2 – mavzu. Alyuminiy qotishmalari, markalari va ishlatilish joylari




Download 293,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana27.11.2023
Hajmi293,62 Kb.
#106283
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 – mavzu. Alyuminiy qotishmalari, markalari va ishlatilish joylari



2 – mavzu. Alyuminiy qotishmalari, markalari va ishlatilish joylari 
 
Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalarini 
tamg’alash(markalash) 
quyidagicha belgilangan: «Д» harfi duralyuminiy turidagi alyuminiy qotishmasiga 
ishora undan keyingi sonlar tartib raqamini belgilaydi «A» harfi belgisi bilan 
boshlanadigan tamg' alar ()- 
texnik alyuminiy 
ekanligini bildiradi; «AK»- 
bolg'alanadigan (kovochniy) alyuminiy 
qotishmasi; agar tamg'ada alohida «B» 
yoki «A» harfi bilan birgalikda «B» harfi ham kelsa qotishma yuqori 
mustahkamlikka ega qotishma holatini bildiruvchi belgilar quyiladi. 
Masalan «M» qo'yilsa qotishma 
yumshoq
(yumshatilgan)ligini bildiradi (Masalan 
Д16M); «T»-termik ishlanganligi (toblab, eskirtirilgan); «H» -plastik 
deformatsiyalangan (nagartovka o'tkazilgan, masalan Д16H) va h.k 7.3-jadvalda 
deformatsiyalanadigan alyuminli qotishmalariga misollar keltirilgan. 
Duralyuminiylar samolyotsozlikda keng qo'llaniladi, masalan, Д1 qotishmadan 
samolyot vintellarining paraklari, Д16 dan esa fyuzelyajlarning yuk 
ko'taruvchi qismlari yasaladi. 
Yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan alyuminiy qotishmasi (B95, B96) 
murakkab tarkibli qotishma bo'lib, Al-Zn-Mg-Cu turkumga kiradi. Qo'shimcha 
ravishda ular yana marganets va xrom bilan legirlanadi. Bunday qotishmalar 
460...480
0
C ga qizdirilib, so'ngra sun'iy eskirtiriladi (120...140
0
C). 
Bunda mustahkamlik ϭ
b
600...700 MPa ga yetadi. Bu qotishmalarning 
mustahkamligi duralyuminiyga qaraganda yuqori bo’lsa ham, plastikligi ancha 
kam, ichki kuchlanishning yigilishi va korroziyaga moyilligi ham bor. 
Alyuminiy - eng egiluvchan va yumshoq oq-kumush rangdagi metall, u 
nisbatan engil zichligi 2699 kg/m
3
va erish temperaturasi past (660 °C). 
Alyuminiy yerda eng ko'p tarqalgan metall (yer qobig'i massasidan 7,45 %). 
Kimiyoviy aktiv bo'lgani uchun bu metall asosan oksid ko'rinishda uchraydi 
(glinozyom AL203), uni ishlab chiqarish uch esa juda ko'p elektr energiya talab 
qilinadi. Aluminiy ishlab chiqarish uch etabdan iborat: aluminiy rudasidan 
glinozyom chiqarish; glinozyomni elekrolizlash; birlamchi aluminiyni rafmasiya 
qilish. Aluminiyni yuqori elektr va issiq o'tqazuvchanlik xususiyatiga ega, hamda 
korroziyaga bardoshlik bilan farqlanadi. Undan elektr simlari va uy uchun har xil 
jihozlar tayyorlanadi. Nisbatan mexanik ko'rsatkichlari past bo'lgani uchun 
aluminiyni mashinasozlikda uning o'zidan ko'ra uning qotishmalari ishlatiladi. 
Aluminiy eng ko’p tarqalgan legirlovchi qo’shilmalardan biri. Texnikadagi 
ko’pchilik metallar alyuminotermiya usulida olinadi. Aluminiyning turli 
birikmalari ham keng ishlatiladi; masalan, alyuminiyli achchiq tosh qadimdan 


gazmollarni bo’yashda, teri oshlashda, bo’yoqni mustahkamlashda foydalaniladi.

Download 293,62 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 293,62 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 – mavzu. Alyuminiy qotishmalari, markalari va ishlatilish joylari

Download 293,62 Kb.
Pdf ko'rish