|
2 – mavzu. Alyuminiy qotishmalari, markalari va ishlatilish joylariBog'liq 2 – mavzu. Alyuminiy qotishmalari, markalari va ishlatilish joylariKremniyli qotishma amaliyotda ko'p qo'llaniladi. Alyuminiyning kremniy bilan
hosil qilgan qotishmasi
siluminiylar
deb ataladi. Bunday qotishmalarning
strukturasida evtektika bo'lgani uchun suyuq holda yaxshi oqadi, natijada qolipni
yaxshi to'ldiradi, ya'ni quymaning geometrik olchamlari aniqligi ortadi hamda
cho’kmaning hajmi kichik bo'ladi. Siluminiylar yaxshi kesib ishlanadi, ularni
payvandlash ham mumkin. Bu qotishmalar mayda va yirik zagotovkalarni olishda
ishlatiladi. Siluminiylar AЛ2 (10...13%Si); AЛ4 (8...10% Si) deb belgilanadi. Ba'zi
Al-Si turkumdagi quyma alyuminiy qotishmalari (AЛ7 va AЛ9) termik
ishlangandan keyin yuqori mexanik xossalarga ega. Bu qotishma kichik va nisbatan
yuqori haroratda yaxshi ishlay oladi, lekin texnologik xossalari uncha yaxshi emas
(katta hajmli cho'kma va darzlar hosil qiladi). Shuning uchun bu qotishmalardan
asosan mayda zagotovkalar olinadi.
Al-Mg turkumdagi qotishmalardan ham quyma zagotovkalar olish ancha qiyin.
Lekin bunday qotishmalarning korroziyabardoshliligi yaxshi, ular yuqori mexanik
xossalarga ega, yaxshi kesib ishlanadi. Masalan, AЛ8 va AЛ27 qotishmalar nam
havo sharoitida ishlaydigan quyma zagotovkalar olishda (kemasozlikda,
samolyotsozlikda) ishlatiladi. Quyma olingandan keyingi struktura (α-qattiq eritma
bilan Al
3
Mg
2
oraliq fazadan iborat bo'ladi. Lekin qattiq qo'shimcha donachalarning
chegarasida joylashgani uchun qotishma mo'rt bo'ladi. Shuning uchun AЛ8 va AЛ27
lardan foydalanish uchun qotishma toblanib, eskirtiriladi. Termik ishlash uchun
qotishma 430
0
C gacha qizdirilib, shu haroratda 12...20 soat ushlab turiladi, ana
shunday qilinganda Al
3
Mg
2
(α-qattiq eritmada eriydi, natijada bir xil tarkibli qattiq
eritma hosil bo'ladi. Agar AL-Mg turkumdagi qotishmaga 1,5 % gacha kremniy
qo'shilsa (AЛ13, AЛ22), uchlamchi evtektika hosil bo'ladi, natijada qotishmaning
quyish
xususiyatlari
yaxshilanadi.
Bu
qotishmalar
ham
kemasozlikda,
samolyotsozlikda keng qo'llaniladi.
|
| |