11
3. Mehmonxona industriyasining asoschilari
Mehmonxona industriyasida uning o‘sishi va rivojlanishiga katta ahamiyat kasb
etadigan qo‘yilmalar kiritgan ko‘p shaxslar bo‘lgan. Ular orasida eng ko‘p
mashhurlardan XIX asr oxirida va XX asr boshlarining industriya asoschilari bo‘lgan
Ellsuort Stetler, Konrad Xilton, Ernest Xenderson, Xouard Djonson va Dj. Uillard
(Bill) Marriottlar bordir. Shular qatoridan Sezar Rits ismi ham o‘rin egallagan.
Sezar Rits o‘z zamonasining afsonaviy shaxsidir. Mehmonxona industriyasining
boshqa asoschilarni ko‘pchiligi kabi u ham eng pastki pog‘onadan
boshlagan va
jonkuyarlik bilan mehnat qilishi evaziga, mehmonxona biznesini sirlarini juda tez
o‘rganib kasbning eng yuqori cho‘qqilariga chiqdi. O‘z ish tajribasini u 15 yoshidan
mehmonxona boshqaruvchisining shogirdi sifatida boshlagan. 19 yoshidayoq uning
o‘zi Parij restoranchalaridan
birini boshqarardi, lekin negadir bu ishni birdaniga
tashlab ketdi va mashhur Voisin restoraniga ofitsiant yordamchisi bo‘lib joylashdi.
Bu yerda u boy va mashhurlarning didlariga ma’qul bo‘lish sa’natini o‘rgandi. Juda
qisqa vaqt ichida u doimiy mijozlar to‘g‘risida hamma narsani eslab qoldi (ular
nimani yaxshi ko‘radi va nimani yoqtirmaydi), va ular har doim ularga u xizmat
qilishini talab qilardilar.
22 yoshida Rits Lyurensdagi (Shveysariya), o‘zi tufayli shaharni eng orbo‘li
mehmonxonasi bo‘lgan Grand National Hotel ning boshqaruvchisi bo‘ladi. Ritsning
o‘ziga tortuvchiligi va kashfiyotchiligi eng tanlangan mijozlarni tez jalb qilishga unga
imkoniyat berdi. 11yillik muvaffaqiyatli ish faoliyatidan keyin u o‘ziga tortuvchi
taklifni–yaqindagina Londonda ochilgan, lekin ishlari hali uncha yaxshi ketmayotgan
Savoy
Hotel tomonidan tushgan, qabul qilishga tavakkal qildi. Shunday qilib 38
yoshli Sezar Rits dunyodagi eng mashhur feshenebl otellardan birining
boshqaruvchisi bo‘ldi.
Va yana bir bor uning o‘ziga tortuvchanligi va qobiliyatlari ommada munosib
taassurot qoldirdi. Eng avvalo u o‘z otelini yuqori jamoaning madaniyat markazi
qildi. Uning bosh-oshpazi –Agyust Eskofe bilan
birga u eng ajoyib yevropa
taomlarini tayyorlay oladigan, shuningdek restoranda shu taomlarga mos keluvchi
muhit yarata oladigan jamoani tuzdi. U shunday bir a’nana kiritdi, unga ko‘ra
mijozlar faqat kechki liboslarda kelishardi, restoranga eng yaxshi cholg‘u asbobli
orkestrlarni taklif qilardi va umuman har xil maxsus jihozlar uchun mablag‘
ayamasdi. Bir kuni u suzib yuruvchi restoran atrofida haqiqiy Venesiyani –
neapolitanlarning qo‘shiqlarini kuylovchi gondollari va
gondolerlari bilan tashkil
qildi.
Rits omma bilan aloqa qila bilish boshqaruvchining eng kerakli sifatlaridan deb
hisoblardi. Uning odamlarga va ularni hohishlariga bo‘lgan e’tiborliligi menejer
sa’natini yangi pog‘onaga olib chiqdi. Va shu paytgacha Rits nomi mehmonxona
biznesida bashanglik va nozik didlik sinonimi hisoblanadi. U ishga butunlay, kuchini
ayamasdan berilardi va 52 yoshida kuchli asab taranglashuvini boshidan kechirdi,
undan keyin u o‘zini tiklay olmadi.