Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning bilish faoliyati




Download 88,5 Kb.
Sana25.01.2024
Hajmi88,5 Kb.
#145827
Bog'liq
ko`zi wwww


Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning bilish faoliyati
13.1. Ko‘r va zaif ko‘ruvchiIarning sezgisi Наг qanday bilish dastlab oddiy sezgilardan boshlanar ekan. Oddiy tilda gapiradigan bo‘lsak, sezgilar bizni borliq bilan bogiab turuvchi vosita, ko'prikdir. Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgilar va boshqalar bizning sezgi bilimlarimizga asos boia oladi. Sezgi bilimlarimizning tarkibi, tuzilishi insonning sensor tizimini tashkil etadi. Insonning sensor tuzilishi uning tarixiy-ijtimoiy taraqqiyoti davomida shakllanib, uning hayot va faoliyat mazmunini belgilaydi. Shu bois, ko‘rish tizimi boshqa analizatorlardan ustun turadi. Inson mehnat faoliyati jarayonining asosida ko‘rish-taktil-kinestetik bogianishlar va optik-vestibulyar yo‘nalganlik yotadi. Ko‘rish analizatorining to la yoki qisman buzilishi zaifko‘rishga, ko‘rlikka olib keladi. Buning natijasida analizatorlar orasidagi bog'liqlik buziladi. Mutanosiblik yo'qoladi. Buning oqibatida insonning sensor tuzilishida, birinchi navbatda mantiqiy bilish va tajribada me’yordan chetga chiqish kuzatiladi. Agar inson ruhiyati dinamiklikka va egiluvchanlikka ega bo‘lmaganda edi, bularning barchasi qaytarilmas, takrorlanmas oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. 1880-yillardan boshlab tiflopsixologik tadqiqotlarda sezish chegaralarini o'rganish boshlangan edi. Qisman yoki zaif ko'ruvchilardagi sezgi chegaralari o‘ziga xosligi bilan, nuqson chuqurligi bilan, uzviy bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Qator tadqiqotlarda absolyut sezish chegarasiga old turli qarashlar, ma’lumotlar bor. Normal bolalardagi sezish chegaralari bilan yaqinligi haqida ham ma’lumotlar yetarli. Kompensator o‘zgarishlar ham o‘ziga xos tarzda amalga oshar ekan. Turli sezgilarning o‘zaro ta’siri oqibatida ayrim analizatorlar faoliyati tezlashadi, ayrimlarining faoliyati susayadi. Ayrim hollarda sezgilararo aralashuvlar ham yuz berar ekan. Tiflopsixologiya fan bo‘lib shakllana boshlagandan buyon qaysi sezgilar yetakchi bo'lishi ustida tadqiqotlar olib boriladi. Keyingi yillardagi ilmiy tadqiqotlarning isbot etishicha, ko‘rish nuqsoni oqi217 batida asosan taktil va kinestetik analizatorlar faoliyati faollashar ekan. Total ko'rlarda haqiqatan shunday holat kuzatiladi. Bu haqida ikkilanish kerak emas. Ammo, qisman ko‘ruvchi (0,005 dan yuqori) shaxslarda esa bu holat o‘ziga xos mazmun kasb etadi. Lekin zaif ko‘ruvchi bolalar, kattalarda esa asosiy sezgi sifatida ko'rish qolaveradi. Ko‘rish sezgilari ko‘rish analizatori faoliyatining natijasi, mahsuli sifatida qoladi. Bunda ko‘rish retseptorlari, ko'rish asab tolalari qo‘zg‘alishlarni bosh miyaga uzatuvchi sifatida, bosh miya orqa qismida joylashgan ko‘rish analizatori yadrolari ma’lum darajada ko‘rish jarayonining vazifalarini bajaradi. Ko'rish analizatorlari ayrim qismlarining zararlanishi uning faoliyatini qisman buzsa, analizator to‘la buzilsa, ko‘rlik yoki zaif ko‘rishga olib kelishi mumkin. Ko‘rishning chuqur buzilishi natijasida eshitish sezgilarida ijobiy o'zgarishlar yuz bera boshlaydi. Bu holat ko‘rlik oqibatida yuz bermaydi. Balki, eshitish analizatorining boshqa bir analizatorning zararlanishi oqibatida faollashishi yuz beradi. Ko‘rlarda eshitish normal taraqqiy etadi. Bu narsa ko‘rish qobiliyati buzilgan shaxslarning to‘laqonli bilim olishlari va olgan bilimlarini amalda qo'llay olish imkonini beradi. Normal ko'ruvchi shaxslarda narsa va atrof-muhitidagi holatlar ko‘rish orqali idrok etilsa, ko‘rlarda esa, teri sezgilari asosiy rol o‘ynaydi. Shuning oqibatida ko‘rish nuqsoni bor shaxslarda tana a’zolarining, ayniqsa inson bilish faoliyatida, xususan mehnat jarayonida tutgan, egallagan o'rni keskin oshadi. Buning oqibatida sensibilizatsiya — taktil sezgilarining ortishi kuzatiladi. Taktil sezgilar ko‘rlarning barcha a’zo terilarida yuz bermasdan, balki ayrim qismlaridagina yuz beradi. Ayniqsa, qo‘l, kaft qismida bu holat sezilarli darajada bo‘ladi. Tadqiqotlarning isbot etishicha, ko‘r barmoqlaridagi sezgilar normal shaxslarnikidan ancha ustun ekan. Bunday o‘sish ko‘r shaxslarning o‘qish tizimi — Brayl bilan uzviy bog‘liqdir. Bunda asosiy rolni o‘ng qo‘ldagi ko'rsatkich barmoq egallaydi. Nafaqat teri sezgilar, tuyg'ulari balki, bu bolalarda harorat sezish qobiliyati ham, og‘riq tuyish qobiliyati ham birmuncha ortar ekan. Bu sezgilar faoliyat jarayonida rivojlanadi va shakllanib boradi. Haroratni sezish sezgilari ham bu bolalarda ancha o‘sishga moyil ekan. Teri sezgilari majmuasida (kompleksida) yorug‘lik va rang ta’sirlariga javob berish ham o'ziga xos 218 mazmimga ega ekan. «Teri orqali ko'rish» fenomeni — qobiliyati azaldan ma’lum. Tadqiqotlar natijasida ma’lum bolishicha, buning asosida tok, tok magnit tebranishlari yotar ekan. Harakat analizatori inson hayotining dastlabki kunlaridanoq yetakchi o‘ringa chiqadi. Faoliyat jarayonida harakat analizatori differensirlashib boradi. Bunda ko‘rish nazorati talab ham etilmaydi. Ko‘rish faoliyatining kamayishi, ba’zan yo'qolishi natijasida kishida tebranish sezgilari orta boradi. Ma’lumki, total ko'rlar ma’lum masofa uzoqlikda turgan qimirlamas narsalar: daraxt, devor va boshqa narsalarni sezadilar. Bu sezgilar predmet mohiyatdan yiroq bo‘Iib, ko‘rlar u narsa haqida ma’lumot berolmaydilar. Ko‘rish a’zolari me’yordagi kishilar uchun ta’m bilish va hid bilish unchalik rol o‘ynamaydi, ammo ko‘rlar uchun bu sezgilar nisbatan katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lum bo'lishicha, ko‘rlar normal ko‘ruvchi)ardan ko‘ra bir qancha darajada hidni, uning yo'nalishini yaxshi bilar ekanlar. Total ko‘rlarda vestibulyar apparatning roli nisbatan ortadi. Tana muvozanati uchun bu apparatning vazifasi katta. Bu apparat vazifasining o‘zgarishi uning sezgirligining ortishiga olib kelar ekan. Qator tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, total ko‘rlarda vestibulyar apparat normal ko'ruvchi shaxslarnikidan yaxshi rivojlanar ekan. Ko‘rish nuqsoni bo‘lgan shaxslardagi turli sezgilarning faollashishi, rivojlanishi ularning hayotda oson moslashishlariga yordam beradi. Jovni topish va mo‘ljalga olishda sezgi a’zolarining ahamiyati. Ko‘rish sezgisi. Sog‘lom kishilarning atrof-muhitdagi, fazodagi yo‘nalishni aniqlashlarida, yo‘l topishlarda ko‘ruv a’zosi — ko‘zning ahamiyati katta. Ko‘zi ojizlar, hatto ko‘ruv o‘tkirligi juda past ko'zi ojizlar ham katta maydonlarda, yo‘llarda harakatlanganda ozgina bo‘lsa ham qoldiq-qo‘rquvdan foydalanadilar. Ko‘zi ojizlar nurni, yorug‘likni sezib, katta narsa va obyektlarning shaklini xira bo‘lsa ham sezgan holda o‘shani mo‘ljal qilib joyda harakatlanadilar. Qora va oq nur, soyalarning almashinuvi bilan ular oldinda to‘siq borligini sezadilar. V.S.Sverlov ko‘zi ojiz kishining joyda, yo‘lni va yo‘nalishni qanday topib yurishi haqidagi gaplarini keltiradi: «Atrofdagi hamma narsalar mening uchun kulrang tuyiladi. Lekin, bu rang ham tuslarga bo‘linadi, ba’zi bir narsalar qora, boshqalari oqga o‘xshaydi. Men yo‘l, ko‘cha yorug* 219 bo‘lsa, olzimdan bir necha metr naridagi devorni kulrang to‘siq sifatida sezaman. Shu devor bo‘ylab har kuni yurganim uchun, u yerda hamma narsalar menga tanish boigani uchun ham tez yurib ketaman. Bu yo‘lda har xil qora dogiar ko‘rinadi, bu daraxtlarning soyasi, qurib qolgan loy va boshqalar bo‘lishi mumkin. Lekin, bu soyalar menga tanish bo‘lgani uchun ham, ular menga yurishimda mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi. Lekin, bordi-yu yo‘l tanish bo‘lsa-yu bu yoida soyalar ko‘p bo‘lsa juda ham qiynalaman. Agar yorug‘lik va soyalar almashib turadigan joy bo'lsa ham menga qiyin». Teri sezgisi. Ko‘zi sog‘lom kishi uzoqni ko'radi. Qo‘l va oyoq bilan tevarak-atrofni tekshirish imkoniyati chegaralangan. Ammo, ko'rlarda teri-muskul — harakat analizatorlari yo‘lni aniqlashda, fazoviy yo‘nalishlarni tekshirishda asosiy rol o‘ynaydi. Turmushda, o‘quv va ishlab chiqarishda qo‘1 sezgisi predmetlarning faqat shaklini emas, balki ularning bir-birlariga nisbatan joylashuvini, yo'nalishning xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Qo‘l va oyoqning imkoniyatlari chegaralangan joyda, ko‘rlar atrofni tekshirish doirasini kengaytirish uchun hassadan foydalanadilar. Sinf xonasi, ish joyi, tanish yo‘ldagi narsalarning joylashuvi ko‘rlarning xotirasida yaxshi saqlanadi. Eshituv sezgisi. Ko'rlar eshituv sezgisi va idroki yordamida o‘z atrofidagi olamni, narsa va obyektlarni sezadi, idrok etadi. Ularning hajmi, joylashuvi, yo‘nalishi (agar harakat qilayotgan bo'lsa) va boshqa sifatlari haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Narsalarga urilib qaytayotgan tovush aks-sadosi narsalarning shakli, kattaligi va boshqalar haqida aniq ma’lumot bermasa ham ko'rlar uni boshqa predmetlardan kelayotgan tovush bilan farqlab, shu narsaning uzoq-yaqinligi, katta-kichikligini va boshqa tomonlarini aniqlaydi. Masalan: ko‘rlar ko‘chada yurganida tovushlarni tahlil etib, odamlar haqida (har bir kishi o‘ziga xos qadam tashlaydi), narsalarning bir-birlariga joylashuvi, mashina va boshqa harakatlanayotgan narsalarning yo‘nalishini, o‘zlariga zarur joyning moijalini oladilar. Narsa va obyektlarning joylashuvi haqidagi tasavvur ko‘rlarning har kungi turmushida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ko‘rlar katta joylarda harakatlanganda yo‘nalishni aniqlash va oldindagi narsalar va to‘siqlarni aniqlashda tovushning aks-sa220 dosidan samarali foydalanadilar. Buning uchun ular qoilarini birbiriga urib qarsak chalish bilan, qo‘lidagi hassasini biror narsaga urish bilan ulardan qaytgan aks-sadodan atrof-joy haqida ma’lumot to‘playdilar. Bunday aks-sado o‘sha narsaning mohiyati, mazmuni haqida ma’lumot beradi. Hid bilish ko‘rlarda bu sezgining ahamiyati katta. Kolrlarni kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ko‘rlar kishilarni hidlar yordamida farqlashlari mumkin. Ular har xil buyumlarni, ba’zi meva va sabzavotlarni, oziq-ovqatlarni hid bilish yordamida farqlaydilar. Ayniqsa, buzilgan ovqatlarni aniqlash yordamida, ko‘rlar hid bilish yordamida amalga oshiradilar. Savol va topshiriqlar 1. Ko‘rlarda sezgilarning qanday xususiyatlari bor? 2. Zaif ko‘ruvchi shaxslar sezgi xususiyatlari qanday? 3. Sezgilarni korreksiyalash, rivojlantirish imkoniyatlari haqida gapirib bering. 13.2. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning idroki Idrok predmet va hodisalar mohiyatining, sifatining va obrazining ongimizda butunligicha, to‘laligicha paydo bo'lishidir. Bola o‘yinchoqlar, har xil predmetlar bilan faoliyat ko‘rsatarkan, bu predmetlarning mohiyatini, tarkibiy qismlarini, tomonlarini o‘rganadi. Asta-sekinlik bilan bolaning sensor rivojlanishi jarayonida predmetlar va hodisalarning obrazi bolaning ongida butunligicha shakllanib boradi. Odatda, ko‘ruv, eshituv, sezgi, hid va ta’m bilish idroklari farqlanadi. Ammo, predmet va hodisalarning ongimizda butunligicha va bir tuzilishda idrok etilishi bu analizatorlarning o'zaro birgalikda faoliyat ko‘rsatishining natijasidir. Shuningdek, idrok faqat predmetlarning muhim belgilari va xossalarining butunligicha ongimizda aks etishigina bo‘lmasdan, balki predmet va hodisalarning mohiyati, mazmuni va ma’nosi, nomining ham butunligicha anglanishidir. A.A. Lyublinskaya ko'rsatib o'tganidek, predmetlar o‘rtasida makon munosabatlarini idrok etishda nutq, bolalarning makon muno221 sabatlarining nutqiy ifodalarini egallashi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Makon munosabatlarini to‘g‘ri qayta yaratish bola harakatga hamroh nutqda predmetlarning makon munosabatlarini ko‘rsatadigan so‘zlarni qo‘llagandagina mumkin bo‘ladi. L.A.Venger tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘tkazilgan idrok rivojlanishini o‘rganishga bag'ishlangan tadqiqotlar ko‘rsatdiki, pretseptiv harakat bilish usullarini takomillashtirish jarayonida shakllanadi. Ilk yoshdan maktabgacha yoshga o‘tishda, ya’ni 3 yoshdan 7 yoshgacha produktiv va konstruktiv faoliyat ta’sirida bolada pretseptiv analitik-sintetik faoliyatning murakkab turlari, jumladan, bu operatsiyalarni amaliy planda bajarishdan oldin, ko‘rib turgan obyektni xayolan qismlarga ajratish va keyin ularni yaxlit birlikka birlashtirishga oid murakkab qobiliyat yuzaga keladi. Pretseptiv obrazlar predmetlar shakliga nisbatan yangicha mazmun kasb etadi. Predmetlar konturidan (chizgilaridan) tashqari ularning strukturasi, makon xususiyatlari va ularning qismlari nisbatlari ajratiladi. L.A. Vengerning fikricha, idrok bilan bog‘liq qobiliyatlar asosini pretseptiv harakatlar tashkil qiladi. Ularning sifati bolaning pretseptiv etalonlar maxsus tizimini o‘zlashtirishiga bog‘liq. Idrokda bu kabi etalonlar, masalan, shaklni idrok etishda geometrik shakllar, rangni idrok etishda — spektral gamma, o‘lchamni idrok etishda — ularni baholash uchun qabul qilingan fizik kattaliklar sanaladi. Pretseptiv harakatlarni takomillashtirish va bunday harakatlarning yangi tiplarini o‘zlashtirish yosh kattalashishi bilan idrokda progressiv o‘zgarishlarni, ya’ni ular bo‘laklash aniqligi ortishi va boshqa muhim sifatlarni egallashni ta’minlaydi. L.I.Rudakova ko‘rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda ko‘rish idroki rivojlanishi darajasini xarakterlab, bolalarda tahlil idrokining rivojlanganlik darajasi sensor etalonlar tizimini egallaganlik darajasi bilan belgilanishini ta’kidlaydi. Ko‘rish idroki. Ko'rish analizatorlari yordamida kishi predmetlarning rangini, shaklini, hajmini, katta-kichikligini, harakat va harakat yo'nalishini aniqlaydi. Ko‘rish idroki funksiyalarining buzilishi atrof-voqelikni bilishda katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, bu predmetlar olami haqi222 dagi hissiy ma’lumot va uning nutqiy talqini o‘rtasidagi uzilishda namoyon bo‘ladi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchilarda ko‘rish analizatorlari faoliyatining buzilishi analizatorlar ichida yoki analizatorlar orasida yangi boglanishlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Ko'ruvchi shaxslarga nisbatan bularda u yoki bu analizatorlar tizimi faollashadi, rivojlanadi. Ko‘r yoki zaif ko‘ruvchi shaxslardagi ko‘rish analizatorlaridagi bu nuqson oqibatida normal ko'ruvchi shaxslardagidan farqli ravishda, o‘ziga xos analizatorlararo munosabatlar yuzaga keladi. Bu holat o‘ziga xos bo‘lgan, faqatgina shu toifa nuqsonlargagina tegishli bo‘lgan xususiyatlardir. Ko'rishning zararlanish oqibatlari birinchi galda sezilarli ta’sir etadi. Mashhur psixolog B.G. Ananyev g‘oyalariga tayanadigan bo‘lsak, sensor taraqqiyot normada ham nuqsonda, ham bir yo'nalishda ketib ularning qonuniyatlariga bo‘ysunar ekan. Fiziolog A.A. Uxtomskiy ta’biricha, «eshitish — inson sezgi a’zolaridan eng asosiysidirki, insonning inson darajasiga yetishida katta rol 0‘ynaydi1». Demak, ko‘rishdan keyin inson hayotida, bilim egallashida, inson bo‘lib yetishishida eshitish analizatorlari turar ekan. Ma’lumki, ko‘rlar qatoriga, toifasiga ko‘rish o‘tkirligi 0 dan 0,04 gacha bo‘lganlar kirsa, zaif ko‘ruvchilarga 0,05 dan 0,2 gacha bo‘lgan shaxslar kiradi. Ko‘rlar uchun eshitishning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, A. Krogius shunday yozadi: «Ko‘rlik haqida gapirganda aslida tuyish sezgilari orqali olingan bilimlar haqida fikrlaymiz. Ammo, ko‘rlarni uzoq muddat kuzatishlar asosida shunga amin bo‘ldimki, bizlarga kolrish qancha ahamiyatga ega bo‘lsa, eshitish ko\rlar uchun shunchalik ahamiyat kasb etar ekan». Bu fikrlar R. Dyufoga tegishli fikrlardir. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun eshitish dunyoni bog‘liqli bilishda, fazoviy va ijtimoiy moslashuvlarida katta rol 0‘ynaydi. Hid bilish jarayonlari ham ko‘rlarda o‘ziga xos tarzda rivojlanar ekan. O.I.Skoroxodova bemalol non, oziq-ovqat, sanoat va boshqa tur magazinlarni hech bir qiyinchiliksiz farqlay olgan. 1 Ухтомский A.A. Танланган асарлар. — ТДУ. 220-бет. 223 Idrok ruhiy va asab tizimida o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, uning maxsus markazi bosh miyada joylashgan. Shaxsning hayot tarzi, ish faoliyatining harakatiga qarab biror analizator dominant — yetakchi bo‘ladi. Ushbu shaxsda o‘sha idrok turi kuchli bo‘ladi. Ko‘pgina sog‘lom kishilarda ko‘ruv idroki yetakchidir. Ammo, ko'ruv o‘tkirligi jiddiy pasayganda (0,03—0,02 gacha va undan past) va total ko‘rlarda teri-mexanik, harakat analizatorlari yoki teri sezgi idroki yetakchilik qiladi. Ammo, kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘ruv o‘tkirligining eng past darajasida ham, ko‘rlar ko‘p hollarda ko‘ruv idrokidan faol foydalanadilar. Total ko'rlarda atrof-olamni idrok etish asosan eshituv analizatorlari yordamida amalga oshadi. Lekin, eshituv sezgisi va idroki tashqi olam va undan narsalar haqida bir tomonlama, ya’ni ularning fazodagi holati va fizikaviy mohiyati haqida juda tor tushuncha beradi. Insonning tashqi olamni sezishini — idrok etish jarayoni polisensor tarzda hamma mavjud sezgi analizatorlari va idrok turlari qatnashgan holda kechadi. Faqat, shunday holatda narsa va hodisalarni butunligicha, ongli — tushunib, umumlashgan holda, tanlab idrok etish yuz beradi. Masalan: ko'rlarda tashqi olamdagi narsalar va obyektlarni tanlab idrok etishning chegaranlanganligi, yo‘qligi, narsalarning go'zalligidan hissiy ta’sirlanishning kamligi natijasida his-tuygbu va qiziqishlar doirasining torligi kelib chiqadi. Ko'rlarda predmet va obyektlarni keng va chuqur idrok etish teri va harakat analizatorlari yordamida amalga oshadi. Bu esa idrok etilayotgan narsalarning mohiyati, tarkibi, hamma xossalari haqida yetarli, keng ma’lumot olishga kamlik qiladi. Natijada, ko‘rlarda sensor tajriba kam boiib, predmet va hodisalarni ongli va butunligicha idrok etish buziladi. Ko‘zi ojizlarda ko‘ruv idroki ko‘rish a’zolari nuqsonining darajasiga va narsalarning katta-kichikligi, uzoq-yaqinligi, xonaning yorug‘ligiga bog'liq, sog'lom inson atrofidagi narsalarni ikkala ko‘zi bilan ko‘rganda (binokulyar ko'ruv) obrazlar — idroki to‘liq bo‘ladi, ammo ko‘zi ojizlarda ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi past yoki 224 bir ko‘zi umuman ko‘rmas]igi mumkin. Bunday holatda narsa va obyektlarning fazoda tomonlarini aniq ko'rish buziladi. Ko‘zi ojizlar narsalarni, rasmlarni tanishga qiynaladilar. Ko‘zi ojizlar rasmlarni, ayniqsa murakkab rasmlarni butunligicha idrok eta olmaganlari uchun, rasmdagi narsalar, personajlar o‘rtasidagi bog‘liqlik buziladi. Rasmning muhim qismini ko‘ra olmaganligidan tasvirning asosiy (asl) mazmuni haqida xato fikr paydo bo‘lishi mumkin. Rasmni butunligicha (fazodagi narsa va obyektlarni ham) idrok etish uchun uni uzoqdan, yaqindan, keyin har tomondan turib tomosha qilinadi. Shunday tomosha qilinganda narsa va obyektlar (rasmlar) haqida, ularning muhim qismlari yetarli darajada aniq idrok qilinadi. Ko'zi ojizlarda ko‘ruv o'tkirligining pastligi, ko\ruv doirasining torligi uchun ham bu jarayon qiyin kechadi. Natijada ularda harf va bo‘g‘inlarni, sonlarni, geometrik figuralarni idrok etish tezligi keskin kamayadi. Ayniqsa, ko‘r va ko‘zi ojizlar uchun fazoda harakat qilayotgan narsalarni (qush, samolyot va boshqalar) idrok etish ancha qiyin. Bu kamchiliklar ularning o‘qish, yozish malakalarini egallash lari ni qiyinlashtiradi. Ular ko‘pincha daftardagi chiziqni yaxshi ko‘rmaganliklari uchun qiyshiq yozadilar, harflarning elementlari tushib qoladi, baland-past yoziladi va hokazo nuqsonlarni ko‘plab uchratish mumkin. Narsalarning shaklini va hajmini idrok etish. Narsalarning asosiy belgisi — sensor mazmuni uning shaklidir. Shakl — narsa, uning mohiyati va mazmuni haqida ko‘p ma’lumot beradi (Yer sharining kichik shakli — globusni eslang). Narsalarning katta-kichikligi, hajmini bir vaqtning o‘zida ko‘ra olish idrokning sifatiga ta’sir etadi. Ko‘zi ojiz bolalar va kattalar narsa va obyektlarni tekshirayotgan vaqtda uni hamma tomondan ko‘ra olmasliklari, ko‘z soqqasini predmetni tartib bilan — tizimli ko‘rib chiqishga xalaqit berishi, shuningdek, ko'zning tez charchab qolishi natijasida olingan axborot kam, noaniq bo‘lishi mumkin. Narsalarning shakli, hajmi, proporsiyasi haqidagi ma’lumotlar ham ko‘zi ojiz bolalarda aniq bo‘lmasdan qoladi. Rang va tuslarni idrok etish. Insonning diqqatini o‘ziga jalb qiluvchi narsa bu rangdir. Rang yordamida narsalar haqidagi bilimlarimiz boyiydi, mazmun kasb etadi. 225 Ayniqsa, rang insonda his-tuyg‘uni uyg‘otadi. Ko‘zi ojiz bolalarda rangni idrok etish qiyinlashgan bo'ladi. Ayniqsa, ular qizil, ko‘k, yashil ranglarni qiyinchilik bilan idrok etadilar. Tuslarni idrok etish katta qiyinchilik tug‘diradi. Ko‘zi ojizlar aniq yaqqol chiziqlar bilan chizilmagan ko'rgazmali qurol, rasmlarni farqlashga qiynaladilar. Shuning uchun ham ko‘zi ojizlar uchun chiqariladigan ko‘rgazmali qurollar, chizma va rasmlar murakkab ranglarda boimasdan, balki qora-qalin chiziqlar bilan chizilgan aniq va yaqqol bo‘lishi shart. Harakatni idrok etish. Narsalarning fazodagi holatini idrok etish ko‘zi ojiz bolalar va kattalarda ko‘ruv doirasining torligidan, ko‘ruv o‘tkirligining pastligi, ko‘z soqqasining harakatchanligining pastligi (kamligi)dan sust kechadi. Eshituv idroki. Bola o‘sib borishi bilan eshituv idroki murakkablashib, tovushning uzoq-yaqinligini, tanish-notanishligini, yo‘nalishini va boshqa xususiyatlarini farqlashga o‘rganib boradi. Tovushlarni aniq va nafis idrok etish asosan maktabgacha va kichik maktab yoshida shakllanadi. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar eshituv yordamida tashqi muhitni idrok etadilar. Ular eshituv bilan faqat tovushlarni, fazoni idrok etib qolmasdan, joyning tuzilishini, narsalarning katta-kichikligini, hatto go‘zalligini ham idrok etadilar. Masalan: barglarning shitirlashi, qushlarning sayrashi va boshqa narsalar tabiat va uning tuzilishi haqida, go‘zalligi haqida bu toifa bolalarga ko‘plab axborot beradi. Teri yoki paypaslab idrok etish. Teri yordamida inson og‘irlikni, bosimni, yuzaning xossalarini, zichlikni, issiq-sovuqni, ogirlikni va boshqalarni sezadi va idrok etadi. Inson ko'ruv yordamida narsa va obyektlarning В xil belgilarini farqlasa, teri yordamida paypaslab 11 xil toifadagi belgilarni farqlay oladi. Mehnat jarayonida chap va o‘ng qoilarning ish bajarishdagi vazifasida taqsimlanish yuz beradi. 0 ‘ng qo‘l asosan mehnatda, mehnat qurollaridan foydalanishda yetakchi rol o‘ynaydi, chap qo‘l yordamchi vazifani va nazorat vazifasini bajaradi. Shuningdek, barmoqlar ham ma’lum ish bajarishga ixtisoslashgan. Masalan, o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i bu toifa o‘quvchilarda relyefli nuqtalarni topish va farq226 lashga moslashgan bo‘lsa, chap qo‘lning ko‘rsatkich barmogi shu olingan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi. Paypaslab idrok etish uch xil yo‘l bilan amalga oshadi. 1. Passiv shaklda paypaslash. Bunday idrok teri yuzasidagi analizatorning nisbatan tinch vaqtida amalga oshadi. Narsalarning zamon va makondagi moddiy, fazoviy xususiyatlari, ogirligi, shakli, hajmi, uzun-kaltaligi, issiq-sovuqligi va hokazolar aniqlanadi. Ammo, passiv shaklda idrok etishda predmetlarning ko‘pgina jihatlari: hajmi, shaklini yetarli idrok etish yuz bermaydi va natijada predmetning mohiyati va mazmuni haqida yaxshi tushuncha shakllanmaydi. 2. Shaklda paypaslash — gaptika. Narsa va obyektlarni faol ravishda paypaslash — gaptika deyiladi. Bunday idrok etishning teri mexanik va harakat analizatorlarining o'zaro hamkorlikda, integrativ faoliyati yotadi. Faol paypaslash jarayonida predmet va obyektlarning fazodagi hajmi, belgi va munosabatlari, moddiy dunyosining jismiy mohiyati yetarli va faol tekshiriladi, aniqlanadi. 3. Har xil asboblar vositasida narsa va obyektlarni sezish — idrok etish. Bunga ko‘r va ko‘zi ojizlarning hassa yordamida joyni va yo‘nalishni aniqlash yoki grifel yordamida relyefli-nuqtali shriftni o‘qishni misol qilib ko‘rsatsa bo'ladi. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar joyning past-balandligi, yumshoq-qattiqligini va boshqa xossalarini, yerning relyefini oyoq kiyimi yordamida sezadilar. Inson faoliyatining asosiy turlari: o‘yin, o‘qish va mehnat jarayonida paypaslab sezishning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi (hatto ko‘ruv sezgisi ham). Shaxsning paypaslab sezish qobiliyati ko‘rlikni kompensatsiya qilishning asosiy vositalaridan hisoblanadi. Hatto, sog'lomlarda ham qo'l bilan ish bajarilganda, paypaslab sezish asosiy boshqaruv vazifalarini bajaradi. Ko‘rlarda paypaslab sezish bilish va nazorat qilish vazifasini bajaradi. Ammo, paypaslab sezish ko‘rishning o‘rnini bosa olmaydi. Birinchidan, teri, muskul-bo‘g‘in sezgisi narsalarning hamma belgisini o‘zida aks ettira olmaydi. Ikkinchidan, paypaslab sezishda tekshirish doirasi chegaralangandi r. Shunga qaramasdan paypaslab sezish atrof- olam va tashqi muhit haqida ko‘rlarga zarur ma’lumotlarni olishga yordam beradi. 227 Savol va topshiriqlar 1. Ko‘rlarda idrokning qanday xususiyatlari kuzatiladi? 2. Zaif ko'ruvchi shaxslarda idrok xususiyatlari qanday bo‘ladi? 3. Idrokni korreksiyalashning qanday imkoniyatlari mavjud? Tayanch so‘zlar va tushunchalar 1. Illuziya — borliqning noto‘g‘ri idrok etilishidir. 2. Idrokning konstantligi — idrok sharoiti o‘zgarsada, idrok qilinayotgan narsalarning nisbatan o‘zgarmasligi tushuniladi. 13.3. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning xotira xususiyatlari Xotira, xotirot, esda saqlash, esga tushirish, unutish... bu so£zlar, jumlalar mohiyatining inson hayotida tutgan o‘rnini, ahamiyatini oddiy tilda, bir og‘iz so‘z bilan tushuntirib bo‘lmas, negaki, bu masalani, xotira deb atalmish — fenomenni oddiy tushuntirish bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Bu muammo atrofida buyuk shaxslar necha bor qalam tebratganlar, tebratmoqdalar va yana uzoq vaqtlar qalam tebratishlari haqiqat. Qaysi bir alloma, «xotiradan ajralgan inson abadiy «chaqaloqdir» degan, qaysi bir donishmand esa xotirani «oppoq taxtaga» qiyoslagan, yana bir ruhiyat mutaxassisi esa, xotirani «ruhiyatning ustuni» deb ta’riflagan. Ko'rinib turibdiki, xotira oddiy, sodda, yuzaki, ikkinchi darajali ruhiy jarayon emas ekan. Shu bois, bu masalaga jiddiy yondashish talab etiladi. Xotira keng qamrovli muammolar, jarayonlar qatoriga kiritilar ekan, demak, uni o‘rganish, talqin etish va u haqda ma’lum mushohada qilishning o‘zi oson kechmaydi. Xotiraga turli tomonlardan yondashib o‘rganish maqsadga muvofiq deb bilamiz. Xotiraning turlari, jarayonlari mavjud. Shuni e’tirof etmoq joizki, xotira ham turli manbalarda turli ko'rinishlarda, shakllarda, xususiyatlarda bayon etiladi. Xotirani turlarga bo‘lish masalasini osonlashtirish maqsadida «nimani eslash, qanday eslash va qancha muddatga eslashga» ko‘ra xotirani turlarga bo‘lsak, o‘quvchida, o‘rganuvchida yaxlit va bir butun tushuncha paydo bo‘ladi, deb umid qilamiz. Demak, xotira nima eslanishiga ko'ra: harakat, hissiy, obrazli va so‘zli turlarga bo‘linadi. Qanday eslanishiga ko‘ra, xohlabmi, 228 tasodifanmi, demak irodaning aralashuviga ko‘ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratiladi. Materialning qancha muddatga eslanishiga ko‘ra esa: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira turlariga bo‘linadi. Xotira haqida umumiy ma’lumotlarni berdik. Endi esa ko‘rish qobiliyati buzilgan bola va katta kishilarda xotira qanday kechadi, rivojlanadi? 0 ‘ziga xos tomonlari qanday? Kamchilik, yetishmovchiliklarni qay yo'sinda to‘g‘rilash, korreksiyalash mumkinligi haqida mulohaza yuritamiz. Ta’kidlanishicha, inson bilimlarning 80% qismini ko‘rish a’zosi orqali olar ekan. Qolganlarini esa eshitish va boshqa sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilar ekanmiz. Ko‘rlik muammosining naqadar jiddiyligi shundan ko‘rinib turadi. Xotira — eslash, esda olib qolish, unutish, bilish, qayta esga tushirish jarayonlari kishining ijtimoiy mehnat faoliyatining asosini tashkil etadi. Maxsus psixologiya fanida qilingan va qilinayotgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘rlarda xotira normal ko‘ruvchi shaxslar xotirasidan nafaqat hajmi jihatidan, balki o‘ziga xos ko‘rinishlari, rivojlanish xususiyatlari bilan ham ajralib turar ekan. Ko'rish analizatorining zararlanishi shartli bog‘lanishlarning yuzaga kelishiga, differensirlashishiga xalaqit berar ekan. Buning uchun ko‘p hajmli mustahkamlash ishlari olib borish talab etiladi. Demak, ko‘rlik nuqsoni qo‘zg‘alish va tormozlanish deb nomlangan asab jarayonlarining mutanosibligini ham buzar ekan. Buning oqibatida, xotira tezligi pasayadi. Olib borilgan tadqiqotlar bu toifa bolalarning materiallarni eslab qolishlari kam samaradorligi bilan izohlanar ekan. Bu bolalar xotirasi nafaqat hajmi jihatidan, balki eslanayotgan materialni tushunib eslashlari ham buzilar ekan. Ma’lumki tushunib eslash yoki mantiqiy eslash idrok jarayoni bilan uzviy bog‘liq. Demak, eslab qoluvchi shaxs materialni ko‘rmagach uni tolla, atroflicha idrok eta olmaydi. Bu yog'i esa barchaga ma’lum. To‘la idrok etilmagan narsa va hodisalar tushunib qabul qilinmagach, uzoq muddat eslab qolinmaydi. Buning oqibatida, «zanjir reaksiyasi» kabi bola tafakkurini tashkil etuvchi tahlil, tasnif, umumlashtirish, ... jarayonlar yuzaki, samarasiz amalga oshadi. Buning oqibatida esa yana yuqoridagi kamchilik fikrlash kamchiliklari yuz beradi. Normal bolalarda ma’lumki, berilayotgan materiallarning bolalar tomonidan boshi 229 va oxiri yaxshi o‘zlashtiriladi. Ko'rish nuqsoni bor bolalarda bu holat boshqacha namoyon bo‘lar ekan. Ya’ni, bu bolalar berilayotgan materiallarning boshlang'ich qismini yaxlit o'zlashtirib, tez charchashlari oqibatida oxirida berilayotgan materiallarni qiyin yoki kam o‘zlashtirar ekanlar. Shu narsa diqqatga sazovorki, ko'r va zaif ko‘ruvchi bolalar xotira hajmida, eslab qolish tezligida, mexanik xotira va mantiqiy xotira jarayonlari bo‘yicha bir-biridan keskin farq qilar ekanlar. Individual farqlar turli xil sabablar oqibati bo'Iishi mumkin. Bunga nuqson darajasi, yuz bergan vaqti, asab tizimi xususiyatlari, aqliy taraqqiyot darajasi, sezgilar, tajriba va boshqa sabablar kiradi. Bu kabi kamchiliklar bo‘lishiga qaramasdan ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda xotira jarayonlarining kechishi, taraqqiyoti normal ko‘ruvchi bolalar xotira qonuniyatlari bo'yicha amalga oshishi aniqlangan. Tadqiqotchilar ko‘r bolalar xotira jarayonlarining sekin rivojlanishini, bu bolalardagi ko‘rgazma-harakat tajribalarining kamligini, ularning tez charchashlari, hamda bu toifa bolalarni o‘qitish ishlarining yuqori darajada takomillashmaganligi bilan bog‘laydilar. Bu bolalarda xotira hajmining kamligi, sekin eslab qolish, tez esdan chiqarish holatlari bevosita ko‘rlik oqibati bo‘lmasdan, balki nuqson asosida bola ruhiyatida yuz beradigan chetga chiqishlar natijasidir. Ko‘r bolalar xotira jarayonlarini o‘rganish asosan ular tasavvurini o'rganish orqali amalga oshirilgan. Qator tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalar xotirasi ustida muntazam mashqlar olib borilmasa, ular xotirasi pasayib borishga moyil ekan. Hatto, 1—3 oylik vaqt oraliqlari ham salbiy ta’sir etar ekan. Egallangan materiallarni tez esdan chiqarishga sabab bo‘luvchi omillardan yana biri bu takrorlashlarning yetarli emasligidan ham yuz berar ekan. Bu borada F.N. Shemyakin tadqiqotlari e’tiborlidir. Ma’lumki, tasavvurlarning saqlanishi ko‘rish o‘tkirligiga ham bogiiq. Ko‘r va zaif ko‘ruvchilarni ko‘rgazma-harakat tarzda o‘qitish xotira jarayonlariga birmuncha ijobiy ta’sir etar ekan. Ko'rlar tomonidan narsalarni bilish normal bolalarga qaraganda birmuncha sekin, hamda to‘la bo‘lmaydi. Bu toifa bolalarga xos narsalardan yana bir tomoni, ular narsalarni o‘ziga xos xususiyatlar bilan bilib 230 olar ekanlar. Bu bolalar egallangan materiallarning bir qisminigina esga tushira olar ekanlar. Bu bolalar oliy asab tizimlarida tormozlanish jarayonlarining ustunligi oqibatida ham, egallangan bilimlarini qayta esga tushirishda ma’lum qiyinchiliklar sezar ekanlar. Shu bois bo‘lsa kerak, bu toifa bolalarda reminissensiya (oldin unutilgan deb hisoblangan materiallarning keyin esga tushishi) normal ko‘ruvchi bolalardan ko‘proq uchraydi. Ko‘r bolalar xotirasining holati berilayotgan materiallarning sifat va mazmuniga ham bog‘liqdir. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarda xotiraning barcha turlari (so‘z-mantiq obrazli, hissiy) va harakatni maxsus ta’lim-tarbiya orqali shakllantirish, rivojlantirish mumkin. llgari idrok qilingan narsa va hodisalarni ongimizda qayta gavdalanishini tasavvur qilamiz. Xotira ilgari idrok qilingan, ammo hozir ko‘z o‘ngimizda mavjud bolm agan narsalarning obrazlarini ko‘z o'ngimizda maqsad qilib qo‘yamiz. Masalan: ertaklar, romanlar, umuman biror asarni o‘qiyotganimizda undagi qahramonlarning ko‘z o‘ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir. Savol va topshiriqlar 1. Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiraning o‘ziga xosligini ochib bering. 2. Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda qisqa muddatli va operativ xotira qanday ahamiyatga ega? 3. Ko‘rishda nuqsonga ega shaxslarda xotirani korreksiyalash yo‘llari va imkoniyatlari haqida so‘zlab bering. 13.4. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarning tafakkuri Qator mualliflar (T.P. Golovina (1975), L.P. Grigoreva (1985), M.I.Zemsova (1956, 1973), V.G. Ermakov (1989), A.L.Zamulin (1990), G.M.Milayeva (1974), L.I.Plaksina (1982), L.V.Rudakova (1982), L.I.Solnseva (1967) va b.) ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar normal ko‘radiganlar kabi fikrlash operatsiyalarini amalga oshiradi. Shu bilan birga, ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarda tahlil qilish idroki sekin, fragmentar, ko‘p bosqichli tarzda kechadi. Bu zaif ko'ruvchilarning obrazli tafakkuri rivojlanishini qiyinlashtiradi. Predmet va hodisalarni xayolan bolaklashda, keyinroq ularni sin231 tezlashda turli belgilar obrazlarining yaxlitlik va bir paytlilik kabi sifatlari zarar ko‘radi Normal ko‘radiganlar muhitida yashayotgan va ishlayotgan ko‘zi ojiz va zaif ko'ruvchi hayotida shunday vaziyatlar bo‘ladiki, u butun vaziyatni yaxlit idrok etolmaydi va vaziyatni o‘z idroki uchun qulay bo‘lgan alohida elementlar asosida tahlil qilishiga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda vaziyatni qayta yaratish va baholash uning alohida belgilari tahlili va sintezi, ularni anglab yetish va mavjud bilim hamda tasavvurlar tizimiga, hayot va ta’lim jarayonida yaratilgan umumiy konsepsiyaga kiritish asosiga quriladi. Bu ko‘rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar hayoti va faoliyatida tafakkurning katta ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Tiflopsixologiyada tafakkur ko'rish nuqsonini psixologik kompensatsiyalash va atrof-olamni bilish usullarini shakllantirish jarayonining eng muhim omillaridan biri sanalishi haqida fikr anchadan beri mavjud. Biroq tafakkur jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan aniq eksperimental tadqiqotlar ko‘p emas. A.G. Litvak1 va A.F. Samoylov2 ko‘rishda nuqsoni bolgan shaxslar tafakkuri rivojlanishining uchta konsepsiyasini ta’kidlaydi: ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar tafakkurining tezlashgan rivojlanish nazariyasi; ko‘rish nuqsonining tafakkur rivojlanishiga salbiy ta’siri nazariyasi va tafakkur rivojlanish darajasining ko‘rish nuqsonlariga bog‘liq emasligi konsepsiyasi. Har uchala konsepsiya konkret faktlarga tayanadiki, ular o‘z g‘oyalarini ta’kidlash uchun huquq beradi. Biroq ularning hech biri yo xayoliy obrazlar, yo tafakkurning shakllanish jarayonidagi o‘ziga xoslikning mavjudligini inkor etmaydi. Birinchi konsepsiya ko‘zi ojizlarning nutqiy-mantiqiy tafakkuri nisbatan yuqori rivojlanganligi fakti haqidagi kuzatishlar, talqinlar va fikrlarga asoslanadi (S.F. Struve, 1810; A.M. Shcherbina, 1929; A.R.Krogius, 1926; K.Bryuklen, 1934; B.l. Kovalenko, 1962). 1kkinchi konsepsiya ko‘zi ojizlar va ayniqsa zaif ko'ruvchilar bilan olib borilgan hissiy bilishdagi kamchiliklar tafakkurda va noaniq umumlashmalar hamda ularning formal tushunchalari ho1 Литвак А.Г. Тифлопсихология. — М.: Просвещение, 1985. -с.188—191. 2 Самойлов А.Ф. Проблема мышления в тифлопсихологии //Психологические особенности слепых и слабовидящих школьников. — J1.: ЛГПИ, 1981. -с.39—69. 232 sil bo'lishida aks etishini aniqlab bergan tadqiqotlarga tayanadi (M.l.Zemsova, F.N.Shemyakin). Uchinchi konsepsiya ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilarning fikrlash faoliyati rivojlanish darajasini uni shakllantirish jarayonini boshqarish va dasturlashtirish sifati bilan bog'laydi (A.I. Zotov va uning izdoshlari). Ko'rishda nuqsoni bo'lganlarda tafakkurni eksperimental tadqiq qilish asosan genetik jihatdan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda normal ko'radiganlar uchun ishlab chiqilgan metodikalardan foydalanib olib borilgan. Natijalar ko'radigan bolalarda olingan natijalar bilan solishtirganda ko'p jihatdan metodikalarni ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar foydalanishi uchun o'zgartirishlar kiritish va tajribalarni o'tkazish sharoitlariga bog'liq bo'lib chiqqan. Maktabgacha va maktab yoshidagi ko'zi ojiz bolalar tafakkur darajasini o'rganishga oid tadqiqotlar J.Piaje metodikalari bo'yicha olib borilgan. J.Piaje olib borgan normal ko'radigan bolalarning intellektual rivojlanishini o'rganishga oid tadqiqotlar unga rivojlanish bosqichlarini ajratish va hal qilinishi maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkuri xarakterli xususiyatlarini ochib beradigan va bolalarning o'z ilmiy tafakkuriga o'tishini belgilash imkonini beradigan qator vazifalarni ishlab chiqish imkonini berdi. «Piaje topshiriqlari» va «Piaje fenomeni» — P.Y. Galperin va D.B.Elkonin bolalar obyekt xossalaridan biri o'zgarganda modda miqdori saqlanishi qonunini tushunadigan fikrlash vazifalarini taqdim etishdan iborat metodikalarni shunday nomlagan. J. Piaje tadqiqotlari natijalariga ko'ra, 7—8 yoshli bolalar miqdorning saqlanishi qonunini tushunishga qodir, bu ularda ilmiy tafakkurning yuzaga kelganidan dalolat beradi. Angliya, Fransiya, AQSH, Avstraliyada J.Piaje vazifalaridan foydalanib, ko'zi ojiz bolalar tafakkurini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan (M. Canning, 1957; J. Hatwell, 1966; S.K. Milleg, 1969; B.Tepens, 1972; M.Tobin, 1972; R.Crome, 1973; M.Gottesman, 1976 va b.), tadqiqotchilar quyidagi natijalarga erishgan, ularga ko'ra ko'zi ojiz bolalar saqlanish qonunini tushunishda ko'radigan bolalardan 4—8 yilga orqada qoladi (B.Stepens, 1972 va b.), qachonki, M.Tobin (1972), M.Gottesman va b. ta’kidlashicha, ko'zi ojizlarda to'g'ri va noto'g'ri yechim am233 plitudasi ko'radigan bolalarnikidan qancha katta bo‘lsa-da, ko‘zi ojizlarning eng yaxshilarini ko‘radiganlarning eng yaxshilari bilan tenglash mumkin. M.Gottesman tadqiqotlari unga ko‘zi ojiz bolalar tafakkur rivojlanishida albatta anomal emas va intellektning rivojlanishida hech bir kechikishga ega emas degan xulosaga kelish uchun asos berdiki, u idrok etiladigan axborotni integratsiyalay olmaslikdan dalolat berishi kerak edi. Tadqiqotchi ko‘rsatib berdiki, ko‘zi ojiz bolalar tafakkur rivojlanishida aynan o‘sha bosqichlarni taxminan o‘sha yosh davrida o'tadi va Piaje vazifalarini ko‘rish idrokiga tayanmasdan yecha oladi. Ko‘rish qobiliyati buzilganda o‘xshashlik va tafovutning ko‘plab belgilari ilg'ab olinmaydi. Qiyoslash tafakkur operatsiyalari ko‘rish patologiyasi bo‘lgan bolalar tomonidan belgilarning cheklangan miqdori bo‘yicha bajariladi, bu umumlashtirishni qiyinlashtiradi. Zaif ko‘ruvchi bolalarda eng ko‘p qiyinchilik predmetlar o‘rtasidagi makon aloqalari va munosabatlarini baholashda yuzaga keladi Ko‘ruv nuqsonida tashqi olamni sezish, his etish nuqsonning darajasiga qarab ozmi-ko‘pmi buziladi. Bu o‘z navbatida tashqi olamni aniq, chuqur va farqlangan holda sezish va idrok etishni susaytiradi. Bu ham o‘z navbatida bilishjarayoniga, aqliy rivojlanishga salbiy ta’sir etadi. Ko‘ruv nuqsoni natijasida idrok etish jarayoni qiyinlashadi. Ayniqsa, obrazlarning yaxlit holda shakllanishidagi kamchiliklar, narsalar va hodisalarni farqlashdagi kamchiliklar, ularning muhim qismlarini ajratishdagi yetishmovchiliklar tafakkurning eng muhim jarayoni bo‘lgan umumlashtirishni qiyinlashtiradi. Aynan shuning uchun ham, ko‘rlar idrokining sxematikligini — chizgi shakldaligini, fragmentarligini va hissiy sezishning boshqa kamchiliklarini yengib o‘tish uchun ko‘p mehnat qilishga to‘gbri keladi. Ko‘rlarda ruhiy rivojlanishdagi nuqsonlarni kompensatsiya qilishda, o‘rnini qoplashda, sensor sezish sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etishda tafakkurning xizmati shundaki, har xil turdagi xulosa, hukmlar chiqarish bilan mavhum fikrlashni amalga oshiradi. Ko‘r bola idrok eta olmagan yoki idrok etish imkoniyati bo‘lmagan narsalar va hodisalarning mohiyatini ochishga tafakkur jarayonlari yordam beradi va yordam berishi zarur. 234 Ba’zi bir g‘arb olimlari ko‘rlardagi ko‘ruv nuqsoni, ularda mantiqiy tafakkurlarining sog'lomlarga nisbatan yuqoriroq rivojlanishiga sabab boiadi, deb da’vo qiladilar. Bu fikrga ular asos qilib: ko‘r shaxs fikrini chalg‘itadigan narsa va hodisalarni ko‘rmaganliklari uchun ichki fikrlash imkoniyati katta bo‘ladi, ular chuqur fikrlash qobiliyatiga ega deb hisoblaydilar. Lekin, bunday fikrlar uzoq kuzatuvlar va tajribalar natijasining yakuni bo‘lmasidan balki, empirik jihatdan qilingan, tasdiqlanmagan farazlardir xolos, yuqorida aytganimizdek, ko'rlarda sezgi, idrokdagi kamchiliklar ularning narsa va hodisalarning muhim qismlarini farqlash va taqqoslash yetarli kechmaydi. Ayniqsa, notanish narsalarni taqqoslash va umumlashtirish ularning tasodifiy belgilari yordamida va taxminiy amalga oshgani uchun ham ko‘rlardagi bilishlarda verballik ustunlik qiladi. Tahlil va tasnif jarayonining amalga oshishi asosan taqqoslash bilan, taqqoslash jarayoni esa tahlil va tasnif bilan bogliqligi uchun ko‘ruv nuqsonida narsalarni farqlash va solishtirishdagi nozik va murakkab jarayonni amalga oshirish qiyinlashadi. Taqqoslash jarayonining qiyinligiga sabab esa, tahlil va tasnif jarayonining yetarli amalga oshmasligidir. Ko‘rlarda tahlil va tasnif jarayonining qiyinligiga sabab: bir tomondan narsa va obyektlarning belgi va mohiyatlarini sezish — idrok etishning qiyinligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, idrok etilayotgan narsa va obyektlarning qisman — suksessiv, fragmentar idrok etilishidir. Narsalarni har tomonlama, chuqur tahlil qilishning imkoniyati chegaralanganligi natijasida, narsalarni yuzaki bilish, muhim qismlarni sezmasdan qolish yuz beradi. Ko'rlar narsalarning muhim qismlarini ajratishga qiynalishlari yoki faqat umumiy belgilarnigina farqlashlari natijasida narsalarni bir tizimga solishda, guruhlashda qiyinchilik kelib chiqadi. Shunday qilib, ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarning sensor sohasidagi kamchiliklari hissiy bilishni qiyinlashtiradi va kambag‘allashtiradi. Bu o‘z navbatida tafakkurning rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Fikrlash jarayonida tushunchalarning to‘g‘ri shakllanishi katta ahamiyatga ega. Tushunchalar asosan tasavvur yordamida, uning obrazlaridan hosil bo‘ladi. Masalan: sog‘lom bola «dars» so‘zini ko‘p marta eshitadi, lekin dars haqidagi haqiqiy tushuncha uni ko'rgandan so‘ng 235 paydo boiadi. Ko‘rlarda tushuncha va uning haqiqiy obrazi o'Ttasida ajralish (divergentsiya) yuzaga keladi. Tushunchalarning mantiqiy va hissiy ajralishi ko‘pincha noto‘g‘ri yoki formal, yuzaki, soxta xulosa chiqarishiga sabab bo'ladi. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda ba’zan hayotdan — reallikdan ajralib qolgan tuhunchalar yuzaga keladi. Idrokni rejali ravishda tashkil etish bilan, tasavvurlar doirasini kengaytirib borish bilan tushunchalar shakllantiriladi. Bu bilan o‘qituvchi ko‘rlarda fikrlash jarayonlarida tafakkurni izchil tarzda rivojlantirib borishi mumkin. Ko'rlar ko‘pgina narsa va hodisalar haqida so‘z yordamida ma’lumot oladilar. Lekin, bu bilimlar shaxsiy tajribada sensor malaka va ko‘nikmalar yordamida mustahkamlanmaganligi uchun ham bu bilimlar yuzaki, hayotdan uzoq bo‘ladi. Bu kamchiliklar tushunchalarning mazmunini ham buzadi. Bu kamchiliklarni bo‘rtma ko'rgazmali qurollar yordamida narsa va obyektlarning natural shakli bilan tanishtirish yordamida bartaraf etiladi. Ayniqsa, o‘qituvchilar ko'rlarda tushunchalarni shakllantirish ustida iloji boricha psixologik-pedagogik korreksiya ishlarini erta boshlashlari va izchil ish yuritishlari ijobiy natijalar beradi. Savol va topshiriqlar 1. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarda tafakkur jarayonlari qanday kechadi? 2. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarda tafakkur kamchiliklari qanday korreksiyalanadi? Tayanch so‘zlar va tushunchalar 1. Tafakkur jarayonlari — tafakkur qilish jarayonlari tushuniladi. 2. Tafakkur shakllari — tafakkur qilish shakllari: hukm, xulosa, tushunchalar tushuniladi. 13.5. Ko‘rish nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari Nutq — odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishning tarixan tarkib topgan shakli1. 1 Psixologiya. Qisqacha izohli lug'at. — Т.: 1998. 25-b. 236 Bolaning hissiy bilish tajribasi shakllanishi murakkab tizimli ko'rish-eshitish, ko'rish-taktik, ko'rish-harakatli aloqalar asosiga quriladi, bular bilish faoliyati oliy shakllarining keyingi rivojlanishi uchun fiziologik asos sanaladi. L.S.Vigotskiyning fikricha, ko'rish obrazlari, hissiy, keyinchalik esa nutqiy-mantiqiy tajribaning ortib borishi bilan turli psixik funksiyalar qorishmasiga aylana boradi, ular tashqi sharoitlar ta’sirida doimo o‘zgarib turadi va qayta quriladi. Bu so'zlarning predmet ma’nolari va bolalar foydalanadigan leksik-grammatik kategoriyalarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Nutqning muayyan mazmunini ko‘rish obrazlari bilan normada boyitish bolaning psixik rivojlanishi davomida bevosita hissiy va nutqiy-mantiqiy bilish o'rtasida to‘g‘ri nisbatning hosil bo'lishiga ko‘maklashadi. Psixolog va defektologlarning tadqiqotlari ko‘rsatadiki, bolada ilk yoshda ko‘rish idrokining buzilishi uning sensor tajribani mustaqil tarzda to'plashida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, bu esa nutqning psixik bazasi shakllanishini kechiktiradi. Sensor jarayonlarning past darajasi, o‘z navbatida, saqlangan psixik funksiyalarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi (L.S. Volkova, L.S.Vigotskiy, T.P. Golovina, L.P. Grigoreva, M.l.Zemsova, V.A. Kruchinin, A.G.Litvak, I.S. Morgulis, L.I.Plaksina, L.A. Rudakova, L.I.Solnseva, K.Becker, W.Belmer, H.Fekden, H.Suhrweir, C.Urwin, L.Zeuthen va b.). Shu sababli ko'rish patologiyasi bo'lgan bolalarda nutqning shakllanishi ko‘radigan bolalarnikidan murakkabroq sharoitlarda kechadi. Bolalarda nutqning va ko‘rishning buzilishi murakkab nuqson bo‘lib, ularda nutqiy va ko'rish nuqsonlarning ma’lum aloqa va o'zaro ta’siri kuzatiladi. Nutqiy va psixik funksiyalarning shakllanmaganligi nafaqat bilish faoliyatining shakllanishiga ta’sir o'tkazadi, balki zaif ko'radigan bolalarning xususiyatlari: ehtiyojlar dinamikasida, ularni qondirishning qiyinligi bilan bog'liq bo'lgan o'zgarishlarni (perseptiv qobiliyatlarning yetarlicha rivojlanmasligi); hissiy tasavvurlar sohasidagi cheklanganlik bilan belgilangan qiziqishlar doirasining torligi; nazoratni talab qiladigan faoliyat turlariga qobiliyatlarning sustlanishi; ichki holatlarning tashqi namoyon bo'lishi, cheklanganligi va boshqalarni keltirib chiqaradi (I.G. Kornilova va b.). 237 Ko‘rish nuqsonlarining mavjudligi xarakter qirralarining (ayniqsa, emotsional-irodaviy sohada) shakllanishiga salbiy ta’sir qiladigan sharoitlarning yuzaga kelishiga ko‘maklashadi, natijada egosentrizm, mustaqillikning yo‘qligi, ishonuvchanlik, negativizm, qiziquvchanlikning yo‘qligi va b. shakllanadi. Ko'rish faoliyatining buzilishi ijtimoiy aloqalarni qisqartirib, makonda moijalga olishni va faoliyatning ma’lum turlari bilan shug'ullanishni cheklab, atrof voqelikni bilishda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ko‘pchiligida aloqalarning nutqiy tizimlari ko‘rgazmali obrazlarga yetarlicha tayanchsiz shakllanadi, shu sababli so'zlarning muayyan ma’nolari qashshoqlashishi, zarur so‘z zaxirasining yo‘qligi, nutqning mazmun tomoni yetarlicha rivojlanmasligi kuzatiladi. Hozirgi kunda nutqni rivojlantirish muammosining dolzarbligi mazkur psixik jarayon inson faoliyati istalgan shaklining ajralmas tarkibiy qismi ekani bilan belgilanadi. Keyingi vaqtda psixologikpedagogik adabiyotlarda nutqning bilimlarni to‘laqonli o‘zlashtirish, mantiqiy tafakkur, ijodiy qobiliyatlar va psixik faoliyatning boshqa sohalari rivojlanishining asosi sifatida maktabga tayyorlash uchun alohida ahamiyati haqidagi masala tobora ko‘p qolyilmoqda. Ko‘rish patologiyasi bo‘lgan bolalarda nutqning shakllanishi ko‘radigan boladagidan ko'ra murakkab sharoitlarda kechadi. Bolalarda nutqning buzilishi va ko'rishdagi buzilishlar murakkab nuqson bo‘lib, bunda nutqiy va ko‘rishdagi kamchiliklar o‘rtasida ma’lum aloqadorlik va o‘zaro ta’sir kuzatiladi. Tiflopedagog va tiflopsixologlar (L.S. Vigotskiy, T.P. Golovina, M.I.Zemsova, A.G.Litvak, L.l.Solnseva va b.) tadqiqotlarida aniqlanishicha, ko‘rish nuqsoni tufayli tarbiyalanuvchilarning 30% dan ortig‘ida nutqiy yetishmovchilik kuzatiladi. L.S. Volkova, A.L. Lukoshevichene, S.A. Pokupneva, I.V.Pokupneva, I.V. Novichkova, Y.V. Shlay va boshqalar ishlarida ko‘rishda nuqsoni bolgan bolalarda nafaqat nutqning yaxlit funksional tizim sifatidagi buzilishi bilan kechadigan tizimli buzilishlar (nutqning to'liq rivojlanmaganligi, fonetik-fonematik nutq kamchiligi), balki idrok, xotira, diqqat, tasavvur va mantiqiy fikrlash jarayonlari rivojlanishida og‘ishlar ham kuzatilishi o‘z tasdig‘ini topgan. Shu 238 sababli bunday bolalar sujetni mustaqil rejalashtirish, leksik-grammatik kategoriyalar bilan mustaqil operatsiyalash, nutqiy materialni grammatik rasmiylashtirishda jiddiy qiyinchiliklarni his qiladi. Shu sababli ko‘rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni bog‘lanishli monologik nutqqa (ya’ni, o‘z fikrini aniq va izchil, mantiqiy tizimli va tugal, leksikadan foydalanishda va mazmunan aniq, grammatik rasmiylashtirishga ko‘ra to‘g‘ri, mustaqil va erkin bayon qilish, jumlalarni qurishga) o‘rgatish korreksion-pedagogik jarayonda alohida o‘rin tutadi. Ko‘rishning yo‘qligi yoki uning og‘ir nuqsoni sensor defitsit hosil qiladi, bu hissiy idrok va bilishning rivojlanish darajasi pasayishiga olib keladi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi ko‘zi ojiz bolalarning tasavvurlari, jumladan jonsiz tabiat obyektlari haqidagi tasavvurlar ham, spontan shakllanishida ko‘rish obrazlarining to‘liq yoki qisman tushirib qoldirilishi va reduksiyalanishi hisobiga toraygan bo'ladi. Ularda fragmentar, sxematik, umumlashganlik darajasi past bo‘ladi (V.S. Izotova). Ko‘zi ojiz bolalar atrof-olamdagi predmetlar bilan tanishish jarayonida his qiladigan qiyinchiliklar bolalarning idrok etishning zarur usullarini yetarlicha egallamagani bilangina emas, balki ko‘p jihatdan nutqiy rivojlanishning xususiyatlari bilan ham belgilanadi. Bolaning to‘g‘ri nutqiy rivojlanishi ko‘p jihatdan tashqi olamdagi predmet va hodisalarni faol hamda doimiy bilish va ularning nomlarini atrofdagi odamlar bilan til muloqoti jarayonida o‘zlashtirish bilan belgilanadi. Lisoniy ifodalarni o‘zlashtirish uchun normal eshitish idroki zarur, so‘z ma’nolari asosida yotadigan predmetli tasavvurlarning toiaqonli rivojlanishi uchun, eng avvalo, ko‘rish analizatorining ishtiroki zarur. Analizatorlar funksiyalari yoki fikrlash analitik-sintetik jarayonlari buzilganda nutqiy rivojlanishda turli og'ishlar kuzatiladi. Ko‘zi ojiz bolalar nutqi L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev va boshqalar ta’kidlaganidek, yoshga oid rivojlanishning umumiy qoidalariga bo‘ysunadi va yetakchi faoliyat (o‘yin, o'qish) bilan belgilanadi, biroq uning shakllanishi normal ko'radigan bolalarnikidan murakkabroq sharoitda kechadi. Ko‘rish qobiliyati og‘ir nuqsoni sharoitida atrof makonni hamda predmetlarni distant va bir paytda ko‘rib chiqish, 239 ularni yaxlit idrok etish va ko‘rgazmali qiyoslash imkoniyati keskin cheklangan bo‘ladi. Qator mualliflarning ma’lumotlariga ko'ra, ko'zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning nutqi tiklanishi muloqot jarayonida xuddi ko‘radiganlaridagi kabi u yoki bu qonuniyatlar asosida amalga oshadi (A.I. Kaplan, N.S. Kostyuchek, N.A. Krilova). Ayrim tadqiqotchilar maktabgacha yosh davrida ko‘rishda nuqsoni boMgan bolalarda nutqning rivojlanish sur’atlari pasayishini ta’kidlaydi. Boshqa tadqiqotchilar fikricha, rivojlanish sur’atlari ko'radigan bolalarniki bilan taxminan bir xil (L.I.Solnseva). Shu bilan birga ko'zi ojiz bolalarda normal ko'radigan bolalardan boy lug'at kuzatilgan hollar ham ma’lum (N.S. Kostyuchel). Biroq bunga qaramay, tadqiqotchilarning ko'pchiligi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalar nutqining konkret mazmun bilan yetarlicha boyitilmaganligi to'g'risida bir xil xulosaga kelgan. Nutqning semantik va leksik tomonlari o'rganilganda ma’lum bo'lishicha, normal ko'radigan bolalar ko'rishda nuqsoni bo'lgan tengdoshlaridan ustunlikka ega. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan 7 yoshli bolalarning bilish mustaqilligini o'rganib, T.P. Sviridyuk ularning predmetli axborotdan foydalana olmasligi, kuzatish qobiliyati yetarlicha rivojlanmaganligini aniqlagan. Bular idrok va og'zaki nutq jarayonlari rivojlanishiga bevosita bog'liq. N.G. Morozovaning tadqiqotlari hissiy bilish sohasining torayishi ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning predmetlar, ularning belgilari bilan, harakatlar bilan mustaqil tanishishiga to'sqinlik qiladi, bu o'z navbatida, zarur tasavvurlarning to'planishi sekinlashishiga olib keladi. Qator tadqiqotlarda aytilishicha, ko'rishda nuqsoni bo'lgan bola larning bog'lanish nutqi yetarlicha rivojlanmaganligi hissiy va predmetli-amaliy tajribaning cheklanganligi, ularni o'qitish va tarbiyalash metod hamda usullari takomillashmaganligi bilan belgilangan. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarning nutqiy rivojlanishiga bag'ishlangan ishlarning soni ko'pligiga qaramay, nutqning hamma tomonlari yetarlicha yoritilmagan. Maxsus adabiyotlar tahlili ko'rsatdiki, ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda nutqning rivojlani240 shi masalalari yetarlicha o'rganilmagan va juda umumiy tarzdagina aks ettirilgan.
Download 88,5 Kb.




Download 88,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning bilish faoliyati

Download 88,5 Kb.