Ma’ruza. Servis korxonalarini ishlab chiqarishni boshqarishda qaror qabul qilish usullari. Reja




Download 0.53 Mb.
Sana27.03.2024
Hajmi0.53 Mb.
#178835
Bog'liq
L ishi Andijon mashina-WPS Office
Bir soatlik dars ishlanma(4), beginner elementary placement test, макола илмий (2)

Andijon mashinasozlik instituti Transport va Logistika fakulteti 4-bosqich Avtomobil servis yoʻnalishi K_35-20 Gruh talabasi Bektemirov Abduholiqning Servis korxonalarida sifatni boshqarish fanidan tayyorlagan
Atrabotka ishi
Ma’ruza. Servis korxonalarini ishlab chiqarishni boshqarishda qaror qabul qilish usullari.
Reja.
1. Avtoservis sifatini ta’minlovchi texnik texnologik hujjatlar
2. Ishlab chiqarishda sifatni ta’minlash chora-tadbirlari
3. Xalqaro ISO standartining mohiyati
Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash miqyosida bajariladigan ishlar texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar va shartlarga rioya qilingan holda bajarilsagina sifatli bo‘ladi.
TXK va ta’mirlash sifati quyidagi omillarga bog‘liq:
1. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;
2. Moddiy-texnika ta’minoti;
3. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
4. Metrologik ta’minot;
5. Xizmat sifatiga bo‘lgan talablarni me’yorlashtirish va xizmat
sifati darajasini barqarorlashtirish;
6. Xizmatni baholashdan o‘tkazish (sertifikatsiya);
7. Xizmat sifatini yaxshilashni rag‘batlantirish;
8. Xizmat sifatini boshqarishni huquqiy ta’minlash;
TXK va T ishlarini ishchilar tomonidan texnologik xujjatlar yo‘riqnomasiga asosan bajarilishi. Moddiy-texnika ta’minoti. Xizmatining sifati moddiytexnika ta’minoti holatiga bog‘liq bo‘lib, unga zamonaviy jihozlar, qurilmalar, asbobuskunalar ishlatilishi, mehnatni tashkil qilish va rag‘batlantirishning maqbul shaklidan foydalanishi, ta’mir vaqtida sertifikatlangan ehtiyot qism va agregatni qo‘llanishi orqali erishiladi.
Bunda katta e’tibor ishlab chiqarish mintaqa va ustaxonalarini "Avtoservis korxonalari uchun texnologik jixozlar ro‘yxati"dagi eng zamonaviy sinovnazorat, o‘lchash va diagnostikalash jixozlarining va mexanizatsiyalashgan texnologik vositalarining qo‘llanishiga, texnologik jihozlarning va qurilmalarning rejaviyogohlantiruvchi tartib asosida ta’mirdan chiqarishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish xizmat ko‘rsatish sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Zamonaviy murakkab jihoz va elektronika bilan ta’minlangan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish yuqori malakali, maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kadrlarni taqazo etadi. Avtoservis xizmati bozori rivojlanishi bo‘yicha dunyo amaliyoti avtoservis korxonalarining mutlaq ko‘pchiligida oliy ma’lumotli xodimlar ishlashini ko‘rsatadi.
"Ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni baholash" ishni va xizmatni bajaruvchining malakasi bilan o‘lchanadi. Uni aniqlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
-
bajaruvchining malakasi, ish tajribasi va boshqa tavsiflarining me’yoriy texnik hujjatlarda belgilangan talablarga mosligi (diplomi, razryadi, mehnat daftarchasi, malakasini oshirganligi haqida sertifikatlar va boshqalar);
-
texnologik va me’yoriy hujjatlarni, ishlab chiqarishning metrologik ta’minotini bilishi;
Xizmat sifatiga bo‘lgan talablarni me’yorlashtirish va xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish. Sifatli xizmat ko‘rsatish buyurtmachiga sidqidildan, diqqatye’tibor bergan holda, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini sifatli, kafolatli va o‘z vaqtida bajarishdan iboratdir.
Xizmat sifatiga umumiy va maxsus talablar qo‘yiladi. Umumiy talablar mehnat haqidagi qonun, ichki ishlash tartibqoidalari va boshqa hujjatlar bilan belgilangan. Maxsus talablar ATXKSlarda xizmat ko‘rsatish qoidalari, mutaxassislik bildirgilari, mansab yo‘riqnomalari va boshqa turdagi me’yoriy aktlarda o‘z aksini topgan.
Xizmatni baholashdan o‘tkazish (sertifikatsiya).
Xizmat sifatini sertifikatlash ISO-9000 seriyadagi standartlar bo‘yicha amalga oshiriladi. ISO-9001, ISO-9002 va ISO-9003 standarti 1994 yili qayta ko‘rib chiqilgan, 2000 yili "ISO-9000" ning yangi tahriri tasdiqlangan va hozirgacha amalda.Ishchidan tortib korxonaning birinchi rahbarigacha o‘z ishchi o‘rni va vakolatiyuzasidan sifat menejmentiga jalb etilsagina, xizmatning yuqori sifatli bo‘lishiga erishiladi. Sifatni boshqarishda xaridor talabi, nosozliklar, adashish va xatoliklar haqidagi ma’lumotlar va xaridor fikri axamiyatli o‘rinni egallaydi.
Avtoservis korxonalari sifat tizimi standarti.
Kompaniya dilerlari avtoservis sifatini va mijozlar talabini qondirilishini baholash bo‘yicha mijozlardan so‘rov o‘tkazadi.
Bu standartning maqsadi - iste’molchilarning mahsulot sifatiga bo‘lgan talabini qondirilganlik darajasini baholovchi samarali uslubni o‘rnatish, iste’molchilarni kompaniya mahsulotlari va dilerlar hizmatlari bilan qondirilganlik darajasini oshirish uchun dilerlar xizmatlar sifati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash.Ushbu standart iste’molchilarni mahsulot sifati va avtoservis xizmatidan qondirilganlik darajasini baxolash uchun dilerlik servis stansiyalarida rejaviy tekshirish o‘tkazuvchi tashkilotlarda qo‘llaniladi. "Avtoservis va ehtiyot qismlar" bo‘limi rahbari zimmasiga quyidagi javobgarliklar yuklanadi:
Download 0.53 Mb.




Download 0.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza. Servis korxonalarini ishlab chiqarishni boshqarishda qaror qabul qilish usullari. Reja

Download 0.53 Mb.