• 5 Ontologiya va dеskripsiya mantig‘i usuli asosida bilimlar bazasini loyihalash va qurish
  • Freymli modellar




    Download 46.97 Kb.
    bet1/4
    Sana13.04.2023
    Hajmi46.97 Kb.
    #50993
      1   2   3   4
    Bog'liq
    4-5- amaliyot
    Мажит Шамҳалов. ҚАЙНОНА. Пьеса. , 10 maktab Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 8 ноябрдаги ЧҚБТ ни ташкил, MURAKKAB BIRIKMALAR VA ULARNING QISHLOQ XO\'JALIGIDAGI ROLI., MURAKKAB BIRIKMALAR VA ULARNING QISHLOQ XO\'JALIGIDAGI ROLI., 1135036610

    Frеym tarmoq modеliga asosan bilimlar bazasini loyihalash va qurish
    FREYMLI MODELLAR
    Freym — bu qandaydir standart holat uchun mo'ljallangan ma'lumotlarni deklarativ keltirilishidir. Freymlarni tarmoq ko'rinishida ko'rsatish mumkin. Unda yuqori tabaqalar ularning ma'nosini namoyish etadi va har qanday sharoitda chin qiymatga ega bo'ladi. Pastki tabaqa muayyan informatsiyaga ega bo'lgan slotlar bilan to'ldiriladi. Freymlarni quyidagi konstruksiya bilan ifodalash mumkin:
    F=[1,v1>,2)v2>...n vn>]
    F-freym nomi
    r-slot nomi
    vi - slotning qiymati.
    Freymlar tizimlarida informatsion qidiruv tizimlari bilan bog'langan. Agar, sharoit muammoga, bir freym javob bera olmasa, u holda bunday tarmoq boshqa freymni o'z ichiga olib 2-freym, bu muammoga javob beradi. Freymlarning asosiy xossalarini ko'rib chiqamiz:

    1. bazali tip. Berilgan predmetni juda zarur obyektlarini o'z ichiga oladigan freym. Lekin holatini o'zgartirganda yana yangi freymlarni qurishga to'g'ri keladi.

    2. iyerarxik strukturaga ega bo'lgan freymlar sitemasi. Iyerarxik strukturaning ayrimligi atributlar haqidagi informatsiya yuqori bosqichda joylashgan bo'lib, past tabaqadagi hamma freymlar bilan bog'liq bo'ladi.

    d) freymli tizimlarda xulosalar chiqarish.
    Freymlar — ekspert tizimlarning bilimini ko'rsatishning keng tarqalgan formalaridan biridir. Freym o'zini slot yacheykalari to'plamidan iborat struktura kabi ko'rsatish mumkin. Har bir slot nomdan o'rniga biriktirilgan nomdan iborat. Qiymat ma'lumotlar, protseduralar hamda boshqa Komp’yuter ga yuboriladigan ma'lumotlardan iborat bo'lishi yoki bo'sh bo'lishi mumkin.
    Har qanday freym quyidagi nom va mundarijalardan tashkil topadi:

    1. Freym nomi. Bu freymga aloqador identifikatordir. Freym berilgan freym tizimida yagona nomga ega bo'lishi kerak.

    2. Slot nomi. Bu slotga aloqador identifikatordir. Slot o'zi tegishli bo'lgan freymda yagona nomga ega bo'lishi kerak.

    Odatda slot nomi hech qanday yuklash ma'nolarini anglanmaydi va berilgan slotning identifikatoridir, lekin ba'zi hollarda u maxsus ma'noga ega. Bularga strukturalashgan obyektlarni tasvirlash uchun ishlatiladigan IK-A, DDEKENDANTA, FINEDBY, COMMENT va hokazolarni kiritish mumkin. Bu slotlar tizimli deyiladi va bilimlar bazasini tahrir qilish va chiqarishni boshqarishda ishlatiladi.

    1. Meros ko'rsatkichi. Bu ko'rsatkichlar faqat «abstraktkonkret» muomilasiga asoslangan

    iyeararxik tipdagi freym tizimlarga tegishlidir, ular past darajadagi xuddi shunday nomli freymlarga ega bo'lgan yuqori darajadagi freymdagi slot atributlari haqidagi biror bir informatsiyani ko'rsatadi. Tipik meros ko'rsatkichlari:
    Unique (U: — unikal ), Kame (K: — xuddi shunday), Range (R: — chegarani o'rnatish), Override (O: — e'tiborga olmaslik ) va hokazo. U freymning har xil qiymatli slotga ega bo'lish mumkinligini ko'rsatadi, K — hamma slotlar bir xil qiymatga ega, R — quyi darajali freym slotining qiymati, yuqori darajadagi freym slotining qiymatlari bilan ko'rsatilgan oraliqda bo'lish kerak, O — yuqori darajadagi freym slotining qiymati ko'rsatilmaganda, past darajadagi freym slotining qiymatini qo'yish.
    4.Ma'lumotlar tipi ko'rsatkichi slotning son qiymatiga egaligini ko'rsatadi yoki boshqa freymga ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumotlar tipiga quyidagilar kiradi:
    FRAME (ko'rsatkich), INTEGER (butun), REAL (haqiqiy), BOOL (bul toifa), LIKT (bog'langan protsedura), TEXT (matn), LIKT (ro'yxat), TABLE Gadval), EXPREKKION (ibora) va boshqalar.
    5. Slot qiymati. Slot qiymatini kiritish punkti. Slotning qiymati bu slot ma'lumotining ko'rsatilgan toifasi bilan ustma-ust tushishi kerak, bundan tashqari shajara shartlarini bajarishi kerak.
    6. Demon. Bu yerda IF-NEEDED, IF-ADDED, IF-REMOVED va hokazo demon tiplarini aniqlaydi. Demon deb, bir qancha shartlarni bajarganda avtomatik yuklanadigan protseduraga aytiladi. Demonlar mos slotlarga murojaatda yuklanadi. Bundan tashqari demon bog'langan protseduralarning har xilligidir.
    7. Bog'langan protseduralar. Slotning qiymati sifatida protsedura tipidagi DASTURni ishlatish mumkin.
    FREYMLARNI TATBIQ ETISH

    5 Ontologiya va dеskripsiya mantig‘i usuli asosida bilimlar bazasini loyihalash va qurish
    Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishi va ularni keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN tizimi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam miningit yoki bakterial infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib borish uchun qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford Universi -tetida ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi diagnoz qo'yish imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa uni tibbiyot sohasida qo'llash imkoniyatini yaratadi.

    Download 46.97 Kb.
      1   2   3   4




    Download 46.97 Kb.