10-mavzu: Virtual lokal tarmoqlar




Download 0.56 Mb.
bet1/2
Sana29.02.2024
Hajmi0.56 Mb.
#164483
  1   2
Bog'liq
10-MA\'RUZA
savollar, 12-MA\'RUZA, 9-MA\'RUZA, 8-ma\'ruza, Mavzu Dvigatellar va ularning turlari. Reja, 1-маруза, 1-Амалий машғулот

10-MAVZU: Virtual lokal tarmoqlar




Virtual lokal tarmoq (VLT yoki VLAN) deganda, tarmoqning shunday bog’lamlar guruhi tushuniladiki, ushbu guruh trafigi, tarmoqning boshqa bog’lamlar trafigidan kanal sathida to’liq ajratilgan bo’ladi (rus tilida – полностью изолирован от трафига других узлов сети, 3.30-rasm).
3.30-rasm. Virtual lokal tarmoqlar.

Bu shuni anglatadiki, turli virtual tarmoqlar o’rtasida kanal sathi adresi asosida axborot almashinish mumkin bo’lmaydi. Bitta yoki bir nechta kompyuterlar bittadan ko’p virtual tarmoqqa tegishli bo„lishi mumkin, bunda VLT-lar o’zaro kesishadi deyiladi.


VLAN texnologiyasi bir-biridan ajratilgan tarmoqlarni hosil qilishni osonlashtirish uchun mo„ljallangan. Ularni marshrutizator yordamida o’zaro bog’lab qo’yish mumkin.
VLAN texnologiyasining afzalligi shundaki, fizik strukturani o„zgartirmasdan turib, kommutatorlarni mantiqiy konfiguratsiyalash bilan bir-biridan to’liq ajratilgan segmentlarni hosil qilish mumkin.
VLT-larni hosil qilishning ikki xil yo„li mavjud:

  1. Odatda bitta kommutator asosida virtual tarmoqni hosil qilish uchun, kommutatorning portlirini guruhlash mexanizmidan foydalaniladi (3.31- rasm). Bunda har bir port, ma’lum bir virtual tarmoqqa biriktirilgan bo’ladi. Masalan biron-bir virtual tarmoq portidan kelgan kadr, xech qachon boshqa bir virtual tarmoqqa tegishli bo„lgan port orqali uzatib yuborilmaydi.

  2. Bitta kommutator asosida virtual tarmoqlarni hosil qilishning ikkinchi yo’li, bu MAC-adreslarni guruhlash asosida amalga oshiriladi. Kommutator tomonidan o’rganilgan MAC-adres, o’ziga tegishli bo’lgan virtual tarmoqqa biriktirib qo’yiladi. Tarmoqdagi stansiyalar soni ko’p bo’lganda, ushbu yo’l bilan virtual tarmoq hosil qilish uchun, administrator «qo’lda» bajarilishi kerak bo’lgan katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishi kerak bo’ladi.

3.31-rasm. Bitta kommutator asosida virtual tarmoqni qurish.

Quyida keltirilgan 3.32-rasm yordamida, bittadan ko’p kommutatorlar qo’llanilganda portlarni guruhlash asosida virtual tarmoqlarni yaratish jarayonida yuzaga keladigan muammoni ko’rsatish mumkin.


3.32-rasm. Bir nechta kommutatorlar yordamida portlarni guruhlash asosida virtual tarmoqlar qurish.


Agar biron-bir virtual tarmoqning bog’lamlari turli xil kommutatorlarga tegishli bo„lsa, har bir virtual tarmoqni ulangan bo’lishini ta’minlash uchun, kommutatorlarda maxsus ikkita port ajratilgan bo’lishi kerak. Aks holda biron-bir tarmoq ichida uzatilayotgan kadr yO’qolib qolishi mumkin. Ya’ni bir nechta kommutatorlar asosida virtual tarmoqlar hosil qilish kerak bo’lsa, nechta virtual tarmoq yaratilishiga qarab, o’shancha portlar yordamida ularni ulab qo’yish kerak bo’ladi.
Bir nechta kommutatorlar asosida MAC-adreslarni guruhlab virtual tarmoq hosil qilinadigan bo’lsa, kommutatorlarni o’zaro bir nechta portlar orqali birlashtirmasa ham bo’ladi. Negaki MAC-adresning o’zi, tegishli virtual tarmoq uchun belgi vazifasini o’tay oladi.

    1. Download 0.56 Mb.
  1   2




Download 0.56 Mb.