• Bajardi: 2104 Qodirov Zafar Qabul qildi: Hamiyev A.T
  • Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injiniringi




    Download 188.35 Kb.
    Sana23.03.2024
    Hajmi188.35 Kb.
    #175601
    Bog'liq
    KT 1
    rasmlar, download-1, rus tili kitob, 333f5dff16c83bd55aa89f6f62099074, ХАТЛОВГА ҚЎЛЛАНМА, 36f6dd1d63d4cc91d8693f9a56fcb485-1, 4-mustaqil ish mavzulari, KA1, KA 2, KA 1

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    SAMARQAND FILIALI


    KOMPYUTER INJINIRINGI
    FAKULTETI
    Kompyuter tarmoqlari fanidan
    MUSTAQIL ISH -1


    Mavzu: Amaliy sath protokollari
    Bajardi: 2104 Qodirov Zafar
    Qabul qildi: Hamiyev A.T

    SAMARQAND – 2024


    Amaliy sath (Application layer) – bu shunday protokollar to’plamiki, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilarini tarmoq resurslariga murojaat qilish imkoniyatlari ta‟minlanadi, bular – fayllar, printerlar yoki gipermatnli Web-sahifilar, hamda elektron pochta 112 xizmati. Bu sathda juda ko’p xildagi xizmat ko’rsatish turlari mavjud. Fayl xizmatining amalga oshirilgan keng tarqalgan xillari quyidagilardir: Novell NetWare operatsion tizimining NCP xizmati, Microsoft Windows NTdagi SMB xizmati va TCP/IP stekiga kiruvchi NFS, FTP va TFTP xizmatlari. Amaliy sath protokollari - xostlarda amalga oshiriladi. Xost deganda, Internetdagi oxirgi bog’lam, ya‟ni foydalanuvchining kompyuteri tushuniladi. II. Transport sathi. TCP/IP stekining ushbu sathi, o’zidan yuqorida joylashgan sathga ikki xil turdagi xizmatni ko„rsatishi mumkin: 1.Ma‟lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli – TCP (Transmission Control Protocol) yordamida malumotlarni manziliga etkazilishi kafolatlangan xizmatni ta‟minlash. 2.Foydalanuvchilarning deytagrammalari protokoli – UDP (User Datagram Protocol) yordamida ma‟lumotlarni uzatishni imkon darajasidagi xizmatni ta‟minlash. Ma‟lumotlarni ishonchli etkazib berilishini ta‟minlash uchun, TCP protokoli o„z ishini - mantiqiy bog„lanishni o„rnatish choralarini ko„rish bilan amalga oshiradi. Protokol ishini bunday tashkil qilinishi quyidagi imkoniyatlarni beradi: - paketlarni raqamlash; - ularni manziliga etib borganligini kvitansiyalar bilan tasdiqlash; - yo„lda paketlarni yo„qolib qolish holatlari sodir bo„lsa, ularni qayta uzatilishini tashkil qilish; - bir necha marta, ya‟ni takror-takror uzatilib qolgan paketlarni aniqlash (topish) va ularni yo„q qilib tashlash; - amaliy sathga paketlarni, uzatilgan ketma-ketlikda etkazib berish. TCP protokoli ma‟lumotlar almashinayotgan kompyuterlar o„rtasida dupleks rejimini ta‟minlab beradi. Bu protokol - tarmoqlardan iborat tarmoq tarkibidagi, ya‟ni Internetda bir kompyuterda hosil qilingan baytlar oqimini, xatolarsiz boshqa bir kompyuterga etkazish imkonini beradi. TCP protokoli baytlar oqimini qismlarga, ya‟ni paketlarga bo„ladi va o„zidan pastda joylashgan tarmoqlararo o„zaro ishlash sathiga, ya‟ni tarmoq sathiga uzatib beradi. Tarmoq sathi orqali ma‟lumotlar o„z manziliga etkazib berilgandan so„ng, TCP protokoli ularni uzluksiz baytlar oqimiga qayta yig„ib beradi. Transport sathining ikkinchi protokoli UDP - oddiy deytagrammali protokol bo„lib, unda - ma‟lumotlarni ishonchli almashinish masalasi umuman qo„yilmagan, yoki ishonchlilik masalasi yuqori sath vositalari yoki foydalanuvchilarning ilovalari tomonidan hal qilinadigan hollarda foydalaniladi. TCP va UDP protokollari vazifalari qatoriga transport sathiga qo„shni bo„lgan amaliy va tarmoq sathlari o„rtasida bog„lovchi bo„linma 125 rolini bajarish vazifasi ham kiradi. Transport sathi, amaliy protokoldan ma‟lumotlarni u yoki bu sifat bilan uzatish topshirg„iini oladi, topshiriqni bajargandan so„ng esa unga bu hakida hisobot beradi. TCP va UDP protokollari, ulardan pastroqda joylashgan tarmoq sathiga, tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq orqali ma‟lumotlarni erkin uzata oladigan, ammo unchalik ishonchli bo„lmagan vosita sifatida qaraydi. TCP va UDP protokollarini amalga oshiradigan dasturiy modullar, amaliy sath protokollari modullari kabi xostlarda o„rnatilgan bo„ladi. III. Tarmoq sathi yoki internet sathi deb ham ataladigan sath – TCP/IP arxitekturasining asosi yoki asosiy bo„g„ini hisoblanadi (6.2- rasm). TCP/IP stekining aynan shu sathi vazifasi OSI modelining tarmoq sathi vazifalariga mos keladi. Tarmoq sathi ko„p sonli tarmoqlarni birlashtirish natijasida hosil qilingan, tarmoqlardan iborat tarmoq, ya‟ni Internet chegarasida paketlarni harakatlantirishni ta‟minlab beradi.


    IV.Tarmoqlarning interfeyslari sathi. TCP/IP protokollari stekining, boshqa steklarning ko„p sathli tashkil kilinishdan g„oyaviy jihatdan farqli joyi shuki, unda quyi sath hisoblangan tarmoqlar interfeyslari sathining vazifalarini talqin qilinishining boshqachaligidir. OSI modelining quyi sathlari hisoblangan kanal va fizik sathlari - ma‟lumotlarni uzatish muhitiga ulanish, kadrlarni shakllantirish, elektr signallari sathlarini moslashtirish, kodlash, sinxronlash va shu kabi 126 boshqa vazifalarni amalga oshiradilar. Keltirilgan vazifalar - Ethernet, Token Ring, PPP, HDLS va boshka ko„pgina ma‟lumotlarni almashinish protokollarining mohiyatini tashkil qiladi. TCP/IP steki quyi sathining vazifasi esa, anchagina oson bo„lib u tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq tarkibiga kirgan har qanday texnologiyali tarmoqlarning o„zaro ishlashini tashkil qilishga javob beradi. TCP/IP protokollari steki - tarmoqlardan iborat tarmoq tarkibiga kirgan har qanday tarmoqni, paketlarni harakatlanish yo„li davomida keladigan keyingi marshurtrizatorgacha etkazib berish vositasi sifatida qaraydi. TCP/IP tarmog‘i texnologiyasi, ya’ni Internet tarmog‘i texnologiyasi bilan, boshqa har qanday oraliq tarmoq texnologiyasi - LAN, WAN, MAN, PAN-lar o„rtasida interfeycni ta‟minlash masalasini, soddalashtirib quyidagicha ifodalash mumkin: - IP paketni, qanday kilib, oraliq tarmoqning ma‟lumotlarni uzatish birligiga, ya‟ni uning protokollarida qo„llaniladigan ma‟lumotlar bo„lagi PDU-ga qanday qilib joylashtirish yo„lini topish; - tarmoq adreslarini, oraliq tarmoq texnologiyasi adresiga o„zgartirish yo„lini topish. Bunday yondoshish, ma‟lumotlarni uzatishga qanday ichki texnologiyadan foydalanishdan qatiy nazar, tarmoqlardan iborat tarmoq bo„lgan TCP/IP tarmog„ini, uning tarkibiga har qanday tarmoqni qo„shish (ulash) uchun ochiq qilib qo„yadi. Bunda har bir yangi texnologiya uchun, ya‟ni TCP/IP tarmog„i tarkibiga ulanayotgan tarmoqda, o„zining xususiy interfeysi vositalarini ishlab chiqilishi kerak bo„ladi. Demak bu sathni avvaldan aniq qilib ishlab qo„yish mumkin emas. TCP/IP protokollari stekida tarmoqlar interfeyslari sathi chegaralab qo„yilmaydi. U barcha ko„p tarqalgan texnologiyalar bilan ishlay oladi. Lokal tarmoqlar uchun, ya‟ni LAN-lar uchun, bu Enthernet, FDDI, Fast Enthernet, Gigabit Ethernet texnologiyalari, global tarmoqlar uchun, ya‟ni WAN-lar uchun esa bu ikki nuqtali ulanish protokollari SLIP va PPP, hamda Frame Relay va ATM texnologiyalaridir. Odatda yangi lokal yoki global tarmoq texnologiyasi paydo bo„lsa, IP paketlarni, uning kadrlariga inkapsulatsiya qilish, ya‟ni joylashtirish usuli aniqlangach, RFC xujjatlarini ishlab chiqish yo„li bilan, TCP/IP protokollari steki tarkibiga tezda qo„shib qo„yiladi. Masalan RFC 1577 1994 yili ishlab chiqilgan, IP protokolni aniqlovchi spetsifikatsiya hisoblanadi.


