• Мавзу; Давлат таълим стандартлари. Режа; I. Кириш. II. Асосий қисм.
  • 3. ЎМХТ ДТС мақсади. Функциялари вазифалари таъмойиллари. 4. ЎМКХТ ДТСга ишлаб чиқиш ва амаллар қўллашга қўйиладиган талаблар. III. Хулоса.
  • Mexanizatsiyalash muhandislari instituti




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/13
    Sana09.12.2023
    Hajmi0,56 Mb.
    #114529
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Amaliy ta’lim metodikasi fanidan referat



    O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
    TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‟JALIGINI 
    MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI 
     
    “QISHLOQ VA SUV XO‟JALIGINI ELEKTRLASHTIRISH VA
    AVTOMATLASHTIRISH” fakulteti 
     
    “PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA O‟QITISH METODIKASI” kafedrasi 
     
    “AMALIY TA‟LIM METODIKASI” fanidan
     
    REFERAT 
    MAVZU: DAVLAT TA‟LIM STANDARTLARI
     
    Bajardi: 
    “Kasb ta‟limi” 309-guruh talabasi
    S.Atajonov 
     
    Qabul qildi: 
    D.Ximmataliyev 
     
    Toshkent – 2018 


    Мавзу; Давлат таълим стандартлари. 
    Режа; 
    I. 
    Кириш. 
    II. 
    Асосий қисм. 
    1. Стандартлаштиришнинг меъёрий элементлари. 
    Стандартлаштириш турлари. 
    2. ЎМКХТ давлат таълим стандартларининг функциялари. 
    3. ЎМХТ ДТС мақсади. Функциялари вазифалари 
    таъмойиллари. 
    4. ЎМКХТ ДТСга ишлаб чиқиш ва амаллар қўллашга 
    қўйиладиган талаблар. 
    III. Хулоса. 
    IV. 
    Фойдаланилган адабиётлар. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    Kirish: 
    Standart, standartlashtirish me`yorlari tushunchalari 
    DTS ta‟lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini 
    baholash tartibini belgilaydi. Ta‟lim mazmunini o„zagi hisoblangan standart 
    vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko„rsatayotgan turli ta‟lim muassasalarida 
    (davlat va nodavlat) ta‟limning barqaror darajasini ta‟minlash sharti amalga 
    oshiriladi. DTS o„z mohiyatiga ko„ra o„quv dasturlari, darsliklar, o„quv 
    qo„llanmalari, nizomlar, o„quv rejasi va boshqa meyoriy hujjatlarini yaratish uchun 
    asos bo„lib xizmat qiladi. DTSni, uning talablarini bajarish O„zbekiston 
    Respublikasi hududida faoliyat ko„rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy 
    bo„ysinishdan qatiy nazar barcha ta‟lim muassasalari uchun majburiydir. DTS ning 
    tarkibiy qismi sifatida umumiy o„rta (kasb – hunar va oliy) ta‟lim muassasalari 
    uchun tayanch o„quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o„quv reja ta‟lim sohalarini 
    meyorlash hamda ta‟lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta‟minlashga asos 
    bo„luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta‟minlashga asos bo„luvchi 
    davlat hujjati sanaladi. Tayanch o„quv rejasi o„quv predmeti bo„yicha beriladigan 
    ta‟lim mazmunini ta‟lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o„quv soatlarining 
    minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.
    Davlat ta‟lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? – 
    Davlat ta‟lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini 
    nazarda tutadi: 

    ta‟limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan 
    chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish 
    talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta‟minlash; 

    mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
    ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib 
    chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish; 

    ta‟limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, 
    ta‟lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta‟lim 
    jarayoni samaradorligini oshirish; 



    sifatli ta‟lim xizmatlari ko„rsatish, ta‟lim va kadrlar tayyorlash 
    sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish; 

    kadrlar tayyorlash sifatini va ta‟lim faoliyatini baholash mezonlarini 
    va tartibini belgilash; 

    ta‟lim jarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini 
    ta‟minlash; 
    - mehnat va ta‟lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta‟minlash. 
    Davlat ta‟lim standartlarining vazifalari: 

    ta‟lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko„rsatiladigan ta‟lim 
    xizmatlari turlariga nisbatan qo„yiladigan maqbul talablarni belgilash; 

    ta‟limga va uning pirovard natijalariga, ta‟lim oluvchilarning bilimi va 
    kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta‟lim 
    faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo„yiladigan tegishli talablarni 
    belgilovchi meyoriy negizni yaratish; 

    xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida 
    ta‟lim oluvchilarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va 
    usullarini joriy etish; 

    ta‟limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan 
    ta‟lim va tarbiyani kelishib olish ularning o„zaro bog„liqligini, uzluksiz ta‟lim 
    tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta‟minlash; 

    o„quv-tarbiya va ta‟lim jarayoniga, pedagogik va axborot 
    texnologiyalari bilan ta‟minlashga, ta‟lim darajasini nazorat qilishga, ta‟lim 
    muassasalarida ta‟lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan 
    meyorlar va talablarni belgilash; 

    ta‟lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini
    ta‟lim muassasalarini attestatsiyadan o„tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy 
    qilish; 

    kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‟lim, fan va ishlab 
    chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash; 



    milliy standartlar talabini ta‟lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan 
    xalqaro talablarga muvofiqligini ta‟minlash. 
    7-moddasida davlat ta‟lim standartlari yoritilgan: 
    Davlat ta‟lim standartlari umumiy o„rta, o„rta maxsus, kasb-xunar va oliy 
    ta‟lim mazmuniga xamda sifatiga qo„yiladigan talablarni belgilaydi. 
    Davlat ta‟lim standartlarini bajarish O„zbekiston Respublikasining barcha 
    ta‟lim muassasalari uchun majburiydir. 

    Download 0,56 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish