• Qadimgi davr (miloddan avvalgi IV ming yillik – milodiy 476 yil)
  • tasavvurga ega bo‘lishi kerak




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    tasavvurga ega bo‘lishi kerak. 
    Talabalar: 
    - mehmonxonaning funksional mohiyatini; 
    - mijozlar bilan munosabatda bo‘lish qoidasini; 
    - mehmonxona biznesida marketing bo‘limi faoliyatini
    bilishi kerak. 
    Talabalar: 
    mehmonlarni qabul qilish va joylashtirish
    - mehmonxonalarda nomerlarni bron qilish; 
    - mehmonlarga ovqatlantirish xizmatini tashkil etish haqida 
    malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.




     
     
    Mavzu 1. Joylashtirish vositalarining rivojlanish tarixi 
    Reja: 
    1. Mexmonxonalarining paydo bo’lish tarixi 
    2. Mehmonxona industriyasining zamonaviy rivojlanishi 
    3. Mehmonxona industriyasining asoschilari 
    4. Dunyoning eng antiqa mehmonxonalari 
     
    1. Mexmonxonalarining paydo bo’lish tarixi 
     
    Mehmondo‘stlik sanoati korxonalarining evolyutsiyasi to‘g‘risida so‘z 
    yuritganda, tarixiy jihatdan kishilik jamiyatining rivojlanish bosqichlariga mos 
    keluvchi davrlarni ajratish mumkin: 

    Qadimgi davr;

    O‘rta asrlar;

    Yangi davr; 

    Hozirgi davr. 
    Qadimgi davr (miloddan avvalgi IV ming yillik – milodiy 476 yil) 
    Aksariyat tarixchilar jamiyat taraqqiyotining bu davriga hozirgi mehmonxonalar 
    va restoranlarning «ajdodi» - dastlabki mehmonxona korxonalari paydo bo‘lgan 
    davrni kiritadilar. Bunday korxonalar – tavernalar qadimgi manuskriptlarda tilga 
    olinadi. Taxminan miloddan avvalgi 1700 yilda yozilgan Bobil podshosi Hammurapi 
    kodeksi mana shunday manuskriptlardan biridir.
    Qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi I mingyillikda tavernalar ijtimoiy va 
    diniy hayotning muhim unsuri hisoblangan. Tavernalarda sayohatchilarni 
    joylashtirish uchun xonalar mavjudligiga qaramay, ular asosan ovqatlanish xizmatlari 
    ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Vaholanki, savdo-sotiqning rivojlanishi va shu bilan
    bog‘liq uzoq muddatli safarlar nafaqat ovqatlanish, balki tunash joylarini tashkil 
    qilishni qam taqqazo etar edi. Shu holat mehmonxona korxonalarining boshqa turi – 
    karvonsaroylar paydo bo‘lishini belgilab berdi.
    Karvonsaroylarning eng rivojlangan tarmog‘i Rim imperiyasi hududida tashkil 
    etilgan edi. Qadimgi Rim karvonsaroylari asosiy yo‘llar yoqasidagi shaharlar va 
    qishloqlarda, bir-biridan taxminan 25mil (40,22 km) oraliqda joylashgan edi.
    Quyi tabaqa vakillariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan tavernalar va 
    karvonsaroylar tunash va dam olish uchun minimal shart-sharoitlar taklif qilar edi. 
    Masalan, sayohatchilar ko‘pincha poxol ustida, yilning sovuq mavsumida esa muzlab 
    qolmaslik uchun otlarining issiq biqiniga tiqilib uxlardilar. Biron-bir qo‘shimcha 
    qulaylik haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi.
    Yaqin Sharq, Osiyo va Kavkazortida savdo aloqalarining rivojlanishi 
    mehmondo‘stlik korxonalarining paydo bo‘lishida katta rol o‘ynadi. Ushbu 
    mintaqalar hududidan yirik savdo yo‘llari o‘tar, ular bo‘ylab yuk ortilgan uzun 
    karvonlar harakatlanar edi. Karvonlardagi yo‘lovchilar tunashi uchun savdo yo‘llari 
    yoqasida karvonsaroylar tashkil etilardi. Bunday karvonsaroylar, qoida tariqasida
    odamlar dam olishi uchun hujralar hamda tuya va otlar uchun mo‘ljallangan 




    qo‘tonlardan tashkil topar edi. Bularning barchasi tabiiy ofat (shamol, yomg‘ir, 
    bo‘ron)lardan, shuningdek talonchilar va qaroqchilardan saqlovchi qal’a devori bilan
    o‘ralgan edi.

    Download 1,18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish