• Mis qotishmalari.
  • Latunlarning markalanishi.
  • Qotishmalar reja: Mis qotishmalari Latunlar. Latunlarning markalanishi




    Download 27.68 Kb.
    bet1/4
    Sana03.06.2022
    Hajmi27.68 Kb.
    #22805
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Документ Microsoft Office Word (4)
    Документ Microsoft Office Word (3), конструкции 11 вар 2 семестр, 5 кават, 2-mavzu Loyihalash(ma\'ruza), Residents, biznes lekcia, Maftuna psixologiya, XURMATLI OTA ONALAR!!!!, 1%, multiple choice, Mustaqil ishlar, O`teniyazova Aynura, 1 ximiya, Anorganik kimyo - lotin

    QOTISHMALAR
    Reja:
    1.  Mis qotishmalari
    2.  Latunlar. Latunlarning markalanishi
    3.  Bronzalar. Bronzalarning markalanishi
    4.  Alyuminiy qotishmalari
    5.  Antifriksion qotishmalar

    Qotishmalar
    Rangli metall qotishmalarining o‘ziga xos xususiyatlari (elektr va issiqlikni o‘zidan yaxshi o‘tkazishi, plastikligi, korroziyaga bardoshligi va boshqa xossalari mashina detallarida ish sharoitiga ko‘ra temir qotishmalardan qimmat bo‘lsada, ulardan foydalaniladi.
    Mis qotishmalari. Misni Zn, Sn, Pb, Fe, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalariga mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra, latunlarga va bronzalarga ajratiladi:
    Latunlar. Latun Cu bilan Zn ning qotishmasi bo‘lib, uning mexanik va texnologik xossalari yuqori bo‘ladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida rux miqdori 40-42% gacha bo‘ladi. Latunlarning mexanik va texnologik xossalarini yanada yaxshilashi uchun ularga ma’lum miqdorda Al, Cu, Fe, Zn va boshqa elementlar qo‘shib maxsus latunlar olinadi. Latunlarga qo‘shiladigan elementlarning turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga qarab belgilanadi. Latunlarning texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan (deformatsiya beriladigan) va quymalar olinadigan xillariga ajratiladi. Quyidagi 12-jadvalda latunlar markalari, asosiy mexanik xossalari va ishlatilish joylariga misollar keltirilgan. Bosim bilan ishlanadigan latunlar yuqori plastik xossaga ega bo‘lib, ulardan olingan quymalar bosim bilan ishlanib listlar, lentalar, trubalar tayyorlanadi. Quyma latunlarning oquvchanligi yuqori bo‘lib, likvatsiyaga kam beriluvchi antifriksion xossaga ega bo‘ladi.
    Bu qotishmalardan podshipniklar, vtulkalar, chervyakli vintlarning zagotovkalari qoliplarga quyish yoli bilan tayyorlanadi.
    Latunlarning markalanishi. GOST 2060-73 bo‘yicha oddiy latunlar L harfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, L96 da L harfi latun ekanligini, 96 raqami esa qotishma tarkibida 96% mis borligini bildiradi, qolgani esa Zn bo‘ladi. Maxsus latunlarni markalardagi L harfidan keyin qotishma tarkibiga kiritilgan elementlar nomlarining bosh harfi, so‘ngra raqamlar yoziladi. Masalan, LAJ60-1-1 markada 60% Cu, 1% Al, 1% Fe qolgan, ya’ni 38%i rux bo‘ladi.
    Bronzalar. Cu bilan Sn ni qotishmasiga bronza deyiladi. Ma’lumki, qalay qimmatbaho metall bo‘lganligi sababli uni tejash hamda qotishma xossalarini zarur tomonga o‘zgartirish maqsadida bronza tarkibidagi qalay qisman yoki to‘la Al, Pb, Si va boshqa elementlar bilan almashtiriladi. Masalan, Al kiritish bilan alyuminiyli bronzalar (masalan, BrA6, BrA7), Pb kiritish bilan qo‘rg‘oshinli bronzalar (masalan, BrS30), Si kiritish bilan kremniyli bronzalar (BrKMs3-l) va boshqalar olinadi.

    Download 27.68 Kb.
      1   2   3   4




    Download 27.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qotishmalar reja: Mis qotishmalari Latunlar. Latunlarning markalanishi

    Download 27.68 Kb.