• Foydalanilgan adabiyotlar royxati
  • Texnologiyalaridan foydalanish




    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana17.10.2023
    Hajmi0.51 Mb.
    #88238
    Bog'liq
    ZDPP17084
    AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINI HISOBI, singular-plural-worksheet-2, Malumotlar Bazasi labaratoriyalar 1-2, Фото 27.03.2023, Jahongir, Aliev Mustaqil ish Tarmoq, 1692195938, 717a8c08-6d9c-4f97-817e-b566b00e6b3f (1), Informatika tex.xarita, Xaydarova Nigora Berdimuratovna, Pedagogik nizolar va ziddiyatlarning falsafiy pedagogik psixolog, web 2-amaliy Husniddin, 18-Ona tili va adabiyot, portal.guldu.uz-TEXNOLOGIYA VA DIZAYN


    338 
    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
    nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
    BОSHLANG‘ICH SINFLARDA ZAMONAVIY AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
    Allayorova Zamira Mavlonovna 
    Samarqand viloyati, Samarqand shahar , 24-maktab 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.6645348 
    Annotatsiya. Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf 
    darslarida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish, 
    ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish 
    afzalliklari yoritilgan. 
    Kalit so’zlar. boshlang‘ich ta’lim, axborot texnologiyalari, kompyuter, dars, 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy texnologiyalar.
    Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodiy 
    yondashishini tа’minlash, ular faoliyatiga ilg‘or pedagogik va axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hamda o‘quvchilarning 
    dastlabki bilim egallash poydevori mustahkam bo‘lishi, barcha fanlarni 
    o‘zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab 
    chiqilib, hayotga tatbiq etib kelmoqda. 
    Hozirgi davr o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga katta talablar qo‘ymoqda, bu 
    talablarning 
    eng 
    asosiysi-darsning 
    samaradorligi, 
    uning 
    sifatliligi, 
    o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga, maktablardagi turli xil o‘quv 
    mashg‘ulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarni turli bilim va 
    ko‘nikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda tа’lim jarayonini to‘g‘ri va 
    samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, 
    jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o‘rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid 
    multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars 
    jarayonini yana-da qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi, buning uchun esa 
    o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga 
    qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya o‘ziga 
    savol berishi yа’ni, an’anaviy tа’limdan qochib, noan’anaviy tа’lim berishga 
    intilishi lozim. 
    Mа’lumki, tа’lim bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi 
    bo‘lib, dars orqali o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar 
    vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib olishi 
    natijasida undan foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘ladi. Yangi bilimlarni 
    o‘rganish jarayonida esa o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan 
    foydalanishlari tabiiy hol masalan, mа’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta 
    ishlash hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi. Hozirgi 
    kun umumtа’lim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan 
    foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, tа’lim jarayonida zamonaviy 


    339 
    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
    nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
    texnologiyalar 
    imkoniyatlaridan 
    to‘laqonli 
    foydalanish 
    eng 
    muhim 
    ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi yetuk pedagog olimlar tomonidan e’tirof 
    etilganligi hech kimga sir emas. Jumladan, U.Sh.Begimkulov tа’lim jarayonida 
    hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan kompyuter axborot muhitini 
    yaratish hamda tа’lim jarayonida multimedia, o‘qitishda immitatsiya, zarur 
    axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va 
    foydalanish uchun tavsiya qilinadigan mа’lumotlar bazasini yaratishni taklif 
    etadi. 
    Mamlakatimizdagi deyarli barcha umumtа’lim maktablari zamonaviy kompyuter 
    va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu esa, o‘z navbatida, 
    boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha 
    yondashuvlarini talab etadi. Boshlang‘ich sinf darslari o‘quv jarayoniga yangi 
    texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar tomonidan siqib 
    chiqishiga emas, balki yangicha yondashuv orqali uning vazifasi va rolini 
    o‘zgartirib, o‘qituvchilik faoliyatini yana-da serqirra, ijodiy va kreativ 
    yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi. 
    Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda 
    o‘qituvchi dastlab: 
    – darsning maqsadi; 
    – maqsadga erishish yo‘llari; 
    – o‘quv materiallarini taqdim etish usullari; 
    – o‘qitish metodlari; 
    – o‘quv topshiriqlarining turlari; 
    – muhokamalar uchun savollar; 
    – munozara va bahslarni tashkil etish yo‘llari; 
    – o‘zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlab olishi lozim 
    bo‘ladi. 
    Tа’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni aqlan va ruhan yetuk insonlar qilib 
    tarbiyalashda, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz mohiyati bo‘yicha bilim, 
    ko‘nikma va malakalarini rivojlantiriщda ularda buyuk ajdodlarimizning boy 
    mа’naviy me’roslarini o‘rganishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan 
    foydalanish muxim rol o‘ynaydi.
    Kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari orqali pedagog xodimlar hamda 
    o‘quvchilar juda ko‘p miqdorda mа’lumotlarni olish, izlash qayta ishlash va 
    o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Albatta, tа’lim muassasalarida yangi 
    pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish. O‘quv mashg‘ulotlarini yangi 
    interfaol usullar, zamonaviy vositalar yа’ni axborot texnologiyalari vositalaridan 


    340 
    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
    nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
    foydalangan holda o‘tkazish, jumladan, dars mashg‘ulotlarida multimediani 
    qo‘llash, internet tarmog‘idan foydalanish shubhasiz o‘z samarasini beradi. 
    O‘qituvchi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish orqali quyidagi 
    bir qancha vazifalarni amalga oshirishi mumkin: 
    – boshlang‘ich sinflarda multimedia texnologiyalarini qo‘llash orqali 
    o‘quvchilarda fanga qiziqishi rivojlanadi; 
    – tа’limning bunday usuli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi 
    va o‘quv materialini o‘zlashtirilishining samaradorligi yana-da oshadi; 
    – namoyish qilinishi qiyin yoki murakkab bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish 
    va ko‘rish imkoniyatini beradi; 
    – o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki 
    o‘quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham 
    samarali hisoblanadi
    – o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish hamda 
    muammoli masalalarga javob topish orqali mа’lum tadqiqot ishlarini bajarish 
    uchun imkoniyat yaratiladi; 
    – o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar yechishi,insho, bayon 
    – yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot 
    hamda mа’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit 
    yaratiladi. 
    Hozirgi kunda tа’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini 
    o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. 
    Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy tа’limda 
    o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy 
    texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib 
    topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham 
    o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, 
    shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir 
    qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. 
    Boshlang‘ich tа’limga zamonaviy axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv 
    mashg‘ulotlarining 
    samaradorligini 
    oshiribgina 
    qolmay, 
    ilm-fan 
    yutuqlariniamaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har 
    tomonlama barkamol yuksak mа’naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim 
    ahamiyat kasb etadi. Har bir o‘qituvchi ijodkor bo‘lishi kerak, u har bir o‘quv 
    soatiga puxta tayyorlanib yangilik bilan kirishi kerak, chunki har darsda 
    takrorlanadigan bir xillik o‘quvchini darsga va fanga qiziqishini susaytiradi
    natijada dars samaradorligining pasayishiga olib keladi. 


