|
Mavzu: Qaytarma yoqalarga ishlov berish texnologiyasi. Reja: Yoqalar konstruktsiyasini tasnifi
|
bet | 1/3 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 452,88 Kb. | | #133064 |
Mavzu: Qaytarma yoqalarga ishlov berish texnologiyasi.
Reja:
Yoqalar konstruktsiyasini tasnifi.
Paltobop yoqalarga ishlov berish va yoqani yoqa o`miziga o`tqazish.
Ustki yoqaga ostki yoqani ulash.
Yoqalarga ishlov berish usullarini takomillashtirish.
Yoqa turlari va ularga ishlov berish usullari
Ustki kiyimlarda yoqalarga ishlov berish texnologiyasi Shakl jihatidan yoqalar xilma-xil bo’lib, bеshta asosiy guruhga bo’linadi: - taqilmasi yuqorigacha yеtgan kiyimlar yoqasi; - taqilmasi adip qaytarmasigacha yеtgan kiyimlar yoqasi; - alohida bichilgan tik yoqalar; - old bo’laklar va ort bo’laklar bilan yaxlit bichilgan tik yoqalar; - taqilmasi yuqorigacha yеtgan va adip qaytarmasigacha yеtgan kiyimlarning turli yoqalari. Tashqi ko’rinishiga binoan shakli qandayligiga qarab, yoqalarning ko’rinmaydigan ichki tomoni ko’tarma, ko’rinib turadigan tashqi tomoni esa qaytarma dеyiladi. Yoqa ko’tarmasi alohida qism sifatida va yoqa qaytarmasi bilan yaxlit bichilgan bo’lishi mumkin. Yoqa ustki yoqadan, ostki yoqadan va qotirmadan iborat bo’ladi. Yoqaga ishlov bеrish uchta bosqichda amalga oshiriladi: ostki yoqani tikish va qotirma yopishtirish, ostki yoqaga ustki yoqani ulash, yoqani yoqa o’miziga o’tqazish.
Yoqalar konstruktsiyasini tasnifi
Yoqa - kiyimning eng ko`zga tashlanib turadigan detallaridan biri bo`lib, boshqa yirikroq detallarga qaraganda tez-tez o`zgarib turadi. Yoqa moda yo`nalishi haqida ma'lumot tarqatuvchidir. Kiyim modelining o`ziga xos xususiyatlari ko`p jihatdan yoqasining shakli va o`lchamiga bog`liq. Eng sodda qaytarma yoqa bo`yin va yelkani yopib turadi. U bo`yin atrofida joylashgan ko`tarmadan iborat. Bunday yoqalarning tashqi ko`rinishi va konstruksiyasi hamda barcha konstruktiv elementlarning nomlari (89-rasm)da berilgan.
89-rasm. Yopiq taqilmali yoqalarning tashqi ko`rinishi va ularning konstruksiyasi:
a, b, v - qaytarma yoqa;
g, d - yassi yoqa; ye,
j - tik yoqa. Katta hajmli buyumlarga baland ko`tarmali katta yoqalar va aksincha, kichik hajmli buyumlarga kichik yoqalar tavsiya qilinadi. Kiyimlarga mansub
bo`lgan yoqalar shakli turli tumandir. Yoqalarni qurishning turli xil yo`llarining mavjudligi ularni tasniflanishini murakkablashtiradi. Yoqalarni umumqabul qilingan tasniflanishi yo`q. Yoqalarni quyida taklif etilayotgan tasniflanishiga ko`ra: taqilma xarakteriga (yopiq va ochiq taqilmali), bo`yin o`mizi bilan ulanish usuliga (o`tkazma, old va orqa bo`laklar bilan yaxlit bichilgan va kombinasiyalashtirilgan), shuningdek, yoqaning muayyan vazifasiga asoslangan (90-rasm). Tasnifning birinchi guruhiga yopiq taqilmali buyumlar uchun mo`ljallangan yassi yoqalar, turli xil tiklikdagi tik yoqalar, yaxlit bichilgan tik yoqalar, sorochkali va xomut yoqalar kiritilgan. Tasnifning ikkinchi guruhiga ochiq taqilmali buyumlar uchun mo`ljallangan pidjak va shol tipidagi hamda turli shaklga ega bo`lgan yoqalar kiritilgan.
|
| |