• Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi
  • Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam




    Download 0.8 Mb.
    bet12/12
    Sana14.11.2023
    Hajmi0.8 Mb.
    #98692
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    4 Mavzu Kompaniya holatining tahlili Reja
    Academic-Data-401201100283 (3), 95306e3e7ee242c817ec559d5cbe1815, 1 mavzu
    Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam.
    Kompaniyaning raqobatga bardoshliligini aniqlash uchun qiymatlar zanjiridan foydalanish etarli emas. Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozitsiyasi chuqurroq tahlil qilinishi lozim. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi:

    1. xozirgi vaqtda kompaniya o’zining raqobat pozitsiyasini qanchalik qattiq ushlab turibdi;

    2. amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozitsiyasining mustaxkamlanish va zaiflashish istiqboli qanday;

    3. asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday o’ringa ega;

    4. xozirgi vaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami;

    5. tarmoqning xarakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya o’zining pozitsiyasini ximoya qila oladimi;

    Bu savollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
    1‑qadam ‑ tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxati tuziladi;
    2‑qadam ‑ xar bir ko’rsatkich bo’yicha kompaniya va uning raqiblariga baxo beriladi;
    3‑qadam ‑ raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baxo umumlashtiriladi;
    4‑ qadam ‑ raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jixatlari xaqida xulosa chiqariladi;


    Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?
    Yuqoridagi tahlil natijasini o’rganib, menejerlar nimaga e’tibor berish kerakligini aniqlashlari lozim. Kompaniyaning zaif joyini topa bilish, ana shu zaifliklarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish menejerlarning asosiy vazifasiga aylanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun menejerlar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:

    1. tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarni xisobga olganda firmaning bugungi strategiyasi ma’qulmi;

    2. firmaning amaldagi strategiyasi tarmoqning kelajakdagi muvaffaqiyatning kalit omillariga mos keladimi;

    3. tarmoqdagi 5 ta raqobat kuchlaridan amaldagi strategiya yaxshi ximoya qiladimi;

    4. qanday vaziyatlarda bugungi strategiya kompaniyani tashqi xavflar va ichki zaifliklardan ximoya qila olmaydi;

    5. bir yoki bir nechta raqiblarning xujumi kompaniyaga zarar etkaza oladimi, agar etkaza olsa qanday zarar etkaza oladi;

    6. kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni tugatish uchun yanayam ko’proq ishlashi kerakmi;

    7. bugungi strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimalardan iborat;

    8. kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qo’shimcha choralar ko’rish lozimmi;

    Ushbu savollarning javoblari kompaniya amaldagi strategiyasini davom ettirgani ma’qulmi yoki strategiyani tubdan o’zgartirish lozimmi degan savolga javob beradi.
    Vaziyat tahlilining sunggi bosqichida kompaniyaning ish rejasini tashkil qiluvchi barcha muxim strategik yondashuvlar aniqlanadi. U bajarilgan vaziyat taxhliliga tayanishi va quyidagi savollarga javob berishi kerak:
    - mavjud strategiya tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarga mosmi?
    - mavjud strategiya tarmoqning kelgusidagi muvaffaqiyat omillari bilan qanchalik kuchli bog’liq?
    - mavjud strategiya xozir va ilgari emas, kelgusidagi beshta raqobat kuchidan qanchalik yaxshi ximoyalangan?
    - mavjud strategiya kompaniyani ichki xatarlar va tashqi zaifliklardan ximoyalay oladimi?
    - kompaniya bir yoki bir nechta raqiblarning xujumlaridan xavfsirashi kerakmi?
    - kompaniyaning qiymat pozitsiyasini yaxshilash, ijobiy imkoniyatlarni kupaytirish yoki uning raqobatli pozitsiyasini yaxshilash uchun qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakmi?
    Download 0.8 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustaxkam

    Download 0.8 Mb.