10- ma’ruza. Davolovchi ovqatlanish. Reja




Download 26.17 Kb.
bet1/7
Sana17.04.2024
Hajmi26.17 Kb.
#198446
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza.
AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINI HISOBI, singular-plural-worksheet-2, Malumotlar Bazasi labaratoriyalar 1-2, Фото 27.03.2023, Jahongir, Aliev Mustaqil ish Tarmoq, 1692195938, 717a8c08-6d9c-4f97-817e-b566b00e6b3f (1), Informatika tex.xarita, ZDPP17084, Xaydarova Nigora Berdimuratovna, Pedagogik nizolar va ziddiyatlarning falsafiy pedagogik psixolog, web 2-amaliy Husniddin, 18-Ona tili va adabiyot, portal.guldu.uz-TEXNOLOGIYA VA DIZAYN

10- MA’RUZA .DAVOLOVCHI OVQATLANISH.
REJA:

  1. Davolovchi ovqatlanish

  2. Zamonaviy dietologiya asosida balanslangan ovqatlanish

  3. Xirurgik dietalar

Davolovchi (dietik) ovqatlanish yoki dietoterapiya – bu o‘tkir yoki surunkali kasalliklar bilan og‘rigan kishilar uchun tuzilgan maxsus oziqa ratsionlari va ovqatlanish ratsionlaridan davolovchi yoki profilaktik maqsadlarda foydalanishdan iborat.


Davolovchi ovqatlanish kompleks terapiyaning muhim elementi hisoblanadi. Undan terapiyaning boshqa turlari (farmokologik preparatlar, fizioterapevtik muolajalar) bilan uyg‘unlashgan holda foydalaniladi. Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari yoki modda almashinuvi kasalliklarida davolovchi ovqatlanish asosiy terapevtik omillardan birini bajaradi, boshqa hollar esa terapevtik muolajalarning samarali olib borilishi uchun qulay muhit yaratadi.
Ratsional tuzilgan, fiziologik talablariga javob beradigan ovqatlanish ko‘plab kasalliklarning profilaktikasi uchun muhim vosita hisoblanadi. Davolovchi ovqatlanishdan foydalanish barcha kasalliklarda qo‘llaniladi, chunki bu kasalliklarning rivojlanishida davolovchi ovqatlanishning terapevtik ta’siri natajasida yuzaga keladigan omillarning ta’siri katta.
M.I.Pevzner davolovchi ovqatlanishni quyidagi talablarni qondirishi muhim deb hisoblaydi:
1. Nafaqat bemorning kuchini tiklashi, balki davolovchi vosita ham bo‘lishi kerak.
2. Kasallikning klinik holatiga, patologik jarayon xarakteri va uni rivojlanishi darajasiga ta’sir ko‘rsatishi kerak.
3. Rostlovchi mexanizmlarga ta’sir ko‘rsatishi va gumoral va konstitutsional terapiya bo‘lishi kerak.
4. Organizmning reaktiv qobiliyati va yallig‘lanish jarayonlariga nisbatan vaziyatiga ta’sir ko‘rsatgan holda, nafaqat boshqa terapevtik omillar samaradorligini oshirishi, balki surunkali kasalliklarda retsidivlarga moyillikni ham kamaytirishi kerak.
5. Boshqa davolash usullari yordam bermagan hollarda samarali bo‘lishi kerak.
6. Oziqaning kimyoviy ingredientlari buzilishi barcha kasalliklarda kuzatiladigan oraliq almashinuvning barcha jarayonlarida ishtirok etganligi sababli, istisnosiz barcha kasalliklarda qo‘llanilishi kerak.
7. Boshqa terapevtik omillar qo‘llaniladigan fon bo‘lishi kerak.
8. Ksallik yashirin kechadigan hollarda aholini dispanserlash uchun profilaktik maqsadlarda qo‘llanilishi kerak.
9. O‘tkir kasalliklarni surunkali kasalliklarga aylanishiga qarshi profilaktik chora bo‘lishi kerak.
10. Davriy qo‘llanganda qisqa vaqt davomida surunkali kasalliklar rivojlanishini to‘xtatishi va retsidivlar hosil bo‘lishini oldini olishi lozim.
11. U yoki bu turdagi terapiyaning ijobiy natijalarini mustahkamlashi kerak.
Istalgan kasalikda dietaterapiya o‘zgacha yondashuvni talab qiladi. Ovqat hazm qilish organlari kasalliklarida dietaterapiya bir qator hollarda davolashning eng muhim omili hisoblanadi.
Zamonaviy dietologiya asosini balanslangan ovqatlanish nazariyasi tashkil qiladi. Bunda oziqa moddalarning va sog‘lom inson energiyasi fiziologik nisbati patogenizga bog‘liqlik, klinik kechishi, kasallanish bosqichlari, umumiy holati va boshqa omillarga tuzatishlar kiritadi. Ba’zi hollarda ovqatlanish patogenetik mexanizmlarga bevosita ta’sir ko‘rsatib (alimentar gastrit, kolit, distrofiya, modda almashiniuvi buzilishi) davolashda asosiy hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lsa, boshqalarida terapiyaning boshqa turlari (masalan xirurgik davolashda) uchun qulay muhit yaratadi va uchinchidan bemorning quvvati va ish qobiliyatini tez tiklanishiga yordam berib, og‘riqli jarayonlarni oldini olishda yoki kasallikni surunkali holatga o‘tishini oldni oladi (profilaktik ovqatlanish). Oxirgi yillarda ovqatlanish biokimyosining rivojlanishi bemor organizmida oziqa moddalarning o‘zgarishidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda dietoterapiyani qaytadan ko‘rib chiqish imkoniyaini berdi. Zamonaviy davolovchi ovqatlanish organizmning asosiy rostlovchi tizimlari buzilishini, oshqozon-ichak traktini moslashuvchanligi va stimullashuvini ta’minlashga, modda almashinuvi jarayonlarini, shu jumladan hujayralardagi metabolizmni to‘g‘rilashga yo‘naltirilgan. Davolovchi ovqatlanish nafaqat shikastlangan organga, balki butun organizmga ham ta’sir ko‘rsatadi. Dietani belgilashda mahalliy va umumiy buzilishlarni, bemorning umumiy energiya yo‘qotishlarini ham hisobga olish lozim. Davolovchi ovqatlanish davolovchi yoki profilaktik xossalarga ega bo‘lgan kunlik (sutkalik) oziqaviy ratsionlar holida tavsiya etiladi. Ma’lum farmakodinamik ta’sirga ega (tarvuz, tvorog, jigar, chesnok va boshqalar) alohida mahsulotlarni belgilash asosiy dieta bilan mos kelishi kerak. Davolash muassasalarida 20 dan ortiq klassik dietalar va ularning variantlaridan foydalaniladi. Davolovchi dietalar bayonining raqamlangan tartibi M.I.Pevzner tomonidan tavsiya qilingan.

Download 26.17 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 26.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10- ma’ruza. Davolovchi ovqatlanish. Reja

Download 26.17 Kb.