Fast Ethernet texnologiyasi




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.02.2024
Hajmi0.94 Mb.
#164605
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma\'ruza
savollar, 12-MA\'RUZA, 10-MA\'RUZA, 9-MA\'RUZA, Mavzu Dvigatellar va ularning turlari. Reja, 1-маруза, 1-Амалий машғулот
Fast Ethernet texnologiyasi 
 
1992 yili tarmoq qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 
Ethernet texnologiyasini rivojlantirish maqsadida ikki yo„nalishni 
tanlagan ikkita guruhga birlashdilar. Birinchi guruh SynOptics, 3Com 
va boshqa kompaniyalardan iborat bo’lib, ular avvalgi Ethernet 
texnologiyasi xususiyatlarini saqlab qolgan holda yangi texnologiyani 
yaratishni maqsad qilib qo’ydilar, bu guruhning nomi Fast Ethernet 
Alliance edi. 
Ikkinchi guruh, Hewlett-Packard va AT&T kompaniyalari 
boshchiligida tuzilib, ular o„z oldilariga avvalgi Ethernet tarmoqlari 
kamchiliklarini yo„qotishni maqsad qilib qo’ydilar. 
Fast Ethernet tarmoqlarida koaksial kabel ishlatilmaydi, shuning 
uchun ularning tuzilishi - har doim kommutatorlar va konsentratorlar 
asosida qurilgan ierarxik yulduz topologiyasiga ega bo’ladi (3.7-
rasm). 
Fast Ethernet tarmoqlari konfiguratsiyasining avvalgi - 10Base-
T va 10Base-F kabi standartlaridan farqli joyi shuki, bunda 
konsentratorlar asosida qurilgan tarmoqning diametri, ko„pi bilan 
200m (250m) bo’lishi mumkin. Shuning hisobiga, bu standartda 
kadrni uzatish vaqti 10 baravar kichraygan, ya’ni axborot uzatish 


tezligi 100 Mbit/sek-ga etkazilgan. 
3.7-rasm. Ierarxik yulduz topologiyasi. 
Fast Ethernet texnologiyasi asosida qurilgan tarmoqlarning 
umumiy uzunligini - kommutatorlardan foydalangan holda oshirish 
imkoniyati mavjud. Bunda fizik segmentlarning uzunligi uchun 
belgilangan chegaralar buzilmasligi kerak. Shuning uchun katta 
uzunlikka ega bo’lgan magistral lokal kompyuter tarmoqlarini qurishda 
Fast Ethernet texnologiyasidan bemalol foydalanish mumkin bo’ladi. 
Bunda tarmoqni ishlashi - to‘liq dupleks rejimda amalga oshirilishi 
kerak bo’ladi. 
802.3u standartiga asosan - Fast Ethernet tarmog’i uchun fizik 
sathining uch xil spetsifikatsiyasi ishlab chiqilgan (3.8-rasm): 
1. 100Base-TX - beshinchi kategoriyali ikkita juftli (to„rtta simli) 
ekranlanmagan o„ralma juftlik (UTP) yoki Type 1-li ekranlangan 
o„ralma juftlik (STP) kabeli uchun. 
2. 100Base-T4 - uchinchi, to„rtinchi yoki beshinchi kategoriyali 
to„rtta juftli (sakkizta simli) ekranlanmagan o„ralma juftlik (UTP) 
kabeli uchun. 
3. 100Base- FX - ikkita tolali optik kabel uchun. 


