• Sog‘lom umurtqa pog‘onasi oson!
  • II-BOB SOGLOM TURMUSH TARZINI TARKIBIY QISMLARI, UNI




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/76
    Sana04.12.2023
    Hajmi4,66 Mb.
    #110808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    DARSLIK
    5-amaliy ish — копия (5), SEVMM-laboratoriya -6, 7-19, АППАРАТ мажлис ыарори 19.10.2020 й, ИБ-32-3н 5.11.2020 й, 0094.2.5321600.Hayot faoliyati xavfsizligi, Монография, 100 poliester mato def, Мартынова Е.А. Диссертация v2 (1), Roving Frame F 18, 12-13, 1, 7, 263 15.09.2014 узб
    II-BOB SOGLOM TURMUSH TARZINI TARKIBIY QISMLARI, UNI 
    TASHKIL QILISHGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR 
     
    2.1. Salomatlik va sog‘lom turmush tarzi 
    Mutaxassislarning baho berishicha aholi salomatligining 40-50% hayot tarziga 
    bog‘liq. Zararli odatlar, noto‘g‘ri ovqatlanish, alkogol va tamakini me’yoridan ortiq 
    iste’mol qilish, ko‘p o‘tirish, stress, atrof-muhitning iflosligi turli kasalliklarga (yurak-
    tomir va nafas olish tizimi kasalliklari, oshqozon-ichak funksiyalarining buzilish va h.k.) 
    olib kelishi ma’lum.
    Yosh o‘tgan sayin va sog‘lom turmush tarzining buzilishi bilan orttirilgan kasalliklar 
    surunkali kasalliklarga aylanadi. 
    Bundan, inson qanday hayot tarzi yuritishiga harab salomatligi darajasi haqida so‘z 
    yuritish mumkin, degan xulosaga kelish mumkin. 
    Shuning uchun turmush tarzi salomatlik bazisi sifatida ko‘rib chiqiladi. Salomatlik 
    darajasini tana og‘irligi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, yurak qisharishlari chastotasi, qon 
    bosimi, standart sinovdan keyin yurak urishi tiklanishiga ketgan vaqt va hokazolarning 
    oddiy ko‘rsatkichlari yordamida aniqlash mumkin. Salomatlikning tarkibiy elementlariga 
    insonning jismoniy va funksional tayyorgarligi haqidagi ma’lumotlar kiradi. Salomatlikni 
    asrash va mustahkamlash, deganda jismoniy rivojlanish gavda tuzilishi, jismoniy va 
    funksional tayyorlikni yaxshilash tushuniladi. Salomatlikni yaxshilashga esa muntazam 
    jismoniy mashg‘ulotlar orqali erishish mumkin.
    Sog‘lom umurtqa pog‘onasi oson! 
    1. Juda oddiy mashq bajarishni qoidaga aylantiring: orqangiz bilan vertikal yuzaga, 
    masalan, devorga qarshi turing. Unga bir vaqtning o'zida boshning orqa qismi, bir oz 
    tushirilgan elkalari, yelka pichoqlari, dumba va tovonlari bilan teginishni unutmang. 
    Taxminan bir daqiqa turing, tananing holatini eslang va uni ushlab, devordan uzoqlashing. 


    16 
    Bu to‘g‘ri pozitsiya. Kuniga bir necha marta holatingizni tuzating. Mushaklaringiz buni 
    "eslab qolsin". 
    2. Bu umurtqa pog'onasining pastki qismida og'riqni keltirib chiqaradi, qon 
    aylanishiga to'sqinlik qiladi va hatto tos va jinsiy a'zolar hududida kasalliklarga olib kelishi 
    mumkin. Va to'satdan o'tirmang, butun belanchakdan stulda! Bu bilan siz har safar 
    vertebralarni urasiz, bu esa xaftaga tushadigan yuzalarga va disklarga zarar etkazadi. 
    3. Agar siz uzoq vaqt turishingiz kerak bo'lsa (masalan, navbatda yoki transportda), 
    har 10 daqiqada o'z pozitsiyangizni o'zgartirishni unutmang. Har bir oyoqqa navbat bilan 
    suyanish kerak, shunda ular navbat bilan tana vaznini hisobga oladi. Joyda yuring. Vaqti-
    vaqti bilan qo'llaringizni yuqoriga cho'zish, orqaga egilish va chuqur nafas olish foydalidir. 
    Siz charchoq hissi qanday kamayganini darhol his qilasiz va siz energiya to'lqinini his 
    qilasiz. 
    4. Og‘irlikni ko‘tarish ikki qo'l bilan bajarilishi kerak, shu bilan birga orqa tekis, ikki 
    tomonga burilmagan bo'lishi kerak. 
    5. Belga og'rig'i va yomon kayfiyat qilib bog'liq! Muammolaringizga, shikoyatlaring
    izga, tajribalaringizga kirmang. Kambag'al ruhiy holatda qon tomirlarining ohanglari o'zgar
    adi, bu esa, o'z navbatida, kasallikdan allaqachon ta'sirlangan asab tugunlarida qon ta'minot
    i yomonlashishi mumkin. Bu nafaqat orqada og'riqlarga olib keladi. Og'riq, masalan, qo'l y
    oki oyoqqa tarqalishi mumkin. 
    Qorin va ko‘krak sohasidagi deyarli barcha mushaklar umur
    tqa bilan tutashgan.
    Makonda harakatlanishga hamda og‘irlikni ko‘tarishga yordam beradigan ustki mus
    haklardan tashqari ichki mushaklar ham mavjud bo‘lib, u ichki a’zolarimizni ushlab turadi,
    og‘irlik kuchiga qarshilik ko‘rsatishga va vertikal holatda turishga yordam beradi. 


    17 
    Abu Ali ibn Sino salomatlik haqidagi fanning asoschilaridan biridir. Alloma 
    kasalliklarning oldini olish va ularni davolash bilan birgalikda salomatlikni asrashga ham 
    katta e’tibor bergan. U jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish sog‘lom 
    bo‘lishning kuchli omili ekanligini ko‘p bora qayd etgan. 
    T.I.Iskanderov, V.I.Isxaqov o‘z ishlarida qadimiy dunyo va Sharq an’analari bilan 
    uyg‘unlashgan turli jismoniy mashqlar haqida so‘z yuritadilar. Bular: otda yurish, 
    yugurish, kurash, tosh ko‘tarish, to‘p o‘yinlari va h.k. 
    O‘zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishga o‘tishi, iqtisodiy-demokratik 
    jamiyat qurish, jamiyat ma’naviyatini yangilash, davlat va ijtimoiy qurilish sohalarida 


    18 
    yuqori natijalarga erishishda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hozirgi yosh avlodning, 
    butun millatning sog‘lig‘ini asrashning muhim masalasi hisoblanadi. 
    Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish turli yo‘nalishlarda olib borilishi lozim. Bu, bir 
    tomondan, talabalar va kattalarga sog‘lom turmushga oid muayyan tibbiy-gigienik 
    bilimlarni berishga, ularda sog‘lom turmush tarzini organizm rivojiga qanday ta’sir etishi 
    haqidagi tasavvurlarni uyg‘otishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ta’lim-tarbiyada 
    gigienik qoidalarga amal qilishga, o‘zini va yon-atrofidagilar sog‘lig‘ini asrashni kundalik 
    odatga aylantirish ko‘nikmalarini shakllantirishga bog‘liq. Bu borada sog‘lom turmush 
    tarzi ommaviy axborot vositalarida, barcha tarbiya o‘choqlari bilan hamjihatlikda litsey, 
    kollejlarda keng targ‘ib qilinmog‘i zarur. Oliy ta’lim miqyosida, Oliy va o‘rta maxsus 
    ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot va mehnat vazirligi, 
    Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi, shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun», «Kamolot» 
    yoshlar ijtimoiy harakati, «Iste’dod», «Mehr nuri», «Ulug‘bek», «Nuroniy», «Oydin 
    Hayot» kabi ko‘plab nodavlat tashkilotlarining mahalla bilan yaqindan o‘zaro hamkorligi 
    amalga oshirilishi lozim. 
    Sog‘lom turmush tarzi bu — inson hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga 
    xizmat qiluvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lish asosida hayotiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda 
    salomatlikning yuqori darajada bo‘lishiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy hodisadir. 
    Sog‘lom turmush tarzi — inson turmush sharoitlarini faol o‘zlashtirish usuli bo‘lib, 
    kun tartibiga rioya qilish, faol harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan 
    shug‘ullanish, to‘la va sifatli ovqatlanish, ovqatlanishning gigienik qoidalariga rioya qilish, 
    muloqot va ekologik madaniyatga erishish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida 
    ma’naviy tarbiya olish, zararli odatlardan o‘zini tuta bilish demakdir. 
    Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish predmetining maqsadi va vazifalari: 
    —shaxs hayoti va salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish 
    borasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga erishish; 


    19 
    —kun tartibiga qat’iy amal qilish
    —muntazam ravishda chiniqib borish, faol jismoniy xarakatni tashkil etish hamda 
    sport bilan doimiy shug‘ullanishga erishish; 
    —to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarining mohiyati va ahamiyati to‘g‘risidagi 
    ma’lumotlarni puxta o‘zlashtirish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanish; 
    —shaxsiy salomatlikni saqlashga nisbatan mas’uliyatni qaror toptirish; 
    —atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyat qoidalariga ega bo‘lish; 
    —turli xildagi jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning oldini.olish layoqatiga ega 
    bo‘lish; 
    —salbiy odatlarni o‘zlashtirish (tamaki chekish, narkotik moddalar va spirtli 
    ichimliklar iste’mol qilish)ga rag‘batning yuzaga kelmasligini ta’minlash; 
    —jins sifatida to‘g‘ri tarbiyalanish, shaxsiy gigiena qoidalaridan xabardor bo‘lish va 
    ularga og‘ishmay amal qilish; 
    —o‘zida yuksak axloqiy sifatlar, kuchli va mustahkam irodani hosil qilishga 
    erishish, shuningdek, psixogigiena talablariga amal qilish; 
    —hayotning umumiy falsafasi — turmush muammolariga qarshi kurasha olish, 
    milliy istiqlol g‘oyasi va mafkura tamoyillariga zid bo‘lgan aqidalarga qarshi immunitetni 
    hosil qilish yo‘lida nazariy va amaliy faoliyatni tashkil etish va hokazolardan iboratdir. 
    Yangi jamiyatning zamonaviy tarbiya konsepsiyasi inson shaxsini, ya’ni, barkamol, 
    etuk, qo‘yilgan maqsadga erkin va o‘z kuchi bilan erisha oladigan yoshlarni 
    shakllantirishga qaratilgandir. Bu, bir tomondan, shaxsning xar tomonlama uyg‘un 
    rivojlanishini, ikkinchi tomondan, uning butun rivojlanishi jarayonida ruhiy, jismoniy, 
    ma’naviy sog‘lom o‘sishini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. 
    Inson hayoti, sog‘lig‘i eng katta ijtimoiy boylikdir. Bu — oila, maktab va inson 
    tarbiyasi, kamoloti bilan shug‘ullanuvchi maskanlar oldiga sog‘lom turmush tarzint 
    shakllantirish masalasini ko‘ndalang qo‘yadi. Millat sog‘lig‘i ham, tabiiy ravishda, 


    20 
    sog‘iom turmush tarzi orqali hal etiladi.
    Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda 
    zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug‘ullanish, to‘g‘ri 
    ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p 
    bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini me’yoridan ortiq iste’mol 
    qilmaslikni, bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotimizga 
    aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda. Jismoniy tarbiya 
    va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha 
    hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli 
    immun tizimi paydo bo‘lishini ta’minlash, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri 
    ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy 
    jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli 
    infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Har bir talaba «salomatlik» tushunchasi; salomatlik omillari; salomatlikni saqlashda 
    organizmning himoyalanishi; valeologiya fani, uning tamoyillari va metodlari to‘g‘risida 
    bilimlarga ega bo‘lishi kerak. 
    Turmush tarzi inson yashashi uchun zarur bo‘lgan turmush sharoitlarini o‘zlashtirish 
    demak. O‘zlashtirish usuliga qarab uni sog‘lom turmush tarzi va nosog‘lom turmush tarzi 
    deb ajratish mumkin, hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning rivojlanishi, 
    boshqa fanlar bilan aloqasi, uning maqsad va vazifalarini o‘zlashtirish zarur. 
    Har qanday shaxsning turmush tarzi kun sayin ro‘y berayotgan voqea-hodisa va turli 
    o‘zgarishlarning ta’siri ostida shakllanadi. Ta’kidlash joizki, o‘zaro munosabatlarning 
    o‘zgarayotgani o‘quvchilar ruhiyatiga tobora ko‘proq ta’sir etmoqda. Natijada ularda o‘z 
    taqdiri, oilasi, jamoasi uchun zarur bo‘lgan aqliy, hissiy va erkiga oid xatti-harakatlarni tanlash 
    ma’suliyati oshmoqda. Shular natijasida yuzaga keladigan asab kasalliklarining oldini olish 
    zarur. Buning uchun esa, eng avvalo, shaxsiy va ijtimoiy miqyosda sog‘lom turmushni 


