Valeologiyaning vazifalari




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/76
Sana04.12.2023
Hajmi4,66 Mb.
#110808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
DARSLIK
5-amaliy ish — копия (5), SEVMM-laboratoriya -6, 7-19, АППАРАТ мажлис ыарори 19.10.2020 й, ИБ-32-3н 5.11.2020 й, 0094.2.5321600.Hayot faoliyati xavfsizligi, Монография, 100 poliester mato def, Мартынова Е.А. Диссертация v2 (1), Roving Frame F 18, 12-13, 1, 7, 263 15.09.2014 узб
1.4. Valeologiyaning vazifalari 
Valeologiyaning asosiy vazifalari: 
1. Inson salomatlligi va sog‘liq zahiralarini tadqiq etish va miqdoriy baholash. 
2. Sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish. 
3. Inson salomatligi va sog‘liq zahiralarini sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish 
orqali saqlash va mustahkamlash. 
Jismoniy etuklikka erishish - salomatlikni asrash va mustahkamlashdir, shunday 
ekan sog‘lomlashtirish ta’lim va tarbiyaviy masalalarni hal etadi. 


12 
Odamlarda yuksak axloqiy-siyosiy sifatlarni shakllantirish, mustahkam intizom, 
ko‘nikma va odatlarini hosil qilish valeologiyaning tarbiyaviy vazifalariga kiradi. Jismoniy 
tarbiya pedagogik jarayon sifatida har tomonlama ta’lim-tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. 
Jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos vazifasi kuch, tezlik, chidamlilik, chayirlik, 
chaqqonlik kabi sifatlarni tarbiyalashdir. Bu vazifa har tomonlama komil shaxsni 
tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liqdir. Sog‘lomlashtiruvchi profilaktik ta’lim - bu turli 
kasalliklar tarqalishining oldini oluvchi maxsus bilimlar va ko‘nikmalarning bir tizimga 
solingan majmuasidir. 
Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya jarayonida hal qilinishi lozim bo‘lgan ta’lim 
vazifalari hayotiy muhim, professional sport amaliy harakatlariga o‘rgatish va sog‘lom 
hayot tarzi ko‘nikma-larini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sog‘lomlashtiruvchi 
jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi asoslarini o‘rganish ham ta’lim vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Amalda mustahkamlangan bilimlar asosida sog‘lomlashtiruvchi jismoniy 
mashqlar bilan muntazam shug‘ullanishning foydasi va zaruriyatiga ishonch shakllanadi. 
Jismoniy rivojlanish deganda organizm shakli va funksiyalari etilishining pedagogik 
jarayoni tushuniladi. Jismoniy rivojlanish inson kuchi etilayotgan paytda, shuningdek, 
uning salomatligida maxsus tashkil etilgan tarbiya ta’siri ostida ro‘y berayotgan sifat 
o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma’noda u jismoniy tarbiyaning natijasi sifatida ko‘rib 
chiqiladi. Jismoniy etuklik shaxsni jismoniy tarbiya vositalari yordamida shakllantiruvchi 
pedagogik jarayon natijasidir. Ta’lim berish - yuksak ishchanlik qobiliyatini tarbiyalash
salomatlikni asrash va mustahkamlash, sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish uchun kerak 
bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar bilan yoshlarni qurollantirishdir. 

Download 4,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish