Mavzu: Galiley va uning fizikaga oid ishlari




Download 25.1 Kb.
Sana03.03.2024
Hajmi25.1 Kb.
#166027
Bog'liq
1dars ishlanma
yosh-bolalarda-gelmintozlar-profilaktikasi, RAQAMLI ARXEOLOGIYA MAVZULAR

Mavzu: Galiley va uning fizikaga oid ishlari
Darsning maqsadi:O’quvchilarni fanga qiziqishini oshirish,yangi mavzu haqida ma’lumot berish
Taʼlimiy: Galiley va uning fizikaga oid ishlari mavzusi haqida bilim berish
Tarbiyaviy: Oʻquvchilarni yangi bilimlar egallashda fanlararo bogʻlanishning ahamiyatini yoritib berish orqali bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish
Rivojlantiruvchi: Oʻquvchilarni biz yashab turgan Yer va bizning Galaktikamiz haqida tasavvurlarini kengaytirish
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars usuli:Aralash
Dars jihozlari: Elektron resurslar, kompyuter, proyektor,
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism

Oʻquvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash va darsga tayyorgarligini oʻrganish

  1. Oʻtilgan mavzuni takrorlash

Savol javob usulida oʻtgan mavzu takrorlanadi

  1. Yangi mavzuni tushuntirish

Galileo Galilei (italyancha: Galileo Galilei, 15-fevral 1564 — 8-yanvar 1642) — oʻz davrining ilmiga katta taʼsir koʻrsatgan italyan faylasufi, fizik va astronom. Galiley asosan oʻzining planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mexanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur.

Paduan universitetida boʻlgan vaqtida Galiley inersiya va jismlarning erkin tushishini oʻrgandi. U erkin tushishning tezlanishi tananing massasiga bogʻliq emasligini aniqlaydi, bu bilan u Arastu vaqtidan beri hukm surgan „tushish tezligi“ tana ogʻirligiga proporsional degan nazariyaga chek qoʻyadi. Galiley Piza minorasining tepasida turib, har xil massali jismlarni pastga otib, ularning tushishini ifodalagan, degan afsona mavjud. Boʻlishi mumkinki, Galiley bunday tajribani bajargan, ammo mashhur Pizadagi minoraga buning aloqasi yoʻq.

Galiley klassik mehanikadagi nisbiylik prisipining asoschilaridan biridir. Keyinchalik bu prinsip uning nomi bilan ataladi. Galiley qayd etadiki, bir xil boshlangʻich sharoitlarda istalgan mehanik jarayon izolyatsiyalangan tizimda bir hil kechadi.

1593-yili Galiley „Mehanika“ nomli kitobni nashr etadi, u yerda oʻzining izlanishlarini bayon etadi.

Astronomiya


Tahrir
1609-yili Galiley mustaqil ravishda oʻzining birinchi teleskopini yasaydi. U qavariq obyektivli va botiq okulyarli boʻladi. Truba tahminan uch karra kattalashtirardi. Tez orada u 32-marta kattalashtirishga imkon beradigan teleskopni qurishga muvaffaq boʻladi. Teleskopdagi izlanishlar Oy togʻlar bilan qoplanganini va kraterlar bilan qazib tashlanganini koʻrsatadi, yulduzlar oʻzlarining hajmlarini yoʻqotadilar va birinchi marta ularning kolossal uzoqligi kashf etiladi. Yupiterda oʻzining toʻrt oyiga-toʻrt yoʻldoshiga egaligi aniqlanadi, Sut yoʻli alohida yulduzlarga parchalanadi, juda katta hajmdagi yangi yulduzlar koʻrinadi. Galiley Veneraning fazalarini, quyosh dogʻlarini va Quyoshning aylanishini kashf etadi.
Osmonni kuzatish ishlari asosida Galiley N.Kopernik taklif etgan dunyoning geliomarkazli tizimi toʻgʻri degan xulosaga keldi. Bu 93 va 104 Psalmalarning va Ekkleziast 1:5dan sheʼrning mazmuni bilan toʻgʻri kelmasdi. U yerda Yer qimir etmasligi haqida aytilgan edi. Galileyni Rimga chaqirtirishadi va oʻz qarashlarining propagandasini toʻxtatishini talab etishadi, Galiley bunga boʻysunishga majbur boʻladi.
Galileo Galiley qabri. Santa Kroche sobori, Florensiya.
1632-yili „Dunyoning eng bosh ikki tizimi dialogi — ptolemey va kopernikning suhbati“ nomli kitob chiqadi. Kitob Kopernikning ikki tarafdori va Arastuning bir tarafdori hamda Ptolemeyning ham bir tarafdori oʻrtasidagi dialog shaklida yozilgan. Kitobning nashri Galileyning doʻsti UUrban VIII papasi tomonidan ruhsat etilgan boʻlsa ham, bir necha oydan soʻng kitobni sotishni man etishadi, Galileyni esa Rimga sudga chaqirishadi, u yerga u 1633-yil fevralida keladi. Tergov 1633-yilning 21-aprelidan 21-iyunigacha davom etadi, 22-iyunda esa Galiley unga taklif etilgan inkorlik matnini aytishga majbur boʻladi. Umrining soʻnggi yillarida u juda ogʻir sharoitda ishlaydi. Oʻzining Archertri dala-hovlisida (Florensiya) u uy qamali ostida edi (inkvizitsiyaning doimiy nazorati ostida) va unga shaharga (Rim) kelish ruhsat etilmasdi. 1634-yili Galileyga qarayotgan sevimli qizi vafot etadi.
Galiley „Suhbatlar va matematik isbotlar…“ni yozadi, u yerda dinamikaning asoslarini bayon etadi. 1636-yilning may oyida olim Niderlandlarda oʻzining mehnatini nashri haqida suhbatlar oʻtkazafi, soʻng hech kimga bildirmasdan u yerga qoʻlyozmalarini yuboradi. Oz oʻtmay, u koʻrish hususiyatini yoʻqotadi. „Suhbatlar…“ 1638-yili Neley-deda dunyo yuzini koʻradi, Archertriga esa kitob bir yildan soʻng — 1639-yilning iyunida yetib keladi.
Galileo Galiley 1642-yil 8-yanvar kuni vafot etadi. Uni Archertrida marosimlarsiz va qabr toshlarisiz koʻmishadi. Faqat 1737-yili uning soʻnggi istagi bajo keltiriladi-uning kuli Florensiyadagi Santa Kroche soboriga olib kelinadi, 17-martda u Michelangelo (Mikelanjelo) yonida marosimlar bilan dafn etiladi.
1979-yildan 1981-yilgacha Rim Papasi Ioann Pavel II inisiativasiga koʻra Galileyning reabilitatsiyasi boʻyicha komissiya ishladi va 1992-yil 31-oktabrda Papa Ioann-Pavel II rasman tan oladiki, 1633-yili inkvizitsiya olimni Kopernik nazariyasini inkor ettirtirib xatoga yoʻl qoʻygan.
Shuni bilish muhimki, Galileo Galiley xudoga ishonar edi.
Katolik cherkovi bilan sudidan soʻng, Galiley chiqib „U baribir oʻz oʻqi atrofida alanadi!“ deb aytgan.

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash

Savollar:
1.Galiley fanda qaysi tajribalari bilan mashhur
2.Inersiya va jismlarning erkin tushishini Galiley qaysi universitetda oʻrgangan
3.Mexanika nomli kitobini qachon nashr etiladi
4. Birinchi teleskop qachon ixtiro qilingan
5. Galileyning vafoti haqida bilganlaringizni
5. Faol qatnashgan oʻquvchilarni baholash
6. Uyga vazifa berish
Ushbu mavzuni oʻqib daftarga tushirib kelish. Qoʻshimcha maʼlumotlar topib kelish
Download 25.1 Kb.




Download 25.1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Galiley va uning fizikaga oid ishlari

Download 25.1 Kb.