    Ushbu protokollar transport sathidan 135 pastda joylashgan tarmoq sathining IP-paketlariga o„zlarining PDUlarini joylashtirish bilan, bu sathlar o„rtasida interfeysni ta‟minlab beradilar. UDP va TCP protokollari, amaliy sath protokollari hisoblangan - FTP, TFTP Telnet, SMTP, HTTP, ... protokollari kabi xostlarda o„rnatilgan bo„ladi. Turli amaliy xizmatlar - FTP, TFTP, Telnet, SMTP, HTTP, ... lardan kelib tushadigan ma‟lumotlarni qabul qilib olish muolajasi – multiplekslash deb ataladi. Aksincha tarmoq sathi orqali kelib tushgan paketlarni UDP va TCP protokollari orqali amaliy sath xizmatlariga taqsimlash esa – demultiplekslash deb ataladi (6.7-rasm). Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda – portlar tushunchasidan foydalaniladi. Amaliy sathning keng tarqalgan har bir xizmati o„zining portiga ega FTP - 21, DNS - 53, Telnet - 33 va xokazo. Kompyuterdan chiqib ketayotgan va kompyuterga kelayotgan ma’lumotlar ana shu portlar orqali o‘tadi. Portlarning raqamlari 0 dan 1023 gacha bo‘lishi mumkin.
    ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1.A.Tanenbaum. Computer Networks, Fourth Edition. Publisher; Prentice Hall, 2011. 2.Олифер В.Г., Олифер Н.А. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. Учебник. - СПб. Питер. 2016 г. 3.Musaev M.M. “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari”. Toshkent.: “Aloqachi” nashriyoti, 2013 yil. 394 bet. – Oliy o„quv yurtlari uchun qo„llanma. 4.Ватаманюк А. Создание, обслуживание и администрирование сетей. СПб. Питер. 2010 – 282 с. 5.Гук М. Энциклопедия. Аппаратные средства локальных сетей. - СПб.: Питер, 2002. -576 с. 6.Велихов А.В. и др. Компьютерные сети. Учебное пособие по администрированию локальных и объедененных сетей. 3-е изд. доп. и исп. - М.: Нов. Изд. дом. 2005 г.304 с. 7.Бройдо В.Л. Архитектура ЭВМ и систем. Учебник для вузов.- СПб. Питер. 2009.- 720 с. 8.Цилькер Б.Я., Орлов С.А. Организация ЭВМ и систем. Учебник для вузов.– СПб. Питер.2004. -668. 9.Бройдо В.Л. "Вычислительные системы, сети и телекоммуникации" - СПб.:Питер. 2003. 10.Олифер В.Г., Олифер Н.А. Сетевые операционные системы. - СПб. Питер. 2006 г.

    internet saytlari.


    1. www.intuit.ru 2. http://tuitfiles 3. http://www.kgtu.runnet.ru 4. http://www.piter.com 5. http:// www.ciscopress.ru 6. http:// www.williamspublishing.com
    Download 188.35 Kb.




    Download 188.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injiniringi

    Download 188.35 Kb.