Bu spetsifikatsiyalarning fizik sathi tarkibiga uchta element kiritilgan: 
- moslashtirish sathi (Reconciliation sublayer); 
- uzatish muhitiga bog„liq bo’lmagan interfeys (Media Independent 
Interface, MII); 
- fizik sath qurilmasi (Physical layer device, PHY). 
MII ulagichi 40 ta ulanish nuqtalariga ega. Uning maksimal 
uzunligi 1m. MII interfeysi orqali uzatiladigan signallar amplitudasi 
5V- ga teng. 
Fast Ethernet texnologiyasida ham, boshqa koaksial kabel 
ishlatilmagan Ethernet tarmoqlari variantlari kabi, bog„lanishlar 
konsentratorlar yordamida amalga oshirilganda, qurilgan tarmoqni 
to„g„ri ishlashini ta’minlash uchun bu texnologiyada quyidagi 
qoidalarni hisobga olish kerak bo’ladi: 
- DTE-larni (Data Terminal Equipment - ma’lumotlar hosil 
qilinadigan eng chekka qurilma, ya’ni kompyuterlarni) DTE-lar bilan 
bog„lovchi segmentlarning maksimal uzunligiga cheklov; 
- konsentratorlarni DTE-lar bilan bog„lovchi segmentlarning 
maksimal uzunligiga cheklov; 
- tarmoqning maksimal diametriga bo’lgan cheklov; 
- konsentratorlarning maksimal soni va ularni o’zaro bog’lovchi 
segmentlarni uzunligiga cheklovlarga rioya qilish kerak bo’ladi. 
3.8-rasm. Fast Ethernet texnologiyasi fizik sathining 
spetsifikatsiyalari. 
Kommutatorlar va I-sinf takrorlovchilari yoki konsentratorlari 
yordamida qurilgan Fast Ethernet texnologiyasi tarmog’ining tuzilishi 
3.9-rasmda keltirilgan. 


3.9-rasm. Fast Ethernet tarmog’ining I-sinf takrorlovchilari 
(konsentratorlari) yordamida qurilgan ko’rinishi. 
Fast Ethernet standarti konsentratorlari ikki xil bo’lishi 
mumkin: 1.I-
sinf 
konsentratorlari, 
ularda 100Base-TX, 
100Base-
FX 
va 
100Base-T4 larda ishlatiladigan portlar mavjud bo’ladi. 
2.II-sinf konsentratorlari, ularda esa 100Base-T4 yoki 100Base-
TX va 100Base- FX portlari mavjud bo’lishi mumkin. Bu standartda 
«4 tagacha xablar» qoidasi o„rniga «1-ta yoki 2-tagacha xablar» 
qoidasi amal qiladi. Ethernet
texnologiyalari 
oilasiga
mansub tarmoq texnologiyalarining hozirda ishlab 
chiqarilayotgan va doimiy ravishda takomillashtirilib kelinayotgan 1, 
10, 40 va 100 Gbit/sek tezliklarda ishlay oladigan 
Gigabit
Ethernet
texnologiyalarining tuzilishlari yuqorida
ko„rib 
o„tilgan Ethernet va Fast Ethernet
texnologiyalari 
standartlarining tuzilishlari bilan o‘xshashdir. 
Gigabit Ethernet texnologiyalarida ma’lumotlarni uzatish 
tezligini oshirish maqsadida, turli xil kodlash va turli xil 


ma’lumotlarni uzatish 
usullarini ishlab chiqish bilan birga, tarmoqlarning segmentlarini va 
kompyuterlarini ulash uchun ishlatiladigan kabellarning uzunliklarini 
ham o„zgartirishga to„g„ri kelgan. Masalan: tezlik yuqori bo„lishini 
ta’minlash uchun 1 Gbit/sek tezlikda ishlaydigan Gigabit Ethernet 
texnologiyasida qo„llanilishi mumkin bo’lgan koaksial kabelning 
uzunligi 25 m-dan, ushbu texnologiyaning 1000Base-LX standartida 
esa, ko„pmodali optik tolali kabelning uzunligi 500 m-dan va 10G 
Ethernet texnologiyasining 10GBase-T standartida esa, UTP – 
ekranlanmagan o„ralma juftlik kabelining uzunligi 55 m-dan 
oshmasligi kerak deb belgilab qo’yilgan. 

Download 0.94 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish