|
“Ta’limda steam ta’lim taexnologiyasidan foydalanishning mohiyati haqidagi bilimlarni bilib olish va tahlil qilish” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi
|
bet | 1/2 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 93,59 Kb. | | #157654 |
Bog'liq Davronova Marjona 1 Termiz davlat pedagogika instituti 4-kurs Boshlang‘ich ta'limning sirtqi shakli 401-guruh talabasi Davronova Marjonaning fanidan “Ta’limda STEAM ta’lim taexnologiyasidan foydalanishning mohiyati haqidagi bilimlarni bilib olish va tahlil qilish” mavzusida tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Qaysi sohalarni olmaylik muvofaqiyat qozonish uchun bilimlarni talab etadi va aynan STEAM texnologiyasi bu maqsadga erishishda yordam bera oladi. Bu metod aynan nazariya va amaliyotni birga olib borish imkonini beradi va bilimlarga asoslanish, bilimlardan o‘rinli foydalanish, mustaqil muvoffaqiyatga erishish, o‘z imkoniyatlaridan zavqlanish imkon beradi. STEAM texnologiyasi barcha ta’lim tashkilotlarida faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. Ushbu texnologiyani ta’limda qo‘llanilishining maqsadi faoliyat jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, bolalarni ilmiy salohiyatini oshirish va texnik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan intellektual qobiliyatini, ijodkorligini rivojlantirishdir. Dasturda bolalarga ma’lum bir tartib, ma’lum bir standartlar belgilab qo‘yilmagan. Faqatgina bola o‘zi mustaqil ravishda, erkin, tajribalarga asoslanib, o‘zi bajarib ko‘rib natijaga erishish, his etib, fikrlab, idrok etib bajarish kerak bo‘ladigan tamoyillarga tayanadi. Ushbu ta’lim dasturi L.S.Vygotskiyning “To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim - bolani rivojlanish sari yetaklaydi” ilmiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan dastur. STEAM dasturida maktabgacha ta’lim tashkilotlaida maxsus tajriba ya’ni laboratoriya xonalari tashkil etib, bolalarni beihtiyor ta’limga jalb etib, faoliyat davomida ularning innovatsion tadqiqotchilik va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM dasturi asosida tashkil etiladigan barcha faoliyatlarda bolaning faolligi muhim sanaladi. STEAM dasturida qandaydir bir g‘oya, qanday bir tushuncha va fikrlar aqlning rivojlanishi uchun asos bo‘la olmaydi. Bola barchasini amaliyotda o‘zi qo‘llab, natijaga o‘zi guvoh bo‘lishi, aniqroq qilib aytganda bajarib his etib ko‘rishi lozim. Chunki faoliyatda manipulyatsiyalash va integratsiyalashgan haqiqiy zamonaviy muhit va uning axborot-kommunikatsiya qismi, va ular bilan birga olib borilga tajribalar bolani ta’limga jalb etadi va qiziqishini oshiradi. STEAM dasturida bolalar bilan tajribalar tashkil etishda doimo bolalarning yosh jihatlari inobatga olinishi faoliyatdagi har bir jarayonlar oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishi lozim. Ushbu tamoyilga amal qilinsagina, bola uchin qiyunchilik tug‘dirmaydi, oson, qulay, qiziqarli, eng asosiysi bolaga mustaqil ravishda tajribalarni amalga oshirish imkonini beradi. STEAM texnologiyasining ta’limdagi muvaffaqiyati shundan iboratki, STEAM ta’lim oluvchiga borliqni anlab, olgan bilimlarini amaliyotda tadbiq qila olish, tajribalar o‘tkazish, olgan natijasidan faxrlanish, his etish, yangisida intilish, tadqiqodchilik salohiyatini beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
“Ta’limda steam ta’lim taexnologiyasidan foydalanishning mohiyati haqidagi bilimlarni bilib olish va tahlil qilish” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi
|