• (Sirtqi barcha birinchi bosqich ta’lim yo’nalishlari uchun) DARSLIK
  • Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat




    Download 4.66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/76
    Sana04.12.2023
    Hajmi4.66 Mb.
    #110808
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    DARSLIK
    5-amaliy ish — копия (5), SEVMM-laboratoriya -6, 7-19, АППАРАТ мажлис ыарори 19.10.2020 й, ИБ-32-3н 5.11.2020 й, 0094.2.5321600.Hayot faoliyati xavfsizligi, Монография, 100 poliester mato def, Мартынова Е.А. Диссертация v2 (1), Roving Frame F 18, 12-13, 1, 7, 263 15.09.2014 узб



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
    INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
     
    TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI 
     
    “IJTIMOIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYAT” KAFEDRASI
     
    GAFFOROV S.X. 
     
    VALEOLOGIYA 
    fanidan
     
    (Sirtqi barcha birinchi bosqich ta’lim yo’nalishlari uchun) 
    DARSLIK
     
     
     
     
     
     
     
     
    Toshkent 2023 



    VALEOLOGIYA 
    Darslik valeologiya fanining mohiyati, uning shakl va funksiyalari, valeologiya 
    vositalari, usullari va tamoyillari, harakat amallariga o‘rgatish strukturasi batafsil bayon 
    qilingan, valeologiya asoslari ochib berilgan. Darslik "Valeologiya" fanining o‘quv rejasi 
    asosida barcha sitrqi ta’lim birinchi kurs ta’lim yo‘nalishlari uchun uchun mos keladi 
    hamda jismoniy tarbiya va sport hamda valeologiya fani o‘qituvchilari uchun tavsiya 
    etiladi. Darslik 9-bob, 178
    betdan iborat. 
     
     
    Mualliflar
    Gafforov S.X. 
    Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 
    “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi
    assistenti. 
    Taqrizchilar
    Asilbekov N.B. 
    Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi 
    dotsenti., Pedagogika fanlari bo‘yich falsafa doktori 
    (PhD).
     
    Nurboyev B.Sh. 
    O‘zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport 
    Universiteti "Fiziologiya va patologiya" kafedrasi 
    biologiya fanlari nomzodi dotsenti
     
     



    KIRISH 
    Istiqlol yillarida mamlakatimizda ilmiy-texnik taraqqiyotning zamonaviy talablarini 
    hisobga olgan holda ishlab chiqarishni faol modernizasiya qilishga yo‘naltirilgan maqsadli 
    ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib borilmoqda. Bu, ilmiy-texnik axborotning ortib borayotgan 
    oqimini o‘zlashtirishni, katta darajada aqliy kuchlanishlarni va jismoniy kuchni sarf 
    qilishni ortishini talab qiladi. 
    Shundan kelib chiqqan holda, odamning jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama 
    rivojlantirish, ixtisoslikka qaratilgan amaliy jismoniy tayyorgarlik samarali mehnat 
    faoliyatining zaruriy shartlariga, uni jamoatchilik ishlab chiqarishida ijodiy ishtirok etishi 
    shartiga aylanmoqda. Buning barchasi, hozirgi vaqtda sog‘lomlashtiruvchi, jismoniy 
    tarbiya va sport bo‘yicha ishlarning an’anaviy va yangi shakllari va usullarini 
    takomillashtirishni talab qilmoqda. 
    Turmush sharoitlarini yaxshilanishi, ishlab chiqarishni mexanizasiyasi va 
    avtomatlashtirilishi, odam faoliyatining barcha sohalariga kompyuter texnologiyalarini 
    joriy qilinishi kam harakat qiladigan turmush tarzini yuzaga keltirdi, bu esa, odam 
    yuragining mushaklari va mushak tizimini kuchsizlanishiga olib keladi.
    Yurak mushaklarining kuchsizlanishi qonni barcha a’zolar va mushaklarga kuchsiz 
    haydalishiga, organizmning barcha hujayralarini oziqlanishini pasayishiga olib keladi. 
    Oziqaning etishmasligi, ayniqsa bosh miya faoliyatida kuchli aks etadi. Bu, xotiraning 
    pasayishida va tezkor toliqishda namoyon bo‘ladi. Undan tashqari qon aylanishining 
    sekinlashishi, organizmning boshqa a’zolari va tizimlarini funksiya qilishini 
    yomonlashtiradi va natijada surunkali kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. 
    Harakat faolligining optimalligi odam organizmning barcha a’zolari va tizimlarini 
    funksiya qilishiga va ayniqsa, markaziy asab tizimi ishiga va psixik faoliyatga 
    rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. 



    Ishchanlik qobiliyatining pasayishini asosiy omillaridan biri – jismoniy faoliyatning 
    etishmasligi hisoblanadi. 
    O‘sib kelayotgan avlodni barkamol qilib tarbiyalash maqsadida jismoniy tarbiya va 
    sportdan vosita sifatida foydalanish zarur, ular organizmning barcha ichki resurslarini 
    qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun mujassamlashtirishga yordam beradi, ishchanlik 
    qobiliyatini oshiradi, kun davomida barcha belgilangan ishlarni bajarish imkonini yaratadi, 
    sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni ishlab chiqishga ko‘maklashadi. 
    Texnika oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarida jismoniy tarbiya bilan bir 
    xaftada bir marotaba nisbatan kichkina yuklamalarni bajarish orqali shug‘ullanish hamda 
    qishki va yozgi ta’tillar, imtihon sessiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv jarayonidagi uzoq 
    muddatli 
    tanaffuslar 
    talabaning 
    asab-mushak 
    apparatini 
    ketma-ket 
    funksional 
    takomillashtirish va organizm funksiyalarini energetik ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan 
    sharoitlarni yaratmaydi. 
    Oliy ta’lim muassasasini bitirgan har bir yigit-qiz jismoniy tarbiya va sportni mehnat 
    faoliyatida targ‘ibot qilishga tayyor bo‘lishi, ularni ishlab chiqarishning iqtisodiy 
    ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini chuqur tushunishi kerak. 
    Hozirgi vaqtda, talabalar o‘rtasida ommaviy sog‘lomlashtiruvchi, jismoniy tarbiya 
    va sport bo‘yicha ishlarning an’anaviy va yangi shakllari va usullarini takomillashtirish 
    hamda jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish ko‘nikmalarini rivojlantirishning 
    kuchli zarurati yuzaga kelmoqda. 
    Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish oliy ta’lim muassasalari talabalari 
    sog‘lom turmush tarzining majburiy tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Ular, harakat 
    faolligining defisitini to‘ldiradi, organizmni toliqishdan keyin ancha samarali tiklanishiga, 
    jismoniy va aqliy ishchanlik qobiliyatini ortishiga ko‘maklashadi. 

    Download 4.66 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 4.66 Mb.
    Pdf ko'rish