• Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning vazifalari
  • Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsadi




    Download 290 Kb.
    bet2/12
    Sana26.03.2019
    Hajmi290 Kb.
    #4526
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsadi: o‘quvchilarni huquqiy ongi, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o‘quvchilarga davlat va huquqning kelib chiqishi, davlat va huquqning o‘zaro munosabati, huquq sohalari, qonunlar, huquqning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlarni berish, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy, ijodiy, erkin va mustaqil fikrlashini shakllantirishdan iborat.

    Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning vazifalari:

    o‘quvchilarning asosiy huquqiy tushuncha, nazariya va qonuniyatlar to‘g‘risidagi bilimlarini shakllantirish;

    o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish;

    huquq ta’limi mazmunining hozirgi ijtimoiy hayot va fan-texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta’minlash asosida o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirish;

    o‘quvchilarni o‘zlarining va o‘zgalarning huquqlarini bilishlari, burch va majburiyatlariga rioya qilishlariga yo‘naltirish;

    davlat va uning qonunlarini hurmat qilish, ularga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish;

    o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me’yorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat.

    huquqiy bilimlar zaminida huquqiy normativ hujjatlar, zamonaviy qonunchilik yutuqlari, tarixda yashab ijod etgan buyuk allomalar va hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan olimlarning huquq faniga oid ishlari bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarni milliy istiqlol va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquq fanidan olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.

    Ushbu o‘quv dasturiga huquqiy meyoriy-hujjatlarga asoslangan holda zarurat tug‘ulganda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin

    “Davlat va huquq asoslari” fani chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining 11-sinflarida Davlat va huquq asoslari fani 1 soat ko‘proq ya’ni jami 68 soat o‘qitiladi. Bunda aynan, shu mavzularni chuqurlashtirib o‘qitish, maktabning o‘quvchilari o‘zlashtirishidan kelib chiqqan holda maktabning metodik kengashida mavzular soatini ko‘paytirish yuzasidan muhokama o‘tkaziladi va pedagogik kengashda tasdiqlab olinadi.




    Download 290 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 290 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishning maqsadi

    Download 290 Kb.