• Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashning asosiy yo’nalishlari.
  • 5-Mavzu Transport vositasi ish ko’rsatkichlari hisoblash




    Download 15.56 Kb.
    Sana31.01.2022
    Hajmi15.56 Kb.
    #16804
    Bog'liq
    5-amaliy ish — копия (5)
    SEVMM-laboratoriya -6, 7-19, АППАРАТ мажлис ыарори 19.10.2020 й, ИБ-32-3н 5.11.2020 й, 0094.2.5321600.Hayot faoliyati xavfsizligi, Монография, 100 poliester mato def, Мартынова Е.А. Диссертация v2 (1), Roving Frame F 18, 12-13, 1, 7, DARSLIK, 263 15.09.2014 узб

    5-Mavzu
    Transport vositasi ish ko’rsatkichlari hisoblash
    Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari juda murakkab va ko’p tarmoqli tashkilot bo’lib, qaramog’ida katta maydonlar mavjud. Tabiiyki bunday maydonlarda xom ashyo, tayyor mahsulot va yordamchi matEriallarni bir yerdan ikkinchi yerga tashish uchun xilma-xil transport vositalari ishlatiladi.
    Masalan, ayrim korxonalarda xom ashyoni poyezdlarda yoki avtopoyezdlarda, traktor va pritseplarda tashib keltirilsa, ularning omborlardan avtomashina, avtokara, elektrokaralar yordamida tashiladi.
    Tayyor mahsulot, esa yana shu transport vositalari yordamida tayyor mahsulot omborlariga va u yerdan konteynEr va vagonlarga ortilib savdo bazalariga yuboriladi.
    Korxonalarda qo’llanadigan barcha avtomashina va avtopoyezdlar “Avtomobil transporti korxonalari uchun xavfsizlik qoidalari” talablariga to’liq javob berishi kerak. Avtomobillarning yuk ortilgan holda korxonalar hududiga yurish tezligi 10 km/soat dan oshmasligi kerak.
    Ularning yurish yo’nalishi piyodalar yo’li kesishmasligi va bu yo’llar umumiy yo’l harakati belgilari bilan boshqarib borilishi kerak.
    Bu qoidalar bilan barcha transport haydovchilari ogohlantirilishi va tanishtirib chiqilgan bo’lishi kerak.
    Avtomobil transporti vositalarining harakati paytida, hatto eng past tezlikda ketayotganda xam zinapoyalariga va kuzovlariga odamlarning chiqib olishiga yo’l qoymaslik kerak. Ishlab chiqarish korxonalari hududida ichki yonish dvigatelli transport vositalari albatta (iskragasitellar) uchqun o’chirgichlar bilan ta’minlangan holda yurishlari kerak. Ishlab chiqarish korxonalarida transport vositalari, ma’lum aniq marshrut boylab yurishlari va bu marshrutlar odamlar gavjum bo’lgan yo’laklar ustidan o’tmasligi kerak.
    Belanchak, aravacha, ilgak va zanjirlar hamda insonga jarohat etkazishi mumkin bo’lgan barcha buyumlar tanadan tushib ketmasligini ta’minlovchi moslamalar bilan ta’minlanishi kerak.
    Undan tashqari, konveyerlarning xavfli mintaqalari, odamlar yuradigan yo’laklar bilan kesishgan joylarida himoya to’siqlari bilan ta’minlanishi shart hisoblanadi.
    Yuqorida ko’rsatilgan tartib qoidalarga so’zsiz rioya qilgan taqdirdagina, ishlab chiqarish korxonalarini transport vositalarining xavfsiz ishlashini ta’minlashga keraklicha zamin yaratish mumkin bo’ladi.
    Korxonalarda mehnat sharoitini yaxshilashning asosiy yo’nalishlari.
    Mehnat sharoitlarini yaxshilash, mashina va uskunalami, texnologik jarayonlami xavfsiz ish sharoitlari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish korxonalarini, loyihalash davridayoq hisobga olinishi kErak.
    Loyihalash davrida yo’l qoyilgan xatolarni ishlab chiqarish jarayoni davrida tuzatib bo’lmaydi.
    Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni, yuklarni ortish tushirish ishlarini mexanizmlashtirish va avtomatlashtirish va ularni saqlovchi qurilmalar bilan ta’minlash, yaqin kelajakda ishchilarni xavfli va zararli mehnat sharoitlaridan xolos qiladi.
    Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitini yaxshilashni istiqboldagi yo’nalishlari, avtomatik ravishda ishlaydigan potok liniyalari, robotlashtirilgan tizimlar, elektronika va mikroprotsessor texnika vositalarining keng joriy etilishi hisobiga amalga oshiriladi.
    Tibbiy tadqiqotlarni, meyoriy hujjatlarni va mehnat xavfsizligi talablarini takomillashtirish, mehnat sharoitlarini, portlash va yong’inlar haqidagi omillar majmuasini analiz qilishning yangi ilmiy-texnik usullarini yaratish nazarda tutilishi kerak.
    Ishlab chiqarishda, ish o’rinlarini yori tish borasida ham ilmiy ishlarni davom ettirish, ayniqsa ko’zni toliqtiruvchi omillarni kamaytirish, sun’iy yorug’lik manbalarini qo^llashni ko’paytirish, mashinalarga o’rnatilgan yoritish asboblarini takomillashtirish ahamiyatlidir. Ishlab chiqarishni uzluksiz mexanizatsiyalash, mashinalarning va transport vositalarining quvvati va harakat tezligining oshishi bevosita shovqin va titrashning ortishiga olib kelmasligi kerak.
    Ishlab chiqarishda qo’llaniladigan jihoz va uskunalarning elektr xavfsizligi boyicha tadqiqotlar o’tkazib, elektr toki va elektromagnit maydonlarining inson sog’ligiga ta’sirini o’rganishga yo’naltirish, bundan maqsad tok kuchi, kuchlanish va maydon kuchlanganligining meyoriy qiymatini aniqlash, elektr uskunalarining yerga ulash moslamalarining mukammal konstruksiyalarini yaratishga qaratish lozim.
    Texnik estetika va ishlab chiqarish madaniyatini ilmiy asosda yaratish, xavfsiz mehnat sharoitlarini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Download 15.56 Kb.




    Download 15.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-Mavzu Transport vositasi ish ko’rsatkichlari hisoblash

    Download 15.56 Kb.