• 1. Kompaniya xolatini tahlil qilish uslubi.
  • SWOT-tahlilda xisobga olinadigan omillar
  • 4‑Mavzu: Kompaniya holatining tahlili Reja




    Download 0.8 Mb.
    bet1/12
    Sana14.11.2023
    Hajmi0.8 Mb.
    #98692
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    4 Mavzu Kompaniya holatining tahlili Reja
    Academic-Data-401201100283 (3), 95306e3e7ee242c817ec559d5cbe1815, 1 mavzu

    4‑Mavzu: Kompaniya holatining tahlili


    Reja:
    4.1 Kompaniya holatini tahlil qilish uslubi
    4.2 Kompaniyani strategik mavqeini baholashda ichki va tashqi muhit tahlili.
    4.3 SWOT tahlil orqali kompaniya holatini baholash
    4.4 Firma xarajatlari raqobatbardoshliligini baholash
    1. Kompaniya xolatini tahlil qilish uslubi.
    Kompaniya xolatini tahlil qilish menejerlarga raqobat bozorida qanday qilib muvoffaqiyatga erishish, raqobatda ustun chiqish uchun nimalar qilish zarurligini ko’rsatib asoslab beradi. Buning uchun quyidagi savollarga javob izlash lozim

    1. Amaldagi strategiya qay darajada samarali?

    2. Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?

    3. Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?

    4. Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam?

    5. Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?

    Bu savollarga javob berish uchun 4 ta tahliliy ko’rsatgichlardan foydalaniladi: SWOT - tahlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili va raqobatbardoshlikni baxolash.
    SWOT-tahlil.
    SWOT - inglizcha Strengts (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar), Opportunities (qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) suzlaridan tuzilgan akronimdir. Kompaniyaning ichki holati asosan S va W bilan, tashqi muxiti esa O va T kursatkichlarda ifodalanadi. 1-jadvalda SWOT-tahlilda xisobga olish maqsadga muvofiq bo‘lgan asosiy omillar keltirilgan.
    1-jadval
    SWOT-tahlilda xisobga olinadigan omillar



    Potentsial ichki
    kuchli jixatlar (S):

    Potentsial ichki
    zaif jixatlar (W):

    Aniq namoyon bo‘lib turgan nufuzlilik

    Ba’zi nufuzli jixatlarni qo’ldan boy berish

    Munosib moliyaviy manbalar

    Strategiyani uzgartirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag’larning yuqligi

    Raqobat kurashi san’atining yuksakligi

    Bozor maxorati urtachadan past

    Iste’molchilarni yaxshi tushunish

    Iste’molchilar xaqidagi axborotning tahlil qilinmasligi

    Tan olingan bozor peshqadami

    Bozorning zaif ishtirokchisi

    Aniq ifodalangan strategiya

    Aniq ifodalangan strategiyaning yuqligi, uni amalga oshirishdagi izchillikning yuqligi

    Ishlab chiqarish kulamidan tejash, narxdagi ustunlik

    Maxsulot narxining asosiy raqobatchilarga qaraganda yuqoriligi

    Firmaning uz noyob texnologiyasi, eng yaxshi ishlab chiqarish quvvatlari

    Eskirgan texnologiya va asbob‑uskunalar

    Ishonchli, sinalgan boshqaruv

    Boshqaruvda teranlik va moslashuvchanlikning boy berilishi

    Ishonchli taqsimot tarmog’i

    Taqsimot tarmog’ining zaifligi

    Yuksak ITTKI san’ati

    ITTKI pozitsiyalarining zaifligi

    Tarmoqdagi eng samarali (ta’sirchan) reklama

    Ilgari surish siyosatining zaifligi

    Potentsial tashqi
    qulay imkoniyatlar (O)

    Potentsial
    ichki taxdidlar (T)

    Iste’molchilarning qo’shimcha guruxlariga xam xizmat kursatish imkoniyati

    Bozor o‘sishining sustlashishi, yangi bozor segmentlari kirib kelishining salbiy demografik uzgarishlari

    Mumkin bo‘lgan tovarlar diapazonining kengayishi

    O’rin bosuvchi tovarlar savdosining o‘sishi, xaridorlar didi va extiyojlarining uzgarishi

    Raqobatchilarning kungilchanligi

    Raqobatning keskinlashishi

    Tashqi bozorlarga chiqishdagi savdo tusiqlarining kamayishi

    Tovarlari arzon bo‘lgan xorijiy raqobatchilarning paydo bo‘lishi

    Valyuta kurslarining ijobiy siljishi

    Valyuta kurslarining salbiy uzgarishi

    Resurslarning kupligi

    Etkazib beruvchilar tomonidan qo’yilgan talablarning kuchayishi

    Cheklovchi qonunchilikning susayishi

    Narxning qonun tomonidan boshqarib turilishi

    Biznes beqarorligining susayishi

    Biznesda tashqi sharoitning beqarorligiga bog’liqlik

    Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir, chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko‘rib chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo‘lgan ishlarga yaxshi moslashgan bo‘lishi lozim. Kompaniyaning o‘ziga xos jixatlarini aniqlash aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, chunki:


    - noyob imkoniyatlar firmaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi;
    - bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;
    - potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.
    Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo‘layotgan qulay imkoniyatlar raqobat ustunligiga ega bo‘lgan yoki o‘sish uchun boshqa imkoniyatlari bo‘lgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
    SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
    - kompaniya usish o‘z strategiyasida o‘zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bulmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin?
    - kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga tuzatish kiritish kerak?
    - qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? Shuni qayd qilib o‘tish lozimki, foydalanish usullari bo‘lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Firmaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa firmalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
    - menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim?

    Download 0.8 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4‑Mavzu: Kompaniya holatining tahlili Reja

    Download 0.8 Mb.