|
Mehmonxona industriyasining zamonaviy rivojlanishi
2. Mehmonxona industriyasining zamonaviy rivojlanishi
So‘nggi yillarda mehmondo‘stlik sanoati korxonalarining rivojlanishida ko‘zga
tashlangan tendensiyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Mehmonxona va restoran xizmatlari ixtisoslashuvining chuqurlashishi.
2. Xalqaro mehmonxona va restoran tarmoqlarining tashkil topishi.
3. Kichik korxonalar tarmog‘ining rivojlanishi.
4. Mehmondo‘stlik sanoatiga yangi kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi.
So‘nggi yillarda to‘la servisli an’anaviy mehmonxonalar bilan bir qatorda, taklif
qilinuvchi xizmatlar to‘plami qisqartirilgan ixtisoslashgan korxonalar paydo bo‘la
boshladi. Korxonalarning ixtisosligi har xil bo‘lishi mumkin. Mehmonxonalar turistik
bozorning muayyan segmenti vakillariga, masalan, o‘z mehnat ta’tilini golf o‘yiniga,
chang‘i sportiga, otda sayr qilishga va h.k.ga bag‘ishlagan mijozlarga, kongresslar,
ko‘rgazmalar, yarmarkalar va sh.k.da qatnashish uchun kelgan turistlarga xizmat
ko‘rsatishga ixtisoslashishi mumkin.
Restoranlar, qoida tariqasida, milliy taomlar, nonushtalar, kechki ovqatlar
tayyorlashga ixtisoslashadi. So‘nggi yillarda gamburgerlar va qovurilgan kartoshkaga
(McDonald’s), pitssaga (Pizza Hut, Domino, Little Geasar), bifshtekslarga (Sizzler),
dengiz mahsulotlariga (Red Lobster), sendvichlarga (Subway) ixtisoslashgan tez
xizmat ko‘rsatish restoranlari butun jahonda ommaviylashdi. Bu nuqtai nazardan
muayyan mavzuga, chunonchi: Yovvoyi g‘arb, rok-n-roll, futbol, samolyotlar, temir
yo‘l va h.k.ga yo‘naltirilgan restoranlar ham alohida diqqatga sazovordir. Odatda ular
taklif qiluvchi taomlar soni cheklangan bo‘ladi. Bunday restoranlarning vazifasi
muayyan kayfiyat va muhitni tashkil etishdan iborat.
Mehmondo‘stlik korxonalari ixtisoslashuvining chuqurlashishi xalqaro
tarmoqlarning tashkil topishi bilan ham bog‘liq. Bunday tarmoqlar xizmat
ko‘rsatishning yuksak andozalarini ishlab chiqish va amalga joriy etishda katta rol
o‘ynaydi.
Tarmoq deganda odatda jamoaviy biznes bilan shug‘ullanadigan va tarmoq
rahbariyatining bevosita nazorat ostida faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar guruhi
tushuniladi. Tarmoq o‘z binolariga ega bo‘lishi yoki ularni ijaraga olishi mumkin.
Tarmoq rahbariyati olingan daromadni taqsimlashda muayyan imtiyozlarga ega
bo‘ladi, biroq, ayni vaqtda, har qanday (shu jumladan, moliyaviy) operatsiyalarni
amalga oshirish chog‘ida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan barcha zararlar uchun javob
beradi.
90-yillarning o‘rtalariga kelib butun jahon mehmonxona fondining 30% dan
ko‘prog‘ini yirik mehmonxona birlashmalari va tarmoqlari o‘z nazorati ostiga oldi.
Boshqa aksariyat tendensiyalar singari, mehmonxona tarmoqlarining tashkil topishiga
ham AQShda asos solindi. 90-yillarning boshiga kelib, AQSH mehmonxona
tarmoqlari jahonda yetakchi mavqeni qo‘lga kiritdi. Ular jahonning o‘nta yetakchi
mehmonxona tarmoqlari qatoridan Yevropaning Travelodge International va Master
Hosts International tarmoqlarini siqib chiqardi. Hozirda bu o‘nlikda Yevropaning
9
atigi ikkita mehmonxonalar tarmog‘i – Accor (Fransiya) va Forte PLC (Buyuk
Britaniya) qolgan (1.1-jadval).
1.1-jadval
|
| |