    21 
    tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishiiing asosiy yo‘nalishlari va amalga 
    oshirish yo‘llarini bilish kerak. 
    Faol harakat bilan bog‘liq hayot kechirish, chiniqish, jismoniy tarbiya va sport bilan 
    shug‘ullanish-sog‘lom turmush tarzining muhim omillaridir. Insonning sog‘lom turmush 
    kechirishida faol harakat, ya’ni chiniqish asosiy o‘rinni egallaydi. 
    I.P.Pavlov jismoniy harakatning inson salomatligiga ta’sirini organizmning tashqi 
    muhit bilan chambarchas bog‘liqligini anglatuvchi ko‘rinish, deb ta’riflaydi. Bunday 
    bog‘lanish va biologik a’zolar faoliyatini markaziy asab tizimi boshqarib turadi. Jismoniy 
    mashg‘ulot u yoki bu mushaklar guruhiga ta’sir qilmay, bir butun hisoblangan organizmga 
    o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, doimiy uzluksiz ravishda bajariladigan jismoniy harakat 
    kishi sog‘lig‘iga yaxshi ta’sir etadi. Modda almashinuv yaxshilanadi, organizm to‘qimalari 
    oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, parchalangan moddalar esa organizmdan tezroq 
    chiqarib tashlanadi. Yurak chiniqadi va yanada chidamli bo‘ladi. Shu sababli faol jismoniy 
    harakatdagi kishilar ruhan tetik, baquvvat, quvnoq va oqko‘ngil bo‘ladilar.
    Jismoniy mashqlarni bajarish natijasida organizmning himoya vositalari yaxshi 
    rivojlanadi. Bolalik va o‘smirlik davridan boshlangan chiniqish mashg‘ulotlari, ayniqsa, 
    foydalidir. Har bir kishida mustahkam rejimga amal qilish odatini tarbiyalash zarur. 
    Badantarbiya bilan shug‘ullanish, toza havoda sayr qilish, sport o‘yinlarida ishtirok etish, 
    uzoq umr ko‘rish va salomatlikni ta’minlovchi omillardandir. Har bir shaxs muntazam 
    ravishda, muayyan darajada jismoniy qobiliyatga mos keluvchi jismoniy harakatlarni 
    bajarishga odatlanishi lozim. Bulardan tashqari, bizning issiq iqlim sharoitimizda 
    an’anaviy usullarga qaraganda noan’anaviy usullar bilan organizmni chiniqtirish maqsadga 
    muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, turli xil oyoq vannalari, tuzli hamda toshli yo‘lakchalarda 
    yurish, shuningdek, uyqudan oldin va keyin ochiq havoda sayr qilish singari chiniqtirish 
    usullari organizm immun tizimining faoliyatini kuchaytiradi. 
    Faol harakatning organizmga ko‘rsatadigan ta’sirini quyidagicha ifodalash mumkin: 


    22 
    —yurak-qon-tomir funksiyasi faollashadi; 
    —nafas olish yaxshilanadi; 
    —suyaklar 
    mustahkamlanib, 
    mushaklar 
    kuchli 
    bo‘ladi,bo‘g‘inlarning 
    harakatchanligi ortadi; 
    —ovqatning yaxshi hazm bo‘lishi ta’minlanadi; 
    —ayirish organlarining faoliyati yaxshilanadi; 
    —asab tizimi mustahkamlanadi. Bular esa markaziy asab tizimida bo‘ladigan 
    qo‘zg‘alish hodisalarining muvozanatini bir me’yorda saqlashda katta ahamiyatga ega; 
    —inson psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; 
    —qaddi-qomatning to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi va hokazolar. 
    Organizmni mustahkamlash va chiniqtirish uchun tabiatning tabiiy kuchlaridan 
    quyosh, havo va suvdan foydalanishga, insonning sog‘lom turmush kechirishida jismoniy 
    tarbiyaning ahamiyatiga alohida e’tibor berish, o‘quvchilarda shu tushunchalarni 
    shakllantirish zarur. 
    Kun tartibiga amal qilish sog‘lom turmush tarzining asosidir. 
    Kun tartibi — insonning dunyoga kelgan kunidan boshlab amalda bo‘luvchi doimiy 
    jarayon sanalib, shaxsning turli mazmundagi faoliyati — mehnat qilish, dam olish, 
    ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish va hokazolarning muayyan vaqtda, tartib bilan, 
    ketma-ket bajarilishidir. Tabiiyki, kun tartibi barcha uchun bir xil bo‘la olmaydi va u 
    shaxsning yoshi, sog‘lig‘i, ish qobiliyati va maishiy turmush sharoitiga muvofiq tuziladi, 
    bunda umumiy talablarga: kun tartibini ishlab chiqishda amaliy mehnat bilan jismoniy 
    mehnatning to‘g‘ri taqsimlanishi, mehnatning dam olish bilan o‘z vaqtida almashtirilishi, 
    har kuni muayyan tarzda ovqatlanish, ma’lum vaqtda uyquga yotish va barvaqt uyqudan 
    uyg‘onishga odatlanish, ochiq havoda sayr etish kabilar kiradi. Insonning sog‘lom yohud 
    nosog‘lom turmush tarzi ham kun tartibining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri uyushtirilishiga bog‘liq. 
    To‘g‘ri uyushtirilgan kun tartibi organizmning har tomonlama: 


