4
KIRISH
Mamlakatimizda turizm ishiga mustakillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy
davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy
mexanizm vujudga
keltirilib,muhim meyoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda
ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga
ko‘tarish , yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga
aylantirish uchun avvalo
huqukiy zamin yaratish lozim edi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
majlisining mazkur yo‘nalishga taluqli qonun va kodekslari , O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari ishlab chiqilib hayotga
tadbiq etildi.
G‘arb davlatlarida mehmonxona xo‘jaliklarini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik
tajriba yig‘ilgan .Mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida
xorij tajribasini
o‘rganish shubxasiz, mexmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol
o‘ynaydi. Xizmatchilar mexmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga
qanday
talab qo‘yilishi haqida tasavvurga ega bo‘lmasa ulardan mijozlarga yuqori darajada
xizmat ko‘rsatishlarini talab qilish murakkabdir.Ammo O‘zbekistondagi turizm
sanoati o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini etiborga
olish
kerak.Bugungi kunda bizga jaxon talablariga javob beruvchi turizm sanoatini
rivojlantirishning milliy modelini yaratish bo‘yicha takliflar kiritilgan. «
Mehmonxona servis xizmati » fanini o‘qitishdan asosiy maqsad hozirgi bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida mehmonxona xizmati sohasida eng yaxshi
boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni takomillashtirish zaruriyati bilan
bog‘liqdir. Mehmonxona xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy omillar
samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Mehmonxona
rahbarlarining doimiy
ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, uni kengaytirishga
e’tiborni qaratish, binolarni rekonstruksiya qilish. Yangi texnologiyalarni kiritish va
boshqalarni tushunishlari muhim ahamiyatga ega.
Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar
Talabalar:
- joylashtirish vositalari va tizimi haqida;
- mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida;
- mehmonxonada boshqaruv strukturasi haqida