Bunday qotishmalardan quymalar ham olish mumkin. Lekin bunda dendrit
likvatsiyasini yo'qotish uchun quymani 450...520
0
C haroratda qizdirib, 4...40 soat
ushlab turiladi, so'ngra havoda yoki pechda sovitiladi. Deformatsiyalangan qotishma
esa rekristallanish natijasida yumshatiladi. Buning uchun zagotovka 350...500
0
C
haroratda 0,5...2,0
soat ushlab turiladi, so'ngra havoda sovitiladi. Shunday
qilinganda struktura muvazanatga qaytib, mayda donachalari bo'ladi.
Yengil sharoitda ishlaydigan vosita va konstruktsiyalarni tayyorlashda AMn, AMg
2
,
AMg
3
qotishmalar ko'proq ishlatiladi. Ulardan benzin baklari,
trubalar, paluba
qismlari, romlar tayyorlanadi.
O'rtacha kuchlanishda ishlaydigan vositalar va konstruktsiyalarni tayyorlashda
AMg5 va AMg6 qotishmalar ishlatiladi.
Ulardan romlar, vagon qismlari, kema
anjomlari, liftlar, yuk ko'tarish uskunalari va hokazolar tayyorlanadi.