    23 
    —to‘g‘ri rivojlanishi; 
    —irodaning mustahkamlanishi; 
    —mehnat unumdorligi ancha yuqori bo‘lib, ishlash qobiliyatining uzoq vaqt yaxshi 
    saqlanishi; 
    —kasallanishning oldini olishda muhim o‘rin tutadi. 
    Talaba-yoshlarning sog‘lig‘ini saqlash maqsadida ta’lim muassasa faoliyatiga, uning 
    o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga, ota-onalarga quyidagi fiziologik-gigienik tavsiyalarni joriy 
    qilish maqsadga muvofiqdir: 
    —kundalik rejimga, ya’ni, kun tartibiga rioya qilish, jumladan, maktab va uy 
    sharoitida o‘quv mashg‘ulotlari yuklamasini tartibga solish; 
    —ochiq havoda sayr qilish bilan xordiq chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish; 
    —etarli va o‘z vaqtida ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish; 
    —gigienik jihatdan to‘liq, bir maromdagi uyqu; 
    —aqliy yuklamani jismoniy yuklamaga o‘z vaqtida almashtirish; 
    —gigienik talablarga javob beradigan holda faoliyatlarni almashtirib turish; 
    —mustaqil faoliyat bilan shug‘ullanish. 
    Respublika boshlang‘ich va o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 
    haftalik o‘quv yuklamasini belgilashda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
    vazirligi bilan kelishilgan holda, mahalliy xalq ta’limi boshqarmasi zimmasiga quyidagi 
    nazorat vazifalarining yuklatilishi nazarda tutilishi lozim: 
    —darslarning gigienik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinishi va o‘tkazilishi; 
    —dars va tanaffuslar davomiyligining talabga mosligi; 
    —o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan ta’til muddatlari va vaqtining maqbulligi; 
    —kun va hafta davomida o‘tkaziladigan dars miqdorining me’yorida bo‘lishi; 
    —o‘quv xonalari bolalar va o‘smirlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini o‘lchash 
    uchun lozim bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlanishini uyushtirish; 


    24 
    —ovqatlanish va oshxona bloklari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, ularning sifati 
    hamda kaloriyasi ustidan joriy nazoratni tashkil etish; 
    —umumiy ta’lim maktablari, akademik litsey, kollejlarda sanitariya-epidemiologiya 
    tartibiga rioya qilish va sanitariya-gigiena talablarini bajarish, xonalar yorug‘ligini 
    ta’minlash, vaqti-vaqti bilan shamollatib turish hamda maktab mebellarini to‘g‘ri tanlashni 
    joriy etish kabilar. 
    Insonning sog‘lom turmush kechirishida, avvalo, kun tartibini oqilona rejalashtirish 
    va unga doimo rioya qilishning ahamiyati katta bo‘lib, kun tartibi aqliy ish va tana 
    harakatining optimal birligi va me’yoriy ko‘rsatkichi, kundalik rejim, uning fiziologik 
    asoslari muhim o‘rin tutadi. 
    Sog‘lom turmush tarzining omillaridan biri to‘g‘ri ovqatlanish hisoblanib, u inson 
    salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega. 
    Ovqatlanish gigienasi — bolalar organizmining oziq-ovqat mahsulotlariga, 
    vitaminlarga, mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyoji, ovqatdan zaharlanish va uning oldini 
    olish yo‘llari, ovqatlanishning buzilishi, ortiqcha vaznning salomatlikka ta’siri ovqatlanish 
    madaniyatiga ega bo‘lishning asosidir. 
    Ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy va jismoniy mehnatni gigienik talablar asosida 
    to‘g‘ri rejalashtirish — dam olishni to‘g‘ri tashkil etish, uyqu gigienasiga rioya etish, bola 
    uyqusining buzilishi va uyqusizlikning oldini olish, bolalar harakat rejimi va salomatligiga 
    e’tibor berish, o‘quv ishlari gigienasi charchash va o‘ta charchashning oldini olish kabi 
    masalalarga e’tibor qaratiladi. 

    Download 4,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II-BOB SOGLOM TURMUSH TARZINI TARKIBIY QISMLARI, UNI

    Download 4,66 Mb.
    Pdf ko'rish