• Darsning metodi
  • Yangi mavzu bayoni
  • Mustahkamlash
  • Samarqand viloyati Urgut tumani XTBga qarashli 9- umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Saidova Nilufarning 3- sinf uchun Texnalogiya fanidan bir soatlik
  • Mavzu: qo’l yuritmali tikuv mashinasi va tikuv mashinasini ishga tayyorlash darsning maqsadlari: a ta’limiy maqsad




    Download 41 Kb.
    Sana29.12.2019
    Hajmi41 Kb.
    #6250

    MAVZU: QO’L YURITMALI TIKUV MASHINASI VA TIKUV MASHINASINI ISHGA
    TAYYORLASH
    Darsning maqsadlari:
    a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarni tikuv mashinasi bilan tanishtirish va ishga tayyorlashga o’rgatish;
    b)tarbiyaviy maqsad: mehnat orqali o’quvchilarni dunyo qarashini shakllantirish;
    c)rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni hunarning siru-sinoatlarini bilishga harakat qildirish;
    Darsning metodi:suhbat,asbob-uskunalar bilan ishlash.
    Darsning jihozi: darslik,rasmlar,plakatlar,tikuv mashinasi.
    Tashkiliy qism:

    O’quvchilar bilan salomlashish,davomatni aniqlash,uy vazifani so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.


    O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
    1.Qo’l choklarining turlarini sanab bering?

    2.Baxyaqator deb nimaga aytiladi?

    3.Qo’l ishlarini bajarishda qanday asbob-moslamalardan foydalaniladi?

    4.Nima uchun tikilgan buyumlarni dazmollash kerak?


    Yangi mavzu bayoni:

    Hozirgi kunda tikuv mashinalarining ko’plab turlari mavjud bo’lib, ularning ishga tushirilishiga qarab uch turga ajratish mumkin:


    1.Qo’l yuritmali tikuv mashinalari.

    2.Oyoq yuritmali tikuv mashinalari.

    3.Elektr yurutmali tikuv mashinalari
    Har qanday tikuv mashinasi bir necha qismlardan tuzilgan va ular har xil metallar qotishmasidan tayyorlangan.Tikuv mashinasining qismlari va asosiy mexanizmlari quydagilardan iborat:
    1-Platforma

    2-Baxya rostlagichi

    3-Qo’l yuritma korpusi

    4-Ip o’ragich

    5-Maxovik

    6-Tana


    7-Ip tortkich

    8-Tepkini ko’taruvchi richag

    9-Yuqori ipni rostlagich

    10-Igna yuritkich

    11-Moki moslamasi

    12Qisish tepkisi

    13-Igna plastinkasi

    14-Platforma qutisi.

    Tikuv mashinasining qo’l yuritma qismining tuzilishi quyidagicha . Uning korpusida (1) katta uch tishli va kichik besh tishli g’ildiraklar bo’ladi. Katta g’ildirakka yog’och yoki plastmassa (7) richagga (4) o’rnatiladi va u g’ildirakni aylantiradi. Tishli g’ildiraklar harakatni po’lat tizgin (6) orqali maxovikka uzatadi. Richagni katta tishli g’ildirakdagi uyaga (2) , qo’l yuritma korpusini maxsus vint (8) bilan mashina korpusiga mahkamlanadi. Maxovik valni aylantiradi va mashina ishlaydi.

    Tikuv mashinasida ishlaganda quyidagi sanitariya-gigeyena talablariga amal qilish kerak:


    1. Mashina ignasiga old yoki chap tomonidan yorug’lik tushib turishi kerak.

    2. Tikuvchining stuli ignaning to’g’risida bo’lishi lozim.

    3. Tikuvchi tirsagi mashina stoliga to’g’ri kelishi kerak.

    4. Odam tanasi mashina stolidan 10-15 sm narida bo’lib, gavdani to’g’ri tutib, boshini sal egib o’tirishi lozim.

    5. Ignadan ko’zgacha oraliq 30-35 sm bo’lishi lozim. .

    Tikuv mashinasida ishlaganda quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish lozim:

    1. Maxsus kiyim (fartuk) kiyilgan, sochlar ro’mol bilan o’ralgan bo’lishi kerak.

    2. Mashina ustidan ortiqcha narsalarni olish , qaychi o’ngda , tortmada bo’lishi kerak.

    3. Tikayotgan buyum orasida to’g’nag’ich bo’lmasligi kerak

    4. Mashinada ishlashdan oldin uning ignasini va tepkisini to’g’ri o’rnatilganligini tekshirish lozim.

    5. Mashinada ishlayotganda diqqatni buzmaslik , harakatdagi qismlariga yaqin bormaslik kerak.

    Tikuv mashinasi quyidagi tartibda ishga tayyorlanadi:

    1. Baxya yuritkichni rostlash . Baxyaning yirikligi gazlama qalinligi va turiga bog’liq holda tanlanadi ( 0-4 mm gacha). Igna o’rnatiladi. Igna eng yuqori holatga keltirilib , 3-vint bo’shatiladi . 1-igna ariqchasi ip o’tkaziladigan tomonga to’g’rilanadi va 2-igna tutkich teshigiga kiritib mahkamlanadi.

    2. Naychaga ip o’raladi. Mashina salt holatga keltirib, naychaga ip o’raladi.

    3. Ostki va ustki iplar taqilib , mashina ishga tayyorlanadi.
    Mustahkamlash:
    1.Tikuv mashinasining turlarini sanab bering?

    2.Qo’l yuritmali tikuv mashinalarining qanday asosiy qismlari mavjud?

    3.Tikuv mashinasining qo’l yuritma qismining tuzilishini aytib bering?

    4.Tikuv mashinasida ishlaganda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinadi?



    Uyga vazifa:O’qib,tikuv mashinasi bilan ishlashni o’rganib kelish.

    Samarqand viloyati Urgut tumani XTBga qarashli 9- umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Saidova Nilufarning 3- sinf uchun Texnalogiya fanidan bir soatlik


    Download 41 Kb.




    Download 41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: qo’l yuritmali tikuv mashinasi va tikuv mashinasini ishga tayyorlash darsning maqsadlari: a ta’limiy maqsad

    Download 41 Kb.