    341 
    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
    nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
    Axborot texnologiyalarining o‘qituvchi va o‘quvchi uchun ahamiyatli jihatlari 
    quyidagilar: 
    – o‘quvchining diqqatini jamlash; 
    – mа’lumot to‘g‘risidagi tasavvurni kengaytirish; 
    – izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil faoliyatga kirishish; 
    – o‘z-o‘zini baholash.
    O‘qituvchi faoliyatida axborot texnologiyalardan foydalangan holdagi 
    darslarning o‘rni quyidagilarda aks etadi: 
    – vaqtni to‘g‘ri taqsimlash; 
    – o‘quv materiali mazmun-mohiyatining yorqin va ishonarli bo‘lishini 
    tа’minlash; 
    – berilayotgan axborot ko‘lamini oshirish; 
    – o‘quv topshirig‘ining turlarini kengaytirish; 
    – sog‘lom raqobat, ijodiy muhitni yuzaga keltirish; 
    – kasbiy malakani muntazam oshirib borish. 
    Kompyuter dasturi orqali oddiy didaktik materiallar tayyorlashda va ularni 
    kompyuter sinflarida o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarga mustaqil ishlash uchun 
    taqdim etish mumkin. Bunday didaktik material izohli matn sifatida, rasmlar 
    bilan bezalgan holda, nazorat savollari bilan o‘quvchilarga beriladi va 
    o‘quvchilar tomonidan bajarilishi nazorat qilinadi. O‘qituvchi faoliyatida eng 
    muhim jihatlardan biri bu o‘quvchilarning bilimini baholab borishdir. Barcha 
    umumtа’lim fanlarining turli bo‘limlariga oid nazorat testlarini kompyuter 
    yordamida tuzish mumkin. 
    Bugungi kunda tа’lim jarayonida didaktik vosita sifatidafoydalaniladigan 
    dasturlarning maxsus bozori shakllanmoqda. Hozirda umumtа’lim darslarida 
    foydalanishi mumkin bo‘lgan internetga joylashtirilgan ko‘plab dasturlar 
    mavjud. Bular sirasiga birinchi navbatda elektron darsliklarni kiritish mumkin. 
    Kompyuter texnologiyalari turli xil interaktiv xarakterdagi topshiriqlardan 
    foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, o‘quvchilar voqealarni xronologik 
    ketma-ketlikda joylashtirish, fanga oid atamalar va tushunchalarni to‘g‘ri 
    izohlash yoki o‘ng va chap qatordagi atamalar va ularning mа’nosini mos 
    ravishda strelka bilan ko‘rsatish yoki berilayotgan mavzudagi tayanch so‘zlarni 
    to‘ldirish, test topshiriqlarini bajarish, krosvordlarni yechish kabi topshiriqlarni 
    qanday bajarganliklarini katta ekranda multimedia yordamida tushirilgan 
    javoblar bilan taqqoslab, bilib borishlari mumkin bo‘ladi. O‘qituvchi dars 
    jarayonida kompyuter yordamida mavjud materiallarni turli xil shaklda: 
    slaydlar, video va audio parchalar diagrammalar, jadvallar, musiqiy 
    ko‘rinishlarda taqdim etiladi. Kompyuter yordamida dars jarayonini tashkil 


    342 
    «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
    nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
    etilishi o‘quvchilar tasavvuri va xotirasiga kuchli tа’sir qilib, eslab qolish 
    jarayonini osonlashtiradi, darsni qiziqarli jarayonga aylantirib, o‘quvchilarni u 
    yoki bu tarixiy davrga olib kirish va voqealar ichida go‘yoki ishtirok etish 
    imkonini beradi. 
    Dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali tа’lim-tarbiya berish 
    oid fikr va mulohazalarimizni bayon etamiz. Boshlang‘ich sinflarda ayrim 
    mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha 
    fikrlarimizni bayon etamiz. 
    «Videotopishmoq» metodi – ushbu metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar 
    ketma-ketligi amalga oshirilishi lozim: 
    – o‘quvchilar e’tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga 
    yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi; 
    – o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi; 
    – jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi; 
    – o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi. 
    Xulosa 
    qilib 
    aytganda, 
    boshlang‘ich 
    sinflarda 
    zamonaviy 
    axborot 
    kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil 
    fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga 
    ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lash hamda darsga 
    qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy 
    talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or 
    pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil 
    etilishi tа’lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Aytish joizki, multimedia 
    ilovalarini har bir darsda qo‘llash natijasida o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy 
    fikrlash yana-da rivojlanadi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston 
    Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
    tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni. 
    2. Tolipov O`.Q., Sharipov Sh.S. O‘quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini 
    rivojlantirishning pedagogik asoslari. – T., Fan, 2012.
    3. Yo‘ldashev J. G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
    amaliyotga joriy qilish. – T: Fan va texnologiya, 2008. 

    Download 0.51 Mb.




    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish