9
tayyorgarligi, gavda tuzilishi va jismoniy rivojlanishini yaxshilovchi pedagogik jarayon
tushuniladi.
1.3. Valeolgiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Valeologiya anatomiya, fiziologiya, psixologiya,
sosiologiya, falsafa, matematika,
kibernetika va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Valeologiyaning yuqorida qayd
etilgan fanlar bilan bog‘liqligi haqida keyinroq aniq vazifalarini bayon etishda so‘z
yuritiladi.
Jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi inson salomatligini asrash va yaxshilashdir.
Shu munosabat bilan inson salomatligi tibbiy-pedagogik tadqiqotlarning ob’ekti bo‘lishi
lozim. Bu erda jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-qon tizimining ishlashi,
jismoniy tayyorgarlik va jismoniy ahvol salomatlikning tarkibiy elementlari ekanligini
qayd etish muhim. Shuning uchun insonni boshqarish va uning jismoniy etukligiga erishish
uchun jismoniy tayyorgarlikni qator ko‘rsatkichlar (jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishi,
jismoniy va funksional tayyorgarlik) bo‘yicha majmuaviy baholash kerak. Olingan to‘liq
ma’lumotlar asosida inson salomatligi darajasini aniqlash mumkin. Shuni aytib o‘tish
kerakki, jismoniy komillikka erishish jarayonini individuallashtirish
uchun insonning
shaxsiy xususiyatlarini bilish kerak. Buning uchun turli psixologik testlaridan foydalanish
mumkin.
Tibbiy pedagogik va psixologik tadqiqotlar ma’lumotlarini majmuaviy hisobga olish
jismoniy holat haqida ob’ektiv axborot olish sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning
turlari va usullarini aniqlab olish imkonini beradi.
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Pedagogik
tadqiqotlar, tibbiy tekshirishlar va axborot ta’minoti usullari qo‘llanilgan majmuaviy
ma’lumotlar quyidagi masalalarni hal etishda yordam beradi:
1. Jismoniy ahvolni aniqlash.
2. Jismoniy rivojlanish, jismoniy va funksional tayyorgarlikni baholash.
10
3. Insonning jismoniy etukligi dinamikasini aniqlash.
4. Sog‘lomlashtirishning samarali usullarini aniqlash.
5. Yetuklikka erishish jarayonini rejalashtirish tizimini o‘rganish.
6. Jismoniy etuklikka erishishni individuallashtirish.
7. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil, muntazam, amaliy shug‘ullanishga
ehtiyojni
rivojlantirish.
8. O‘z-o‘zini nazorat qilish usullariga o‘rgatish va h.k.
Insonning jismoniy etukligi haqida ma’lumot pedagogik, tibbiy-biologik va psixologik
ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqilishi kerak, bu jismoniy ahvolni ob’ektiv
boshqarish imkonini beradi. Yosh davrlar valeologiyasi - insonning sog‘lom
rivojlanishining yosh bilan bog‘liq o‘ziga xosliklarinning, uning turli yosh davrlarida ichki
va tashqi muhit omillari bilan o‘zaro munosabatini hamda hayotiy faoliyat sharoitlariga
moslashuvini o‘rganadi. Differentsial valeologik va salomatlikni saqlash texnologiyalari
sog‘lomlikning individual-tipologik o‘ziga
xosliklarini, individning genetik va fenotipik
tuzulishini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi; sog‘lomlikni son va sifat o‘zgarishlari
individual dasturini tuzish metodologiyasini ishlab chiqadi.
Kasbiy valeologik va salomatlikni saqlash texnologiyalari kasbiy testlar o‘tkazish va
kasbga yo‘naltirish muammolari bilan bog‘liqlikda shaxsning individual-tipologik
hususiyatlarini baholashning ilmiy soxalangan metodlarini yaratish masalalarini o‘rganadi.
Maxsus valeologik va salomatlikni saqlash texnologiyalari inson hayoti uchun
xavfli, aloxida turli ta'sirlardan, inson sog‘lig‘iga ta'sir etuvchi ekstrimal omillar va ushbu
omillarni xavfsizlantirish me'zonlarini tadqiq etadi.
Ekologik valeologik va salomatlikni saqlash texnologiyalari tabiiy omillar va
tabiatdagi antropogen o‘zgarishlarning natijasini inson sog‘lig‘iga ta'sirini tadqiq etadi. V.
P. Petlenkoning ma'lumoti bo‘yicha ekologik valeologik va salomatlikni saqlash
texnologiyalari ekzoekologiya va endoekologiyani o‘z ichiga qamrab oladi.
11
Ekzoekologiya – tashqi ekologik omillar (kosmos, magnitosfera,
gravitatsiya,
quyosh radiatsiyasi, iqlim, atmosfera, gidrosfera)ning inson salomatligiga ta'sirini tahlil
qiladi.
Endoekologiya – bu organizm ichki muhitini biologik potentsiali uning bioritmik,
xronoritmik holati. Bu toza (sog‘lom) organizm kontseptsiyasi. U toza mahsulotlar istemol
qilish, organizm (organlar,qon tizimi, limfa tizimi)ni shlaklardan tozalash masalalarini
amalga oshiradi. Ekologik valeologiyaning eng asosiy masalalari sog‘lom hudud, ekstrimal
sharoitlardagi inson hatti xarakatlarida aks etadi.
Pedagogik ko‘rinishlarni son jihatdan tahlil qilishda
matematik statistikadan
foydalaniladi. Matematik statistika jismoniy etuklikka erishish va jismoniy tarbiyaning
ob’ektiv qonunlarini o‘rganishning samarali usullaridan biridir. Jismoniy etuklikka
erishishning samarali sog‘lomlashtiruvchi vositalarini aniqlash uchun jismoniy rivojlanishi,
gavda tuzilishi va jismoniy, funksional tayyorligi ko‘rsatkichlarining korrelyasion
bog‘liqligini aniqlash kerak.
Yoshlarning jismoniy etuklikka erishishining ilmiy asoslangan vositalarini
aniqlashga bunday yondashuv sog‘lomlashtirish profilaktika
ishlarini samarali
rejalashtirish va mashqlarni to‘g‘ri tanlash imkonini beradi.