Yuqori harorat ta'sirida xossalarini yo'qotmasdan uzoq vaqt ishlaydigan alyuminiy
qotishmalari ham bor. Termik ishlanadigan
bunday qotishmalarga
olovbardosh
(AK-4, AK4-1) qotishmalar kiradi. Ular murakkab tarkibga ega va 300
0
C
gacha
ishlay oladi. Qotishmalar tarkibidagi ega va 300
0
C gacha ishlay oladi. Qotishmalar
tarkibidagi temir, nikel, mis va boshqa elementlar qotishmaning mustahkamlovchi
fazalarini, ya'ni intermetallit (SiAl
2
, SiMgAl
2
, Al
2
MnCi va hokazo) larni hosil qiladi
(7.3-rasm).Qotishma mis, marganets, titan elementlari bilan legirlanganda diffuzion
jarayonlarni
to’xtash
hisobiga
olovbardoshlikka
erishiladi.
Olovbardosh
qotishmalardan tayyorlangan
mashina vositalari toblanib, so’ngra sun'iy
eskirtirilgandan keyin ishlatiladi.
7.3-rasm.
Alyuminiy qotishmalari mikrotuzilishi:
a-Al-Si turkumidagi quyma
alyuminiy (a-qattiq eritma, (α+SiAl
2
evtektik mexanik aralashma hamda SiAl
2
)
intermetallit);
b-D16 quymasi α- qattiq eritma va S(AI
2
MgSi) intermetallit);
v-
deformatsiyalanadigan D16 qotishmasi toblangandan keyin (α- to'yintirilgan
qattiq eritma);
g-D16 qotishmani toblab, so'ngra eskirtirilgandan keying holati.
Bolg'alash va
shtamplash usuli bilan ishlov beriladigan qotishmalar (AK6,
AK8) yaxshi plastiklikka ega. Ularga bosim ostida issiqlayin
ishlov berilganda
darzlar hosil bo'lmaydi. Bunday qotishmalar Al-Ci-Mg turkumiga kiradi. Ularga
qo'shimcha sifatida kremniy qo'shiladi. Ularni 450...475
0
C
da qizdirish bilan
bolg'alanadi va shtamplanadi. Ulardan o'rta kuchlanishda
ishlaydigan mashina
vositalari tayyorlanib, toblanadi va eskirtiriladi, keyin ishlatiladi.