QE ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan materiallarni sanab o‘tishdan
oldin ular uchun yorug‘lik yutishni tanlashga asos bo‘lgan mezonni ko‘rib chiqish
lozim. Bu mezon taqiqlangan zona kengligi deb nomlanadi.
Haqiqatdan ham E
g
ning kamayishi nurlanish spektrining katta qismini foydali ishlatishga imkon
beradi, ya’ni fototok zichligining J
ph
va o‘z navbatida J
sc
ortishi FIK ortishiga olib
kelishi kerak.
Boshqa tomondan E
g
ning kamayishi to‘g‘ridan to‘g‘ri U
OC
va FF
kamayishiga olib keladi,
bunda J
sc
ortishi U
OC
va FF kamayishini kompensatsiya
qilmaydi, shu sababli FIK kamayadi. Gamogen QE nazariy erishiladigan FIK ning
yutuvchi materialning taqiqlangan zona kengligiga bog‘liqligi 15-rasmda
keltirilgan.
Fotoenergetika uchun klassik material sifatida
monokristall kremniy
hisoblanadi, ammo uning asosida strukturalar ishlab chiqish – juda texnologik
murakkab va qimmatdir. Shuning uchun
oxirgi vaqtlarda amorf kremniy, arsenid
galliy va polikristall yarimo‘tkazgichlarga katta e’tibor qaratilmoqda.
24-rasm. QE maksimal FIK ning material taqiqlangan zona kengligiga bog‘liqligi
(25
0
С da)
3- Ma’ruza mashg’uloti
Yuqori samarali quyosh elementlari
Polikristall quyosh elementlari 20 yildan kam bo‘lmagan yaroqlilik
muddatiga ega bo‘lib ularning samaradorligi quyosh
nurlanishining tushish
burchagiga kuchli bog‘liq emas.
Bunday quyosh elementlarini ishlab chiqarishda o‘stirish operatsiyasi
bo‘lmaganligi sababli ularni ishlab chiqarishda energiya
iqtisodi yuqoridir va
arzon hisoblanadi. Ammo polikristall kremniy strukturasi sohasida alohida
kristallchalarning hosil bo‘lishi sabab bunday quyosh
elementlarining kichik
samaradorligi 15..16% ni tashkil etadi.