• 3.4. Musobaqalar talaba yoshlarni tarbiyalashning samarali yo‘li sifatida
  •  O‘rta Osiyo xalqlarining bellashuv va o‘yinlari yoshlarni tarbiyalashning




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/76
    Sana04.12.2023
    Hajmi4,66 Mb.
    #110808
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76
    Bog'liq
    DARSLIK
    5-amaliy ish — копия (5), SEVMM-laboratoriya -6, 7-19, АППАРАТ мажлис ыарори 19.10.2020 й, ИБ-32-3н 5.11.2020 й, 0094.2.5321600.Hayot faoliyati xavfsizligi, Монография, 100 poliester mato def, Мартынова Е.А. Диссертация v2 (1), Roving Frame F 18, 12-13, 1, 7, 263 15.09.2014 узб
    3.3. O‘rta Osiyo xalqlarining bellashuv va o‘yinlari yoshlarni tarbiyalashning 
    samarali vositasi sifatida 
    O‘rta Osiyoda turli tantanalar munosabati bilan xilma-xil xalq sayillarini o‘tkazish 
    an’anaga aylanib qolgan. Jumladan, ularda piyoda yoki otda yugurish-poyga, kurash, 
    ko‘pkari yoki uloq, hayvonlarni urishtirish keng tarqalgan edi. Yugurish uchun (poyga) 
    1000-2000 mli masofa belgilanadi.
    Unda 18 yoshga tulgan barcha hoxlovchilar ishtirok etishi mumkin bo‘lib, marraga 
    birinchi etib kelganga qimmatbaho sovrin: ot, 2-3 qo‘y, shoyi chopon yoki pul belgilangan. 
    Marraga ikkinchi yoki uchinchi bo‘lib yugurib kelganlarga ham mukofotlar berilgan. 
    Otliq poyga 4-6 km li masofada o‘tkazilgan. Birinchi bo‘lib marraga kelgan 
    chavandozga qimmatbaho sovg‘a berilgan.
    Kurash bellashuvlari to‘ylarda, odatda, kech qurun katta gulxan yorug‘ida tashkil 
    etilgan. Yig‘ilganlar keng davra qurib o‘tirganlar. /olib uchun chopon, do‘ppi, etiklar, 
    qiyiqchali to‘n va pul belgilangan. Bolalarda milliy harakatli o‘yinlar-berkinmacho q, 
    toshotar, urdi- qochdi, oq suyak, akkol,bukri tayo q, osh q o‘yini, qimor o‘yini keng tar 
    qalgan. Yuqorida bayon qilinganlar O‘rta Osiyoda aholining keng qatlamlari turli musoba 
    qalarni tashkil etganlar, bu ijtimoiy faollik, intizom, o‘zaro yordam, jamoatchilik va 
    do‘stlik, alohida imkoniyatlarni yuzaga chi qarishga ko‘maklashgin, deb xulosa qilishga 
    izn beradi. 
    3.4. Musobaqalar talaba yoshlarni tarbiyalashning samarali yo‘li sifatida 
    Kuch sinasha bilishning tarbiyalash usuli sifatidagi mohiyati yoshlarga pedagogik 
    ta’sir o‘tkazish shunday tizimini qo‘llashdan iboratki, bu tizim ularda o‘rtoqlik bellashuvi 
    hamda sog‘lom raqobat ruhini rivojlantiradi, o‘qishda eng kuchlilarga, jismonan yaxshi 
    tayyorlangan va uyg‘un qaddi-qomatga ega bo‘lganlarga tenglashishni, hamkorlik, o‘zaro 
    yordamga intilish, qoloqlarni ilg‘or darajasiga tortish va shu asosda faoliyatning yuqori 
    umumiy natijalarini ta’minlashni taqozo etadi. Musobaqaning yuqori samaradorligini 


    45 
    ta’minlash uchun uning sub’ektlarini (kim kim bilan bellashyapti-guruh guruh bilan, talaba 
    talaba bilan) hamda ob’ektlarini ( qaysi sport turlari bo‘yicha tashkil etilyapti) aniqlab olish 
    zarur. 
    Musobaqa shakllarini belgilashda talabalarning alohida holatini guruhlar, fakultetlar, 
    yotoqxonalar orasidagi musobaqalar bilan uyg‘unlashtirish juda muhim. Musobaqaning 
    tarbiyaviy jihatdan samaradorligining muhim shartlaridan biri musobaqaga kirishayotgan 
    talaba va guruhlar olgan majburiyatlarning maqbullik xususiyatidir. Majburiyatlar aniq 
    bo‘lishi, talabalarning haqiqiy imkonlariga mos kelishi hamda ularni yuqori darajadagi 
    shiddat bilan faoliyat yuritishga jalb etishi kerak. 
    Musobaqa to‘g‘ri tashkil etilishining muhum ko‘rsatkichlaridan biri kuch sinasha 
    bilish, sog‘lom raqobat, eng kuchliga etib olish va undan o‘zib ketish hamda o‘z 
    birinchiligini saqlab qolishdir. Bu guruhda ijobiy ma’naviy-ruhiy iqlimni yaratadi. Ayni 
    vaqtda bunday iqlim musobaqa natijalarini muhokama qilish va keyingi bellashuvlarga 
    chaqirish uchun qulay vaziyatni yuzaga keltiradi, bu esa talabalarning jismoniy mashqlar, 
    sport bilan mustaqil shug‘ullanishini faollashtiradi. 
    Musobaqalar quyidagi tamoyillarga muvofiq tashkil etiladi: 
    musobaqalar borishining oshkoraligi; 
    yuqori natija ko‘rsatkichi talabaning (guruhning) tezkorlik bilan rag‘batlantirilishi 
    (mukofotlanishi). 
    Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida musobaqa usulini qo‘llashning 
    tarbiyaviy ahamiyati. 
    Talabalarni 
    tibbiy-pedagogik 
    tekshiruvidan 
    o‘tkazishda ularning jismoniy 
    rivojlanishi, 
    qaddi-qomati 
    o‘rganiladi. Jismoniy rivojlanishning eng yaxshi 
    ko‘rsatkichlariga va uyg‘un tana tuzilishiga ega bo‘lgan talabalarni alohida ajratib 
    ko‘rsatish lozim. 


    46 
    Jismoniy, funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytingning aniqlanishi 
    o‘quv jarayoniga musobaqa elementlarini tatbiq etadi va talabalar tomonidan katta qiziqish 
    bilan qabul qilinadi. 
    Amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash uchun tavsiya etilgan individual xususiyatga ega 
    bo‘lgan musobaqalar bular armrestling, og‘irliklar ko‘tarish, testlar bo‘yicha (ta’tillik, 
    gavdani ko‘tarish, qo‘llarga tayanib, ularni bukib-yozish) bellashuvlar. Alohida testlar 
    bo‘yicha g‘olibni fakultet terma jamoasiga qabul qiladilar. 
    Guruh doirasida ham xar xil sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. 
    Bir oqimdagi (potok) guruhlar orasida alohida testlar asosida ham, sport o‘yinlari 
    bo‘yicha ham musobaqalar uyushtiriladi. 
    Fakultet va yotoqxona terma jamoalari orasida spartakiadalar o‘tkazish 
    Alohida xususiyatli va sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar asosida fakultet uchun 
    ma’sul o‘qituvchilar tomonidan eng yaxshi, alohida ajralib turgan talabalardan terma 
    jamoalar tashkil etiladi.
    Fakultet, yotoqxona terma jamoalari orasidagi musobaqalar to‘g‘risida ishlab 
    chiqilgan nizomga muvofiq hamda jadval va o‘yinlar taqvimiga ko‘ra musobaqalar butun 
    o‘quv yili davomida o‘tkaziladi. 
    Talabalar kasaba uyushmasi fakultet terma jamoasi, alohida sport turlari bo‘yicha 
    g‘oliblarni rag‘batlantirish uchun mablag‘lar ajratadi. Sovg‘alarni topshirish o‘quv yili 
    davomida yoki oxirida sport kechasida amalga oshiriladi. 
    Shuni ta’kidlash joizki, musoba qa natijalarining maxsus taxtada o‘z vaqtida ask 
    ettirilishi katta qiziqish uyg‘otadi. Natijalarning tengdoshlar, musobaqa ishtirokchilari 
    bilan muhokama qilinishi ularning musobaqalarda muntazam ishtirok etishga bo‘lgan 
    qiziqishlarini oshiradi. 

    Download 4,66 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   76




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O‘rta Osiyo xalqlarining bellashuv va o‘yinlari yoshlarni tarbiyalashning

    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish