 2.Bitta BSS tarmoq chegarasida ulanish nuqtasi – AP 
orqali 
axborot almashinish bilan. 
3. 
Boshqa-boshqa BSS tarmoq o„rtasida ikkita ulanish nuqtalari 
AP
1
va AP
2
orqali, hamda taqsimlangan tizim DS orqali axborot 
almashinish bilan. 
4. 
BSS tarmoq bilan, simli lokal tarmoq o„rtasida ulanish 
nuqtasi AP orqali axborot almashinish bilan. 

Download 0.94 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Simsiz lokal tarmoqlar - Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari

Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish