Gigienik va jinsiy ta’lim-tarbiya




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
DARSLIK

 
2.6. Gigienik va jinsiy ta’lim-tarbiya. 
Sog‘lom turmush tarzining yana bir omili - jinsiy tarbiyaning muhim sharti bola 
vaqtini taqsimlash va haddan tashqari ko‘p bo‘sh vaqtning mavjud bo‘lmasligiga jiddiy 
e’tibor berish Jinsiy tarbiya deganda erkak va ayollar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni 
tarbiyalash tushuniladi.
Ba’zi odamlar jinsiy tarbiyani oilaviy hayotga tayyorlanish deb biladilar, boshqalar 
esa jinsiy tarbiya o‘sib kelayotgan yosh avlodga inson zotini davom ettirishning mohiyati 
haqida ma’lumot berishdir, degan fikrni olg‘a suradilar. Bu fikrlar to‘g‘ri, lekin aslini 
olganda jinsiy tarbiya tushunchasi ancha keng ma’noga ega. 
Jinsiy tarbiya, xususan, yoshlarni bo‘lg‘usi oilaviy hayotga tayyorlash masalasi juda 
murakkab masaladir. Bu masala keng ko‘lamdagi hodisalarni o‘z ichiga oladi, unda his-
tuyg‘ular, ongga, jamiyat belgilagan odob-axloq me’yorlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
Jinsiy tarbiya masalasi tarbiyaning ajralmas qismidir. Yoshlarni jinsiy tarbiyalashda, ularga 
oilaviy hayotga to‘g‘ri yo‘llanma berishda avvalo ota-onalar, muallimlar, keng 
jamoatchilik katta jonbozlik ko‘rsatishlari zarur. Mashhur pedagog A.S.Makarenko Jinsiy 
tarbiya avvalo shaxsning ijtimoiy madaniyatini tarbiyalashdir degan. 


33 
O‘sib kelayotgan yosh avlodda, o‘smirlarda sharm-hayo, iffat, odamlar o‘rtasida 
o‘zini tuta bilish, xushmuomalalik, poklik va shu kabi ajoyib fazilatlarni takomillashtirish 
yoshlar orasida jinsiy tarbiyani to‘g‘ri olib borishda juda muhim rol o‘ynaydi. Yosh 
avlodni o‘z jinsiy his-tuyg‘ularini boshqara bilishga o‘rgatish esa jinsiy tarbiyaning muhim 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Ana shu mas’uliyatli ishni, avvalo, oila, maktabgacha 
tarbiya muassasalari va maktab amalga oshiradi. Jinsiy tarbiya umumiy tarbiyaning 
tarkibiy qismi bo‘lgani uchun bu masalada ota-onalar asosiy ro‘l o‘ynaydilar. Pedagog va 
vrachlar bu borada ularga yordam berishlari kerak. Jinsiy tarbiyada bir qator masalalar 
borki, ularni tibbiyotchilar ishtirokisiz hal qilib bo‘lmaydi. Bular yoshga xos gigiena 
xususiyatlarini belgilash, tegishli gigienik sharoitlar yaratish, ba’zi kasalliklar va 
salomatlik uchun zararli odatlarning oldini olish va hokazolardir.
Gigiena va sanitariya masalalari, shuningdek, o‘g‘il va qiz bolalarning o‘zaro 
munosabatlari asoslari bilan bogiiq bo‘lgan axloqiy masalalar, bo‘lajak oilaparvar kishi 
hususiyatlarini tarkib toptirish, «erkin muhabbat» nazariyasi va axloq qoidalariga xilof 
bo‘lgan boshqa nazariyalarga murosasizlikni tarbiyalash haqidagi bilimlar — «Gigiena va 
jinsiy tarbiya», «Oilaviy hayotga tayyorlash» dasturlarida o‘z ifodasini topadi. Bu 
fanlarning vazifasi talabalarga faqatgina zarur ma’lumotlar berish, ularda gigienik 
malakalar hosil qilish emas, balki yosh avlodning ongiga sog‘lom turmush tarzi 
tushunchalarini singdirishdan iborat.
Gigienik tarbiya biror maqsadga qaratilgan, bolalarning yoshini hisobga olgan holda 
amalga oshiriladi. Gigienik tarbiyaga talablar quyidagilardan iborat: 
—sog‘liqni saqlashga doir darslarda olingan bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish 
va chuqurlashtirish; 
—yoshlarni salomatlikni saqlash sohasidagi eng muhim voqea va erishilgan yutuqlar 
bilan tanishtirish, ularda biologiya sohasidagi bilimlarga qiziqish uyg‘otish; 
—yoshlarning sanitariya mustaqilligini rivojlantirishga, turmush va mehnatda 


34 
sanitariya madaniyati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishni amalga oshirishga yordam 
berish. 
O‘sib kelayotgan yoshlarga jamiyatda o‘z o‘rnini topib, uni boshqarish, o‘z taqdirini hal 
qilish va fikrini amalga oshirishda gigienik ta’lim berishning ahamiyati katta.
Ularni hartomonlama sog‘lom qilib, o‘z salomatligining qadriga etishga nisbatan 
mas’uliyatlarini kuchaytirish, gigienik tayyorgarlikni oshirish zarurligini aniqlash vaunga 
sharoit yaratish usullarini o‘rgatish ayniqsa zarurdir.
Jinsiy tarbiyani amalga oshirish maqsadida qizlarga «Qizlar gigienasi», o‘g‘il bolalarga 
«Yigitlar gigienasi» asosida bilim berish maqsadga muvofiqdir.Teri tanosil kasalliklari 
haqida tushuncha berish ham gigienik va jinsiy tarbiyaning mazmuniga bevosita 
taalluqlidir. OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kasalligi haqida umumiy 
ma’lumot va uning inson salomatligiga ta’siri haqida keng tushunchalar berish bilan 
birgalikda yoshlarni ogoh bo‘lishga chorlash zamirida ularning ongida sog‘lom turmush 
tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 4,66 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish